Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida turli texnologiyalarning ishlatilishi
Reja:
MPLS texnologiyasi.
MPLS tarmog’i va uni bog’lovchi elementlar.
NGSDH texnologiyasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Umumiy holatda konvergensiya, o‘xshash sharoitda ishlash natijasida, dastlab kelib chiqishi turlicha bo‘lgan ob’ektlarning belgilarini yaqinlashishini bildiruvchi evolyusion tushuncha kabi aniqlanadi. Ya’ni konvergensiya, texnologiyalarning o‘zaro kirib borish natijasida mazmunlarini yaqinlashish jarayonidir. Shu ma’noda konvergensiyani integratsiyaning yuqori darajasi deyish mumkin.
Aloqa tarmoqlarining konvergensiyasi uchta aspektda qarab chiqiladi:
tarmoq konvergensiyasi;
xizmatlar konvergensiyasi;
qurilmalar konvergensiyasi.
Tarmoq konvergensiyasi, qayd qilingan, mobil va konvergent xizmatlarni taqdim etish uchun yagona infrastrukturani qo‘llashni taqazo etadi; ya’ni bitta tarmoq, yagona yadro bazasi asosida mobil va qayd qilingan trafiklarni uzatishni qo‘llab quvvatlovchi juda ko‘p servislarni ta’minlaydi. Bunga, NGN konsepsiyasi asosidagi yagona transport tarmoqlarini yaratgandan keyingina erishish mumkin.
Yangi avlod tarmoqlarining arxitekturasi, xizmatlar konvergensiyasini qo‘llash doirasida, ulanish satxi amaliy satxdan ajratilgan bo‘lishini qarab chiqadi. Qayd qilingan va mobil kanallar bo‘yicha ulangan foydalanuvchilar real vaqtda barcha servislarga ulanish imkoniga ega bo‘ladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, aloqa tarmoqlarida konvergent xizmatlarga abonent qo‘llaydigan har qanday terminal (telefon, smartfon, SHK, noutbuk)dan, foydalanuvchining joyiga bog‘liq bo‘lmagan holda ulanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |