Mavzu: Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishga oid konvergensiya tamoyillarini o‘rganish. Ishdan maqsad


Download 259 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi259 Kb.
#1241878
Bog'liq
1-Amaliy mashg


  1. Amaliy mashg’ulot.

Mavzu: Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishga oid konvergensiya tamoyillarini o‘rganish.


Ishdan maqsad: Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishga oid konvergensiya tamoyillarini o‘rganish.


Nazariy qism

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi quyidagi omillar bilan bevosita bog‘liq:



  • soxada liberallashuv (monopoliyadan chiqarish, raqobatdoshlik kuchayishi va x.k.) jarayonlari;

  • globalizatsiya (xalqaro savdo, xalqaro axborot va kommunikatsion texnologiyalar, Internet, elektron axborot markazlari, ma’lumotlar bazalari, va x.k.) jarayonlari;


1.1- rasm. Telekommunikatsiya sohasining rivojlanish yo‘nalishlari

Telekommunikatsiya sohasi uchta tayanch tushunchaga asoslangan:


- tarmoqlar;
- xizmatlar;
- terminal uskunalar.
va quyidagi yo‘nalishlarda texnologik rivojlanishga bog‘liq.


Telekommunikatsiya tarmog‘i klasifikatsiyasi
Telekommunikatsiya tarmog‘i bir nechat parametrlar bo‘yicha toifalanishi mumkin.
- Tarmoq xajmi bo‘yicha:

  • Lokal tarmoqlar (Local Area Network, LAN) – tarmoq binosi yoki tashkilot;

  • Hududiy tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN) – shaxar va milliy darajadagi tarmoq;

  • Global tarmoq (Wide Area Network, WAN) – o‘n minglab va yuz minglab kompyuterlarni o‘z ichiga olgan va katta xududlarni qamrab olgan tarmoq;

- Kommutatsiya turi bo‘yicha:

  • Paketli kommutatsiyali tarmoq (masalan, TCP/IP, IPX/SPX, ATM, );

  • Kanali kommutatsiyali tarmoq (1G va 2G mobil aloqa tarmog‘i, UfTT);

  • Aralash tarmoq (masalan, 2,5G mobil aloqa tarmog‘i);

- Virtual kanallarni o‘rnatish bo‘yicha:

  • Virtual kanallarni o‘rnatishli (masalan, X.25, Frame Relay, ATM tarmog‘i);

  • Virtual kanal o‘rnatishsiz bog‘lanish (masalan, TCP/IP, IPX/SPX);

  • Protokol stekidan foydalanish bo‘yicha;

Terminal qurilma, paketli tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan, ovozli va multimediali aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun qo‘llaniladigan qurilma.
Foton texnologiyalari; dasturiy ta’minot, mikroelektronika, protsessorlar unumdorligi.
Foton texnologiyalari. Internet trafigini keskin o‘sishi sababli tarmoqning o‘tkazish qobiliyati (samaradorligi)ni oshirish talabi qoniqtirilishi – optik tolali va foton texnologiyalari rivojlanishini asoslaydi.
Dasturiy ta’minotda turli standartlar qo‘llanilishi turli xizmat platformalari yaratilishi va sifatli xizmatlar taqdim etilishiga olib keladi.
Tarmoqlar evolyutsiyasi - magistral tarmoqlar rivojlanishi (analogli uzatish tizimlari - raqamli uzatish tizimlari SDH, DWDM, …);
Kirish imkoniyati tarmoqlari rivojlanishi (keng polosali kirish, xDSL, cablemodems, optik-tolali tizimlar (FTTH), WLL, …)
Konvergensiya - Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohalari evolyutsiyasi natijasida paydo bo‘lgan atama telekommunikatsiya sohasida bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarni, xizmatlar va tarmoqlar rivojlanish jarayoniga aloqador eski texnologiyalarning yangilari bilan almashinuvini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Konvergensiyauskunalar va qurilmalarni funksional imkoniyatlarini kengaytirish va umumlashitirish (unifikatsiya qilish) maqsadida turli vazifalarga mo‘ljallangan aloqa texnologiyalar va xizmatlarni qadam baqadam birlashish jarayonidir. Konvergensiya, asosan, tarmoqlar, xizmatlar, terminallar va ishlab chiqaruvchilar konvergensiyasiga turlanishi mumkin. Telefon tarmog‘i konvengensiya jarayonini bir qismi, ma’lumot uzatish tarmog‘i esa boshqa qismi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu umum foydalanish tarmog‘i (UFT) va Internet, shu bilan birga barcha xususiy (korporativ) tarmoqlarga xosdir.
Hozirgi kunda telekommunikatsiyaning shunday sohalari borki, konvergensiya yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa, e’tibor telefon va ma’lumot uzatish xizmatlari konvergensiyasiga qaratilmoqda.
1.2- rasmda NGN tarmog‘ida konvergensiya masalalarini ko‘rib chiqish mumkin.

1.1- rasm. Evolyutsiya va konvergensiya misoli


Nazorat savollari:



  1. Texnologik rivojlanishga yana qanday misollar keltirish mumkin (Telekommunikatsiya soxasida ahamiyatli bo‘lgan)?

  2. Konvergensiya va integratsiya jarayonlari farqlanadimi?

  3. Xizmatlar jangi” bo‘lishi mumkinmi? Qaysi ma’noda?

  4. Uskunalar, operatsion tizimlar, xizmatlarga taaluqli rivojlanish va konvergensiya misollarini keltirish mumkinmi?

Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling