Keyingi avlod konvergent tarmoqlarida marshrutlash tamoyillari Reja: Kirish


§2. Keyingi avlod tarmoqlarining asosiy protokollari: RTP, H.323, SIP. IP-telefoniya va UFTf


Download 22.24 Kb.
bet3/5
Sana02.05.2023
Hajmi22.24 Kb.
#1420776
1   2   3   4   5
Bog'liq
6. Keyingi avlod konvergent tarmoqlarida marshrutlash tamoyillari

§2. Keyingi avlod tarmoqlarining asosiy protokollari: RTP, H.323, SIP. IP-telefoniya va UFTf.
Axborot almashinuvi turli tarmoq qurilmalari o‘rtasida standart protokollarining to‘plami ѐrdamida belgilanadi, standart protokollari muammoning vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan qarorlar uchun yaratiladi. Ushbu protokollar multiservis tarmoqlar elementlari hisoblanadi.
ITU-T H.323 standarti chaqiruvlar o‘rnatilishi va paketli tarmoqlar bo‘ylab ovoz va video trafiklar uzatilishi, xususan xizmatlar sifatini (QoS) kafolatlamaydigan Internet va intranet ta’minlanishi uchun ishlab chiqilgan. U IETF guruhi tomonidan ishlab chiqilgan Real-Time Protocol va Real-Time Transport Control Protocol (RTP/RTCP) protokollaridan, shuningdek G.xxx seriyali ITU-T standart kodeklaridan foydalaniladi.
N.323 protokoli VoIP texnologiyalarini amalga oshirishda birinchi bo‘lgan, industriya ta’sirida oddiy va yaxshi masshtablangan SIP protokol uchun ishlab chiqilgan IETF pozitsiyasi ustunlik qildi. Biroq ITU ulanishlarni o‘rnatish tezligini va masshtablashtirishni oshirib, protokolni takomillashtirdi. N.323 protokollar bazasidagi tarmoqlar telefon tarmoqlar bilan integratsiyasiga mo‘ljallangan va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘idagi ISDN tarmog‘i kabi ko‘rib chiqilishi mumkin, xususan, IP-telefoniya bunday tarmoqlarda ulanishlarni o‘rnatish protsedurasi Q.323 tavsiyasiga va ISDN tarmoqlarda foydalaniladigan protsedura xuddi shunday bo‘ladi. N.323 tavsiyasi paketlarni kommutatsiya qilish bilan IP-tarmoqlar bo‘yicha nutqli axborotni uzatish uchun mo‘ljallangan protokollarning murakkab to‘plami ko‘zda tutiladi. Uning maqsadi - xizmat ko‘rsatishning kafolatlanmagan sifat bilan tarmoqlardagi multimedia ilovalar ishini ta’minlash hisoblanadi. Nutqli trafiklar axborot va ma’lumotlar bilan birga N.323 ilovalardan biridir.
N.323 tavsiyasida Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan tavsiya qilingan IP-telefoniya tarmoqlarining tuzilish varianti mahalliy telefon tarmoqlar operatorlariga mos keladi, ular shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish bilan (IP- tarmoq) tarmoqdan foydalanishda manfaatdordir. N.323 protokollar turkumiga kiradigan RAS prtokoli tarmoq resurslaridan foydalanishni nazorat qilishi, foydalanuvchilarni autintifikatsiya qilinishini ta’minlaydi va xizmatlar uchun to‘lovni to‘lashni ta’minlashi mumkin.
Session Initiation Protocol. Bu amaliy daraja protokolidir, u ѐrdamida multimedia sessiyalarini o‘rnatish, modifikatsiya qilish va tugatish ѐki IP- tarmoq bo‘yicha chaqiruvlar kabi operatsiya amalga oshiriladi. SIP multiservis tarmoqlarda N.323 protokolda amalga oshiriladigan funksiyalarga o‘xshash funksiyalarni bajaradi. SIP sessiyasi multimedia konferensiyalari, masofadan o‘qitish, IP-telefoniya va boshqa shunga o‘xshash ilovalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
SIP matn-mo‘ljallangan protokolni o‘z ichiga oladi. Eng keng tarqalgan N.323 protokoli hisoblanada, ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi o‘zining yangi mahsulotlarida SIP protokollarni qo‘llab–quvvatlash ko‘zda tutiladi. SIP protokollari ommaviyligining o‘sish tempini hisobga olib yaqin kelajakda uning negizida qaror IP-telefoniya bozorining muhim ulushini band qiladi.
IP-telefoniya tarmoqlarining tuzilishiga SIP protokolining ѐndoshuvini amalga oshirishda N.323 protokoliga nisbatan ancha soda, lekin telefonlar bilan o‘zaro ishlashini tashkil qilsh uchun kamroq mos keladi.
Alo-qaning ushbu turlari bir birining o‘rnini bosmaydi, lekin to‘ldiradi. IP-telefoniya kanallari bo‘ylab uzatiladigan trafik hajmi oshadi. Birinchi navbatda, bu xalqaro va shaharlaraor telefoniyaga ta’lluqlidir, asosiy tendensiya shundaydir. IP-telefoniya texnologiyasi takomillashishi davom etadi, qulay servislar soni oshadi va aloqa sifati yaxshilanadi. SHuning natijasida sent uchun istalgan ―yo‘nalishlar‖ni taqdim etuvchi operatorlar soni qisqaradi. Paketli texnologiyalar va umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘idan asosiy farq foydalanish va xizmatlarni yaqqol taqsimlanishi- dandir. UFTf tarmog‘idagi xizmatlar foydalanish texnologiyasi bilan bog‘- langandir. Paketli tarmoqda foydalana olish xizmatlar tarmog‘iga bog‘liq emas. Transportni foydalana olish va xizmatlardan ajratgandagina farq yaqqol bilinadi. Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘ida transport qanday xizmatlar qulayligini va ular qanday yaratilishini belgilaydi. Transport paketli tarmoqda marshrutlashtirishdan va kommutatorlardan iborat. Barcha transport tarmog‘i foydalana olishi va birgalikda xizmat- larni ulashga majburdir.


Download 22.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling