Keyingi avlod konvergent tarmoqlarida marshrutlash tamoyillari Reja: Kirish


§3. Keyingi avlog konvergent tarmoqlarida marshrutizatsiya


Download 22.24 Kb.
bet4/5
Sana02.05.2023
Hajmi22.24 Kb.
#1420776
1   2   3   4   5
Bog'liq
6. Keyingi avlod konvergent tarmoqlarida marshrutlash tamoyillari

§3. Keyingi avlog konvergent tarmoqlarida marshrutizatsiya.
Softswitch – chaqiruvlarni nazorat qilish, signalizatsiya, protokollarning o‘zaro ishlashini, konvergent tarmoq ichida xizmatlar yaratilishini amalga oshiradigan standart dasturiy modullarning o‘zaro ishlash modulidir. International Packet Communication Consortion (IPCC, oldingi International Softswitch Consortiun) Softswitch texnologiyasining to‘rtta: aloqa agenti, signalizatsiya shlyuzi, ilovalar serveri va oxirgi uskunalarni boshqarish tayanch komponentini ishlab chiqdi.
Signalizatsiya shlyuzi (Singnaling gateway) amaldagi 7-son UKS UFTf tarmog‘ining amaldagi signalizatsiyasi bilan integratsiyasi uchun va Softswitch negizidagi tarmoqda Intellektual Tarmoq (IN) imkoniyatlarini quvvatlash uchun qurilma hisoblanadi.
Ilovalar serveri (Application servers) Softswitch texnologiyasiga IP texnologiyasi negizidagi unifikatsiyalangan pochtani, konferensiyalarni ta’minlash va IP centrex xizmatlarini ko‘rsatib, ayrim ko‘p qirralikni qo‘shadi. Ushbu serverlar SIP protokoli ѐki boshqa protokollar ѐrdamida Softswitch chaqiruvlarni nazorat qilish elementlari bilan o‘zaro ishlaydi.
Softswitch modeli telefon xizmatlarini yaratishda Internet stiliga olib keladigan tarmoq egalariga imkon beradigan tuzilmaning muhim elementi hisoblangan holda kira olish va transport texnologiyalarining xizmatlariga bo‘linadi.
Tarmoq miqѐsida ma’lumotlarning uzatilishi muvofiq kanal pog‘onasi bilan amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma’lumotlarni etkazib berish, ma’lumotlarni uzatish marshrutlarini tanlash kabi masalalarni echadi. Tarmoqlar marshrutizator deb nomlanuvchi maxsus qurilmalar bilan o‘zaro bog‘lanadi. Tarmoq pog‘onasi, shuningdek turli texnologiyalar uyg‘unligi, yirik tarmoqlarda adresatsiya masalalarini ham hal qiladi. U ma’lumotlarni adresatsiyalash va mantiqiy manzil hamda nomlarni fizik manzillarga aylantirishga javob beradi. Ushbu pog‘onada paketlar kommutatsiyasi va ortiqcha yuklanish kabi tarmoq trafigi bilan bog‘liq bo‘lgan masala va muammolar ham hal qilinadi.
Tarmoq pog‘onasining ma’lumotlarini paketlar (packets) deb atash qabul qilingan. Tarmoq pog‘onasida paketlarni etkazib berishni tashkil qilishda «tarmoq raqami» tushunchasidan foydalaniladi. Bu holda qabul qiluvchining manzili katta qismi-tarmoq raqami va kichik kismi – ushbu tarmoqdagi tugun raqamidan iborat bo‘ladi.
Tarmoq pog‘onasida ikki xil protokollar ishlaydi. Birinchi turi – tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarning harakatini yo‘lga qo‘yadi, ikkinchisi – yo‘nalish axboroti almashuvi protokoli ѐki marshrutlash protokollari (routing protocols). Ushbu protokollar ѐrdamida marshrutizatorlar tarmoqlararo bog‘lanishlar topologiyasi to‘g‘risida axborot to‘playdilar.
NGN tarmoqlarining tuzilmasida integratsiyalangan qurilmada alohida qurilmalar yoki ixtiyoriy kombinatsiyalardan iborat bir nechta elementlar ishtirok etadi. NGN tarmog‘ining eng muhim elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Media-shlyuz (MG) telefon tarmog‘idan kelayotgan tovush chaqiruvlarni IP tarmoq uchun mos trafikga o‘zgartiradi, tovushni qisadi va paketlaydi, IP tarmoqda qisqargan tovushli paketlarni uzatadi, shuningdek IP tarmoqdan tovushli chaqiruvlar uchun teskari operatsiyani o‘tkazadi. ISDB/POTS chaqiruvlar signalizatsiya ma’lumotlarini media-shlyuz kontrolleriga uzatadi ѐki signazizatsiyani N.323 xabarga o‘zgartirish shlyuzda amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan mkdia-shlyuz masofadan kira olish, marshrutlash, tarmoqning virtual qismlar, TCP/IP trafikni filtrlash va boshqalar uchun funksionallikni kiritish mumkin.
Signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminalashtiradi va xabarni media-shlyuz kontrolleriga ѐki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi.
Media-shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va media-shlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Media-shlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi.
Xulosa.
O‘zaro hisob-kitobni boshqarish serveri (Back-end servers) hisoblarni yuritish, avtorizatsiyalash va soliq solish, billingni quvvatlash va shu kabi funksiyalarni amalga oshiradi. Asosiy imkoniyatlar chaqiruvlarni detalizatsiya qilish, o‘zaro hisoblar va IP-telefoniyaning ilovalarini Web- brauzeridan boshqarish markazining provayderi kabi tashkil etuvchilarning o‘z vazifalari bo‘yicha qarama-qarshi funksiyasi hisoblanadi. Ular IP tarmoqlarda «crank bank» kabi ma’lum bo‘lgan vaqtinchalik buzilgan holatlarda UFTf tarmog‘iga chaqiruvlar qayta adreslanadi.
Ushbu komponentlar tarmoqlarning eksklyuziv ishlanma hisoblangan UFTf mahsulotlar kanallarini kommutatsiya qilish uchun negiz sanalganligidan farqli ravishda ochiq standartlar bilan zamonaviy dasturiy ta’minotga (DT) asoslangan chaqiruvlar uchun kommutatsiya va nazorat qilish tuzilmasiga birlashtirilgan. Uskuna etkazib beruvchilar Softswitch tuzilmasini uning tarkibiga turli komponentlarni, ehtiѐjlar va konstruksiyaga bog‘liq holda, kiritilishini o‘zgartirishi mumkin. Imkoniyatlarni kengaytirish uchun tuzilishning moslashishi NGN tarmoqlariga sekinlik bilan o‘tish imkoniyatini beradi. IPCC uch darajali: transport daraja, chaqiruvlarni boshqarish darajasi va amaliy darajaga mantiqan bo‘lingan arxitekturaga NGN tarmog‘i asoslanadi deb hisoblaydi. Bunda Softswitch nutq trafigi va IP negizidagi UFTf va IP negizidagi tarmoqlar o‘rtasidagi ma’lumotlarni boshqarib ikkinchi va uchinchi darajalarga, shuningdek belgilangan joygacha yo‘lga joylashtiriladi.


Download 22.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling