Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli ma’lumot uzatish Reja: Kirish 1


NGN tarmoqlarida qo'llaniladigan turli texnologiyalar va ularning vazifalari va turlari


Download 81.79 Kb.
bet7/8
Sana02.05.2023
Hajmi81.79 Kb.
#1420610
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5. Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli ma

NGN tarmoqlarida qo'llaniladigan turli texnologiyalar va ularning vazifalari va turlari. Bugungi kunda aloqa sohasi tarmoqlari zamonaviy texnologiyalarga asoslangan raqamli texnika vositalari bilan jihozlanmoqda. Telekommunikasiya tarmoqlarini modernizasiyalash, yangi texnik vositalarni o‘rnatish, ularni optimallashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
O‘zbektelekom aksionerlik kompaniyasi aloqa sohasini yanada rivojlantirish uchun jahon standartlariga javob bera oladigan texnologiyalarni, tarmoqlarni va mobil aloqa vositalarini qo‘llamoqda. Aynan mana shunday yangi tarmoqlardan biri bu NGN dir. Respublikamizda birinchi bo‘lib EAST TELEKOM kompaniyasi bu tarmoqni qo‘llashga ([url=www.easttelecom.uz]www.easttelecom.uz[/url]) joriy qildi. Hozirda bu tarmoqni TShTT aksionerlik kompaniyasi ham qo‘llamoqda. TShTT AK, SP EAST TELEKOM va HUAWEI Technologies kompaniyalari birgalikda «4» va «7» telefon uzellarini (InfoCom.uz 2006, № 3, 52-bet) NGN tarmog‘ining bazasi sifatida rekonstruksiya ishlarini olib bormoqda.
NGN tarmog‘iga kirish uchun keng yo‘lakli kirish tizimlarining o‘rni beqiyosdir. Bu tizimlar internetga ulanishda muhim ahamiyatga egadir. Bu tizimlar nafaqat ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishni ta’minlabgina qolmay, tarmoqqa doimiy ulanib turish imkonini beradi. Bu tizimlarni ommaviy ravishda joriy etish Internetning keng yo‘lakli saytlar va protokollarini rivojlanishiga olib keldi. Buning natijasida internetning xizmat turlari ko‘paydi. Bular qo‘shimcha telefon xizmatlari, videokonferensiya, elektron tijorat, turli xil internet o‘yinlari, masofadan o‘qitish tizimi, shaxsiy virtual tarmoqlarni qurish va boshqalardan foydalanishga keng imkon yaratdi. Bu yangi xizmatlarni joriy etish va amalga oshirishning eng asosiy shartlari ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishda transport tarmog‘ining yagonaligi va xizmat ko‘rsatish sifatidir (QoS-Quality of Service) («Vestnik svyazi» 2006 yil).
NGN paketli kommutasiyaga asoslangan tarmoq bo‘lib, QoS yordamida ko‘plab keng yo‘lakli texnologiyalar asosida telekommunikasiya xizmatlarini amalga oshiradi. Keng yo‘lakli kirish tizimlarini ko‘plab turli tashuvchilar va ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi sifatida ishlatash mumkin. Bunga kabel televideniyaning gibridli optik-koaksial tarmoqlari, DSL(Digital Subscriber Line) tizimlari, sun’iy yo‘ldoshli aloqa, simsiz aloqa (Wi-Fi, WiMAX, EDGE) va boshqalar tegishlidir.
NGN tarmog‘ida «Oxirgi Milya» («Kompyuternie seti» B.G.Olifer kitobidan) texnologiyasini qo‘llash quyidagi ikki muhim faktga asoslangan:
1.Ethernet ni tarmoqqa kirishning transport protokoli sifatida qo‘llanilishi;
2.Mul’tiservisli platforma(MSAP-MultiService Platform) ning ishlatilishi.
Ethernet texnologiyasi NGN tarmog‘ida bazaviy de-fakto protokoli sifatida qo‘llaniladi. Ethernet IP-paketlarini ATM ga nisbatan tezroq va samaraliroq uzatadi. Bundan tashqari, narxi ham arzon va ma’lumotlar yuqori 10 Gbit/s tezlikda uzatiladi. Biroq ATM texnologiyasi DSL va RON(Passive Optic Network) tarmoqlar uchun OSI (Open System Interconnection) modelining ikkinchi darajadagi transport protokoli bo‘lib xizmat qiladi. Ethernet abonent bilan internet servis provayderi orasida aloqani o‘rnatishda bazaviy protokolga aylanib bormoqda.
IEEE 802.3ah («Telekommnikasionniy setey» kitobidan) standartiga asosan Ethernet in First Mile (EFM) iborasi muhim ahamiyatga ega. EFM ning asosiy maqsadi Ethernet ni shahar tarmog‘ida va abonentlarga keng yo‘lakli xizmat ko‘rsatishda iqtisodiy ustunligini oshirishdir. Ixtiyoriy boshqa standart kabi 802.3ah standarti har xil firma qurilmalarini bir-biriga mos kelish kafolatini berishi mumkin. Bu standart diqqat e’tiborida abonent turadi. Shuning uchun uning nomlanishida abonent shlefi «birinchi milya» deb nomlanadi.
IEEE 802.3ah standarti Ethernet texnologiyalari orasida eng keng qo‘llaniladigan standart bo‘lib, uchta har xil topologiyasi mavjud:
1) «Nuqta-nuqta» mis simli aloqa liniyasida; (Ethernet in First Mile Copper — EFMC).
Standartining bu qismida kichik kategoriyadagi mis kabel o‘tkazgichda Ethernet kanallarini tashkil etish uchun texnik qarorlarni aniqlaydi. Bunda ikki xil variant taklif etiladi: VDSL texnologiyasida (min 10 Mbit/s 750 masofada) yoki SHDSL ( min 2Mbit/s 2700 m masofa).
2) «Nuqta-nuqta» optik tolali aloqa liniyasida; (PZP fiber yoki Ethernet in First Mile Fiber — EFMF).
Standartning bu qismi 10 km yoki undan ortiq masofada «nuqta-nuqta» Ethernet kadrlarni uzatish uchun fizik sathni aniqlaydi. Ma’lumotlarni bir yoki ikki tolada ham 100 va 1000 Mbit/s tezlikda uzatish mumkin. «Nuqta-ko‘p nuqta» optik tolali aloqa liniyasida ; (PZMP fiber yoki Ethernet Passive Optical Network-EPON).
IEEE 802.3ah ko‘p nuqtali bog‘lanishni passiv optik tarmoq(PON) lari asosida qurishni taklif etadi. Passiv splitterlar yordamida abonentlarga tarqatiladigan optik kanal mavjud. IEEE 802.3ah standartining asosiy xususiyati shundaki, butun Ethernet rivojlanishi tarixida topologiya turlari va uzatish qurilmalari uchun umumiy eksplutatsiya, adminstratsiyalash va xizmat ko‘rsatish funksiyalari aniqlangan (Operation, Administration, Main Fenance-OAM). Odatdagi Ethernet tarmoqlari OAM qurilmalariga ega emas, lekin bu texnologiyadan foydalanish kirish tarmoqlarida SOH yoki ATM borligi bilan mexanizmni boshqarishni talab etadi. Haqiqatdan ham boshqarish protokoli SNMP Ethernet tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
IEEE 802.3ah standartida aniqlangan OAM funksiyalari uch muammoni yechishni taklif qiladi:
• aloqa liniyasi o‘tkazuvchanlik imkoniyati monitoringi;
• avariya signalizasiyasini yetishmasligi va yangilashni nazorat qilish;
• halqali tekshirish.
Kirishning mul’tiservisli protokollari trafikni qayta ishlash orqali kengaytirilgan funksional imkoniyatlarni yaratadi va kirish texnologiyalarini boshqa IP-DSLAM funksiya orqali bir qurilma sifatida shakllantiradi. Hozirda telekommunikasiya kompaniyalari MSAN (MultiService Access Note) va BLS (Broadband Line Carrier) kabi tizimlarni ishlab chiqarmoqda. Bunday servisli tizimlarning operatorlari tarmoq tuzulishini bir qurilmada shakllantiradi va kerakli joyda zarur texnologiyalarni qo‘llaydi. Kompaniyalar IP-telefoniyaning shlyuzi va abonent telefon portlari yordamida MSAN platformalaridan foydalanishni taklif qilmoqdalar. Bu platformalar V5.1/V5.2 protokollari yordamida telefon xizmatlaridan va ma’lumotlarni uzatish uchun keng yo‘lakli DSL texnologiyasidan foydalanish imkonini beradi.
Multiservisli platformalarni analog telefon portlariga kirishni alohidaligi va qurilmalar IP-telefoniya shlyuziga telefon tarmoqlaridan bog‘lovchi kanallar bilan so‘nggi avlod paketli tarmoqqa tez va samarali o‘tishini ta’minlaydi. MSAN ni dasturli boshqaruvi ostidagi qurilmalar tovush shlyuzi sifatida foydalanishda abonent telefonlari bevosita paketli tarmoqqa ulangan bo‘ladi. Bu esa quyidagi ustunlikni ta’minlaydi: Birinchidan, qo‘shimcha TDM tarmoqqa extiyoj kamayadi; ikkinchidan statistik mul’tiplekserlardan foydalanish, pauzani orttirish va tovush traffigini o‘rnashib qolishi o‘tkazish yo‘lagidagi ehtiyojni sezilarli darajada qisqartiradi va nihoyat uchinchidan, bitta qurilma yordamida abonentlar orasida chaqiriqlarni lokal marshrutizatsiyasi bo‘lib xizmat qilgan kabi tarmoq kirishining segmenti darajasida bo‘ladi. Bular boshqaruvchi programmali kommutator (Softswitch)lar ya’ni platformalar birlashishidan hosil bo‘ladi. Agar solishtiradigan bo‘lsak, IP telefonni abonentlar tomonidan foydalanish yoki boshqa kirish qurilmalari (IAD, ATA)ni ko‘radigan bo‘lsak, MSAN port uchun kam narx, lekin katta aloqa qulayligini yaratadi. Bu hodisani xuddi abonent apparati kirish kanali orqali manbaga ulanishi va uning ish layoqati lokal elektrota’minot manbaiga bog‘liq emasdir.
Multiservis platformalari uchlik (ma’lumot/tovush/video) xizmatlar va ularning Triple Play talablariga mos funksionalliklarini qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan. Bu talablar oldin deyarli Internetga kirishga ta’sir ko‘rsatmagan. Bu talablarning ba’zi bir asosiylarini ko‘rib chiqamiz.

Download 81.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling