Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli ma’lumot uzatish Reja: Kirish 1


Kirish kanallarining o‘tkazish imkoniyatini kattalashtiradi


Download 81.79 Kb.
bet8/8
Sana02.05.2023
Hajmi81.79 Kb.
#1420610
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5. Keyingi avlodning konvergent tarmoqlarida ovozli ma

1.Kirish kanallarining o‘tkazish imkoniyatini kattalashtiradi.
Sekin-asta kanallarning kirish tezligi yuqorilashib, video tasvirlar (IPTV, VOD) abonentlar zichligini sezilarli darajada kamaytirishni talab etmoqda. 50:1 xizmat ko‘rsatish zichligidan 10:1 zichlikka tushirish zarur.
2.Kirish kanallarining ishlab chiqaruvchanligini oshirish.
Yuqori ishlab chiqarish traffikni prezentatsiya va tavsiflashni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak va yana IEMP xabarlarini qayta ishlash va fil’trlash vazifasini bajaradi.
3.Ko‘p adresli ma’lumotlarni qo‘llab-quvvatlash funksiyasi.
Taklif etilayotgan xizmatlar ichida IP-TV ni yoqish uchun kichik bir talab ya’ni, IGMP- so‘rovlarni kirish kanaliga ulash kerak. Bunda IGMP-so‘rovlarni marshrutizasiyaga nisbatan intensivligini kamaytiruvchi IGMP-Proxy funksiyasi kerak bo‘ladi. Bu funksiya ko‘p adresli guruhdan chiqish yo‘li bo‘lib, o‘tkazish polosasidan keraksiz kanal uzatilayotganda vaqtni qisqartiradi. Ko‘p adresli guruhlarni asosiy parametri bo‘lib bir vaqtning o‘zida bir necha kanallar soni va ko‘p adresli guruhdagi foydalanuvchilar soni bilan xarakterlanadi.
1.Xizmat ko‘rsatish sifati funksiyasi. (QoS)
QoS funksiyasining samaradorligi shundan iboratki, kirish kanali paket nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taxlil qilish imkoniyati va trafikni markirovka qilishga bog‘liqdir. IP parametrlar bo‘yicha xizmatlarni nomlash abonent tomoniga arzonroq qurilmani o‘rnatish va turli xizmatlarni tashkil etish imkoniyatini beradi.
2.Xavfsizlik funksiyasi.
Bu funksiyaga, masalan MAC yoki IP yordamida ruxsat etilmagan xizmatlarga kirishga qarshi kurashishdir (ma’lumotlar «Vestnik svyazi» va «Seti i sistemi svyazi» dan). Shunday qilib yangi mul’timediyali xizmatlarni rivojlantirishdagi yutuqlarga erishish uchun kirish kanaliga yetarlicha intellektual va foydali qurilmalarni ulash kerakdir.
NGN texnologiyasining rivojlanishi natijasida respublikamiz telekommunikasiya tizimlarida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda (ATS-153, ATS-395 va boshqalarning NGNga o‘tishi, TShTT yangiligidan). Keng yo‘lakli kirish tizimlari NGN tarmog‘iga kirishda eng asosiy funksiyani bajaradi. NGN tarmoqlari poytaxtimizning ko‘plab ATS larida keng qo‘llanilmoqda. Buning natijasida mijozlarga yuqori sifatli aloqa xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Jahon standartlariga javob beradigan texnologiyalarni respublikamiz aloqa tizimida qo‘llash va modernizasiyalash, aloqa sohasi rivojlangan davlatlar bilan raqobat qila olishga zamin yaratmoqda. Mustaqillik sharofati bilan yoshlarmizga ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Mamlakatimiz yoshlari yetuk kadr sifatida jamiyatimizning har bir tarmog‘ida jumladan, aloqa sohasining taraqqiyoti uchun o‘z hissalarini qo‘shishlari lozim.


Xulosa:
Bu mavzuni o’ganib shularni qisqacha xulosa qilib aytishimiz mumkin. Insoniyat sivilizatsiyasi o‘z taraqqiyotining navbatdagi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu bosqich sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o‘tishi bilan tavsiflanadi. O‘zgarishlarga boy bo‘lgan ushbu jarayonda turmushning barcha jabhalarida, shu jumladan ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy faoliyat, ommaviy axborot vositalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda sezilarli o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston uchun ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida olg‘a qadam qo‘yish katta axamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining keyingi yillarda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni ommaviy joriy qilish va ulardan foydalanishni ta’minlovchi strategiyalarini ishlab chiqishga katta kuch sarflayotgani bejiz emas. O‘zbekiston jahon axborotlashgan hamjamiyatiga kirar ekan, bu hamjamiyatdagi o‘z o‘rnini aniqlab olishi, ichki muammolari va Respublikaning axborotlashgan salohiyatini tushunishi va axborotlashgan jamiyat qurish borasida shu nuqtai nazarga mos keluvchi takliflarni tayyorlashi kerak.
Hozirgi kunda turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma’lumot almashishga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. SHuning uchun mavjud bo‘lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmasini yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday tarmoqlarni tashkil etishning ajralmas shartlari, mamlakatdagi aloqa operatorlari tarmoqlariga yangi transport texnologiyalarini muvofiqlashtirgan xolda joriy etish, yangi xizmat turlarini foydalanuvchilarga taqdim etish va global axborotlashgan tizimga qo‘shilishdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari soxasida isloxatlar tufayli bir qancha ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lib, bu soxa eng tezkor rivojlanayotgan uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish potensialiga ega bo‘lgan soxaga aylandi va zamonaviy axborot texnologiyalarini mamlakatimiz xayotiga kiritish, ijtimoiy ishlab chiqish va rivojlanish samaradorligini oshirish vazifalarini echishga yo‘naltirilgan Respublika xukumati faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu tufayli har xil axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi va o‘zaro birgalikda ishlashi natijasida ularning yaqinlashishi kuzatilmoqda. Bu jarayon hayotimizga telekommunikatsiya tarmoqlarida texnologiyalar konvergensiyasi tushunchasi bilan kirib kelmoqda. Chunki bugungi kunda global kompyuter tarmog‘i ko‘plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan oxirgi paytda axborotlarni uzatish xajmining oshishi, mavjud bo‘lgan axborotli kanallarning uzatuvchanlik qobiliyatini etishmasligiga olib kelmoqda. Bu asosan internet, video, video konferensiya, elektron pochta va boshqa xizmatlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Yaqin kelajakda telekommunikatsiya tarmoqlarida trafikni uzatish tezligi shunday katta hamda ma’lumotlarni ifodalash usuli shunchalik ommabop bo‘ladiki, yagona paket bilan bir vaqtning o‘zida ovozni, tasvirni, matnni, teledasturni uzatish mumkin bo‘ladi. Bunga qisman bo‘lsa ham erishilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:


1 . www.google.com Qidiruv tizimi.

2 . www.Ziyonet.uz Ta’lim portal

3. Abonent kirish tarmoqlari kitobi

4. www.edu.uz
Download 81.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling