Keyingi qadamlar


Download 30.57 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi30.57 Kb.
#1451425
Bog'liq
keyingi qadamlar


KEYINGI QADAMLAR

Bemalol texnik, fundamental tahlil qilishni va risklarni boshqarishni o'rganib oldingiz. Sizni qiynayotgan keyingi savol "Ishni qanday boshlayman?" bo'lishi mumkin. Albatta, kitobda berilgan nazariy ma'lumotlarni amalda mashq qilish orqali Siz bilan kitobning awalida demo akkaunt ochish haqida gaplashgan edik. Yana yangidan demo akkaunt ochasiz va endi reja asosida ish ko'rasiz.


1. Birinchi navbatda, qaysi savdo uslubida ishlaysiz, shuni aniqlang.
a) "Day trading" - kunlik savdolar;
b) "Swing trading" - haftalik yoki oylik savdolar;
c) "Investitsiya" - 1 yildan uzoq muddatga sarmoya kiritish.
O'zingiz uchun yoqqan yo'nalishni tanlab, endi shu asosida tahlillar qilishni boshlaysiz. Agar uzoq muddatli bo'lsa, tahlilingiz uzoqroq muddatda amalga oshishi mumkin, kunlikda esa 1 kun ichida foyda yoki zararda bo'lasiz.
2. Har bir ishni rejalab oling. Masalan, quyidagicha:
a) Kunlik foyda qancha?
b) Kunlik zarar (risk) qancha?
c) Haftalik foyda?
d) Haftalik zarar (risk)?
e) Oylik foyda?
f) Oylik zarar (risk)?
Shulardan so'ng esa sizda foyda va zarar natijalari aniq bo'ladi. Shu summalardan oshib ketmaslikka ham, ko'payib ketmaslikka ham harakat qiling. Shunda siz qoidalarga amal qilayotganingizni his qila olasiz.
3. Har bir savdoga kirish oldidan quyidagi ro'yxatga e'tibor bering va iloji bo'lsa, boshlanish davrida doimiy ravishda kompyuteringiz oldida tursin:
a) Bu aksiyada treyd qilish uchun "edge" borligini bilish;
b) Halollik statusini tekshirish;
c) Aksiya ro'yxati;
d) Aksiya grafigini tahlil qilish;
e) Kerakli grafik figura yoki indikatordan foydalanish;
f) Bozorda yangilik bor-yo'qligini aniqlash;
g) Sabr;
h) Risk menejment;
1) Savdolarni yozib borish.
Shu ro'yxat oldingizda bo'lar ekan, siz uchun doimiy ko'makchi bo'ladi. Ba'zan shoshilib esdan chiqishi yoki hissiyotga berilib, nima qilishni bilmay qolasiz. Shu holatlarda o'zingizni to'g'ri yo'ldan ketayotganingizni tekshirib olish uchun bu kichik yo'riqnoma bo'ladi. Bu xuddi kundalik ishlarning tartibi yoki bozorlik qilish ro'yxatiga o'xshaydi. Bu ro'yxatdan foydalanish siz uchun faqat foyda olib keladi.
Keling, sizga savdoga osonroq kirish uchun misol tariqasida reja tuzamiz. Masalan, sizning hisobingizda 5000 dollar bor. Bu ko'pchilik uchun normal summa, topishga qiynalgani juda ko'p ham va savdo qobiliya timizni tushurib yuboradigan darajada juda kam ham emas. Endi bu summadan, aytaylik, har bir savdoga 2% risk qila olamiz va bir kunlik riskimiz 6% ni tashkil eta- di. Demak kuniga 300 dollar risk qila olamiz va shunga yarasha foydamiz 3:1 yoki 4:1 nisbatda bo'lishi kerak.
Aytaylik, qaysidir savdoga 1%, qaysigadir 2% risk qildi- ngiz. Shunda 5 ta savdodan 3 tasida zararga kirdingiz. Agar 1% zarar qilsangiz, umumiy balansdan 3%, ya'ni 150 dollar. Atiga 2 tasida foyda qildingiz, 4:1 nisbatda balans- ning 1 foizi 50 dollar va har bir savdoda 200 dollardan 400 dollar foyda bo'ldi. Zararlarni foydadan ayirib yubor- sangiz, 400-150-250 qoladi.
Albatta, bu shunchaki matematik hisoblash, amaliyotda bu raqamlar boshqacha bo'lishi tabiiy. Sizga tushuntirmoqchi bo'lganim, shunday sodda uslubda hisob-kitob qiling va kunlik, haftalik, oylik amaliyotlarni rejalashtiring.
4. Savdo jurnalini tuzish.
Savdolarni yozib borish, deb bejiz aytmadim. Savdolarni amalga oshirib bo'lib, daftaringizga yozib qo'ying. Qaysi narxda oldingiz, qaysi narxda sotdingiz. qancha zarar yoki foyda qildingiz, nima uchun aksiyani savdo qildingiz. Shu ma'lumotlarni yozar ekansiz, oy oxirida yoki hafta oxirida o'tirib, o'zingizni tahlil qila olasiz. Agar hech narsa yozilmasa, nimani tahlil qilish mumkin?! Shu sabab savdolarni yozib borish bu xuddi o'zingizning tarixingizni yozib borishday gap. Tarixga nazar solgan holatdagina biz xatolarni ko'ra olishimiz va tahlil qilishimiz mumkin bo'ladi.

SWOT

OPPORTUNITIES

THREATS

WEAKNESSES

STRENGTHS

Mana shu maslahatlar sizga savdolarni boshlab olishga va qizg'in amaliyotda kerakli bo'ladi. Lekin sizga kerakli bo'lgan butun dunyo bo'yicha strategik rejalash va tahlil qilishda ishlatiluvchi yana bir oddiy instrumentni tushuntirib o'taman. Bu uslubda siz amaliyotni boshlab, deyarli 1 oy o'tgandan so'ng foydalana olasiz. Sababi bu holatni tahlil qilish va keyingi qadamlarni rejalashga yordam beradi. Siz avval qaysi holatdaligingizni aniqlash uchun amaliyotda savdo qilishingiz va shu savdolarni jurnal sifatida yozib borishingiz kerak.

Mana shunday ko'rinish strategik rejalash bo'ladi. Hozir buning har birini sizga tushuntirib beraman.


"Strengths" (Kuch) - bu bo'limga siz treydingdagi o'zingizning kuchli taraflaringizni yozasiz. Savdoga kirishda "edge"ni yaxshi topyapsizmi yoki risk menejment yaxshimi? Nimaniki kuchli tarafingiz bo'lsa, o'shani yozasiz.
"Weaknesses" (Zaif) bu bo'limda esa treydingdagi barcha zaif taraflaringizni yozasiz. Savdoga kirishga qo'rqish, hissiyotlarni ushlay olmaslik yoki grafik figuralarni yaxshi chiza olmaslik, barchasini yozing.
"Opportunities" (Imkoniyat) - sizda savdo davomida qanday imkoniyatlar bo'ldi, bozorda yaxshi yangiliklar bo'ldimi yoki yangi kompyuter oldingizmi yoki qo'shimcha monitor? Qanday imkoniyatlar paydo bo'ldi, shularni yozing.
"Threats" (tahdid) - aytaylik, iqtisodiy sanksiyalar boʻlishi, albatta, bu ham treydingdagi savdolaringiz uchun yaxshi emas. Undan tashqari, internetingiz o'chib qolishi va shunga o'xshash hodisalar va omillar.
Tepadagi ikkita qismga o'zingizga bog'liq bo'lgan omillar yozilsa, pastdagilarga esa, asosan, tashqaridan sizga ta'sir etuvchi omillar yoziladi. Lekin bundan nima ma'no desangiz, ma'no bu yerda siz o'zingizning kuchli tarafingizni aniqlaysiz, uni rivojlantirish ustida ishlaysiz. Zaif tarafni aniqlab, uni to'g'rilashga yoki undan umuman qutulishga harakat qilasiz. Aytaylik, yangilikka asoslanib treydlar qildingiz, lekin bu sizda kamchilik bo'ldi, sababi undan ziyonda chiqdingiz. Endi buni to'g'rilashga harakat qilasiz, agar to'g'rilay olmasangiz, demak yangilikka asoslanib savdo qilmaysiz. Tashqi omillar bo'yicha ham ishlash shunday, ya'ni imkoniyatlarni hisobga olib, undan unumli foydalanish yo'llarini aniqlaysiz, agar sizga "tahdid" tug'diruvchi omil bo'lsa, uni hal etasiz. Shu tariqa o'zingizning shaxsiy yo'nalishingiz, ya'ni strategiyangiz sekinlik bilan takomillashib boradi. Bilingki, bu 1 yoki 2 oyda sodir bo'lmaydi. Amaliyot, qayta-qayta takrorlash va tahlil qilish natijasida siz o'zingizning strukturaviy rejaga asoslangan strategiyangizni kashf etasiz.
Download 30.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling