Keyingi yillarda kimyo texnologiyada organik moddalarni


Download 182.28 Kb.
bet1/43
Sana09.01.2022
Hajmi182.28 Kb.
#256092
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


Enzimologiyaning jadal rivojlanishi kimyoviy reaktsiyalarni katta tezlik bilan o`tishini ta`minlaydigan omilni amalda kengroq qo`llanilishiga olib kelmoqda. Sanoatda fermentlar biologik xom ashyoni ishlashda (non yopish, vino, pivo pishirish, pishloq tayyorlashda, choy, tamaki, teri va mo`ynaga ishlov berishda, kulinariyada) keng qo`llaniladi.

Keyingi yillarda kimyo - texnologiyada organik moddalarni

o`zgartirish (oksidlanish, qaytarilish, degidratatsiya, kondensatsiya,

dekarboksillanish), reaktsiyalarini boshqarishda ham qo`llanila boshlandi.

Fermentlardan sanoatda foydalanaish tez rivojlanayotgan biotexnologiyaning

markaziy qismi bo`lib, sanoat enzimologiyasi nomini oldi. Hozirgi vaqtda

sanoatda rivojlanish (moddalarni sintez qilish, tozalash, ularni kimyoviy

modifikatsiya qilish) birinchi navbatda fermentlarni qattiq organik yoki noorganik

polimer tashuvchilarga kovalent bog`lar orqali ulanib, tayyorlangan shakllari -

immobilizatsiyalangan fermentlarning qo`llanilishiga bog`liq. Ularlarni asosida bir

qator aminokislotalar, klechatkadan kraxmal, turli farmakologik preparatlar,

masalan prednizalon, juda shirin qandsiz modda aspartam va boshqalar olingan.

Fermentlarni qattiq asosga bog`lab, harakatsiz qilish ferment turg`unligini oshiradi,

o`ziga xosligini ta`minlaydi, qo`llanilishini osonlashtiradi va preparatlardan qaytaqayta foydalanish imkoniyatini tug`diradi.

Tibbiyotda fermentlar bir qator kasalliklarni, ayniqsa ayrim fermentlarning

nasliy yetishmasligidan kelib chiqqan bemorlarni davolashda qo`llanilmoqda.

Masalan, qonda sut shakari laktozadan hosil bo`ladigan galaktoza miqdorining

ortiqcha bo`lishi – galaktozemiya monosaxaridning o`zlashtirilishini

katalizlaydigan β-galaktozidaza fermentining yetishmasligidan kelib chiqadi;

ruhiy faoliyatning buzilishi bilan kuzatiladigan fenilketonuriya esa aminokislota -

fenilalaninni oksidlab, tirozinga o`tkazuvchi tirozinaza fermentining faolligi

yetishmovchiligiga bog`liq va boshqalar. Bu yo`nalish enzimopatologiya deb

atalib, irsiy kasalliklarni davolash choralarini aniqlashda o`z o`rnini topdi.

Ikkinchisi qonda, siydikda, to`qima preparatlarida fermentlar miqdorini

aniqlash orqali bemorga tashxis qo`yish va uni davolashda katta ahamiyat kasb

etmoqda. Masalan: LDG va aminotransferazalar izofermentlarining qondagi

miqdorini belgilash orqali yurak va jigar kasalliklarini bir-biridan ajratish, kasallik

kechishini kuzatish – bu enzimodiagnostika yo`nalishiga asos bo`ldi. Quyida

enzimodiagnostikada qo`llaniladigan qon zardobining asosiy fermentlari

keltirilgan:



Ayrim fermentlar, profermentlar me’yorda odamning qonida doimiy

ravishda aylanib yuradi va ma’lum bir fiziologik vazifani bajaradi. Bularga

plazmaning funktsional fermentlariga lipoproteidlipaza, psevdoxolinesteraza,

shuningdek qon ivish sistemasining komponentlari kiradi. Funktsional bo`lmagan

plazma fermentlarining qondagi vazifasi aniqlanmagan. Yuqori kontsentratsiyada

plazmada paydo bo`lishi to`qima strukturasini tezlik bilan parchalanayotganlini

bildiradi va ularni qondagi miqdorini aniqlash patologik jarayon qaysi organda

kechayotganligi haqida muhim diagnostik ma’lumotlarni beradi. Bunday

fermentlar tashqi sekretsiya bezlari (pankreatik lipaza va amilaza; ishqoriy

fosfataza o`t orqali; kislotali fosfataza prostata bezlari) orqali oddiy diffuziya yo`li

bilan ajratiladi.

Ma’lumki, barcha irsiy kasalliklar DNK dagi o`zgarishlar natijasida kelib

chiqadi. Genetik kasalliklarga tashxis qo`yish rekombinant DNK texnologiyasi

yutuqlari asosida ancha rivojlandi. DNK fragmentlarini gibridlash yo`li bilan irsiy

o`zgarishlarni prenatal skrining usuli ishlab chiqildi; shu maqsadda restriktaza

fermentlari orqali amnion suyuqligidagi homila hujayrasidan ajratib olingan DNK

kartasi tuziladi.

Uchinchisi enzimoterapiya - fermentlar va ularning modulyatorlari (aktivator

va ingibitorlari)ni dori preparatlari sifatida qo`llash. Masalan,pepsin, tripsin,

ximotripsin va ularning aralashmalari (abomin, ximopsin) ovqat hazm qilish

kasalliklarini davolashda, shuningdek proteolitik fermentlarni kiritish bilan

chandiqlarni so`rilishini tezlatish, fermentlar yetishmasligi bilan bog`liq nasliy

kasalliklarni tashqaridan ferment preparatlari kiritib davolash va boshqalar.

Proteinazalar bilan bir qatorda boshqa fermentlar, jumladan RNK aza, DNKaza,

gialuronidaza, kollagenaza, elastazalar proteinazalar bilan birgalikda yoki alohida

kuygan joylarni, yaralarni, shamollash o`choqlarini davolash, shish va

gematomalarni yo`qotishda qo`llanilmoqda:



Nukleaza – ba’zi bir virusli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Masalan,

virusli kon’yuktivitni davolashda tarkibida DNK aza bo`lgan ko`z tomchilari

muvaffaqiyatli qo`llanuilmoqda: ferment virus DNK sini parchalash yo`li bilan

kasallikni davolaydi.



Asparaginaza – leykozning ayrim shakllarini davolashda qo`llaniladi.

Aspartat kislotasining amidi bo`lgan asparagin leykotsitlarda oqsil sintezi uchun

zarur hisoblanadi. Ammo u hujayraning o`zida sintezlanmasdan, plazmadan kirishi

kerak. Bemor qoniga kiritilgan asparaginaza asparaginni ammiak va asparagin

kislotagacha parchalaydi, buning natijasida leykoz hujayralaridagi oqsil biosintezi

to`xtatiladi va hujayralar halok bo`ladi.



Lidaza, ronidaza va boshqa preparatlar biriktiruvchi to`qimani

mustahkamlovchi modda – gialuron kislotasini parchalanishini katalizlaydi. Bu

fermentlar boshqa dorilar bilan birgalikda qo`llanilib, ularning so`rilishini

tezlashtiradi va og`riqni kamaytiradi. Shuningdek gialuronidaza gematomalarning

so`rilishida, plevra va qorin ekssudatlarida, chandiqlarda qo`llaniladi.

Terapiyada ma’lum bir ferment faolligini oshirish uchun kofaktorlardan

foydalaniladi. Davolash maqsadida, masalan, yurak kasalliklari, nerv tizimining

buzilishi va boshqa holatlarda kokarboksilaza ishlatiladi; FMN teri kasalliklari

keratit, kon’yuktivit, nevrasteniya kabilarda qo`llaniladi.

Tibbiyot amaliyotida fermentlarning ingibitorlari – spetsifik preparat sifatida

foydalaniladi. Proteinazalarning tabiiy ingibitorlari o`tkir pankreatit, artrit va

allergik kasalliklarni davolashda keng o`rin olgan. Masalan, pankreatitda –

oshqozon osti bezi kasalligida tripsinogenni tripsinga o`tkazuvchi proteinazani

faolligini to`xtatish uchun ularning ingibitorlari – trasilol, kontrikal ishlatiladi.

Ferment ingibitorlarini kasalliklarida qo`llash enzimoterapiyaning yangi

sohalaridan biri hisoblanadi.

Enzimologiya ma’lum bir maqsadga yo`naltirilgan dori preparatlarini

yaratishda qulay imkoniyat beradi. Masalan, sulfanilamidli birikmalar kokkli

infektsiyalarda ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Buning asosida esa raqobatli ingibirlanish

yotadi, chunki ular kokkli mikroorganizmlar hayot faoliyati uchun zarur bo`lgan

substrat analoglari hisoblanadi. Nikotin kislotasi sil batsillalarini rivojlanishi uchun

134


zarur, uning struktura analogi – izonikotin kislotaning gidrazidi (ftivazid) silni

davolashda yaxhsi samara beradi.

Shuningdek fermentlar yurak qon-tomir kasalliklarini davolash, qonni

suyultirishda ham qo`llaniladi. Immobilizatsiyalangan streptokinaza preparati

ishlab chiqilgan bo`lib, miokard infarktini davolashga tavsiya etilgan. Kinin

sistemasining kallikrein-fermentlari esa qon bosimini ko`tarilishida davolash

chorasi sifatida ishlatiladi.

So`ngi vaqtlarda onkologik klinikada bakteriya tabiatli fermentlarning dori

vositasi sifatida qo`llanilishi alohida o`rin tutmoqda.

Yuqorida bayon etilgan misollar fementlarni tibbiyot amaliyotida qo`llash

maqsadida o`rganish katta kelajakka ega ekanligini ko`rsatadi.

Tibbiyot enzimologiyasini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatlar kasallikni

oldini olish va davolash hamda yuqori spetsifiklikka ega bo`lgan dori vositalarini

yaratishda katta ahamiyatga ega.

Yaqinda turli yuqumli inson kasalliklarini tashxislash uchun ishonchli, juda nozik va tezkor usul ishlab chiqildi. Ushbu usul "PCR tahlil" deb ataladi. Nimadir, uning mohiyati nimadan iborat, qanday mikrorganizmlar uni ochib berishi va qanday qilib to'g'ri kelishi mumkinligi haqida maqolamizda aytib o'tamiz.


Download 182.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling