Keyingi yillarda O‘zbekiston respublikasiga qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ko’plab texnika sotib olmoqda
Download 244.17 Kb.
|
1-мавзу.
1. Ishning maqsadi: Ichki yonuv dvigatellarining umumiy tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishish.
2. Kerakli jihozlar: Amaliyot xonasidagi karbyurator va dizel dvigatellari kesimlari. 3. Ishni bajarish tartibi: Dvigatel – yoqilg‘i yonganda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosan zamonaviy traktor va avtomobillardan foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi. Traktor va avtomobillarda silindrlari bir va ikki qatorli dvigatellar qo‘llaniladi. 1-rasm. Dvigatel silindrlarining joylashish turlari: a-bir qatorli tik; b-bir qatorli tik o‘qqa burchak ostida; d- “V”-simon;e-silindrlar qarama-qarshi joylashgan: 1-silindr; 2-blok kallagi; 3- silindr bloki; 4-karter tagi Bir qatorli dvigatel silindrlari (1-rasm) vertikal (a) yoki vertikalga 20… 450 burchak ostida (b) joylashgan bo‘lishi mumkin. Ikki qatorli dvigatellar silindrlar o‘qi orasidagi burchak 900 bo‘lganda “V”-simon (d), agarda bu burchak 1800ni tashkil etsa silindrlari karama-karshi yotuvchi (e) dvigatellar deyiladi. Ichki yonuv dvigateli asosiy blokdan 1 (2-rasm) tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga silindr gilzasi 2 o‘rnatiladi. Silindrning yuqori qismi maxsus murakkab holatda tuzilgan silindr kallagi 7 bilan mustahkam berkitilgan. Unda yoqilg‘i aralashmasini kiritish 8 va yongan gazni tashqariga chiqarish 9 yo‘laklari yasalgan bo‘lib, bu yo‘laklarning teshiklari germetik usulda ochib yopadigan berkitgichlar (klapan) 10 hamda benzin yoki gaz aralashmasini yoqadigan uchqun chiqargich yoki dizel yoqilg‘ini purkaydigan purkagich (forsunka) 11 bilan jihozlangan. a) b) 2-rasm. Ichki yonuv dvigatelini umumiy (a) va sxematik (b)ko‘rinishi: 1-blok; 2-silindr; 3-porshen; 4-shatun; 5-tirsakli val; 6-karter; 7-silindr kallagi; 8-kirish yo‘lagi; 9-chiqish yo‘lagi; 10-klapanlar; 11-forsunka; 12-halqalar; 13-moxovik Silindr 2 ichiga porshen 3 kiritilgan bo‘lib, u silindr ichida ilgarilanma-qaytma xarakat (porshen yo‘li S)qiladi. Ularning orasidagi tirqishlardan siqilgan havoning o‘tib ketmasligini ta’minlash maqsadida porshenga ketma-ket bir necha halqalar 12 o‘rnatilgan. Porshen ostki tomonidan shatunga 4, u esa o‘z navbatida tirsakli valga 5 biriktirilgan. Tirsakli valning bir tekis aylanishini ta’minlash uchun unga maxovik 13 o‘rnatilgan. Blok karterning ostki qismi moylash suyuqliklari quyiladigan ostki qopqoq 6 bilan germetik berkitilgan. Download 244.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling