Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Tamaki tayyorlash punktlarida xom ashyoni qabul qilish


Download 0.89 Mb.
bet107/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Tamaki tayyorlash punktlarida xom ashyoni qabul qilish
Tamaki xom ashyosini tamaki qabul qilish punktlari davlat standartiga asoslangan holda partiya-partiyalab qabul qilib oladi.
Har bir partiyaga 25 tagacha toy kiritilib, ular namligi, xom ashyo tipi, navi, ishlov berish usuliga ko‘ra bir xil bo‘lishi lozim.
Tamakining xom ashyo tipi, tovar sorti, ishlov berilganligi, toylanishi va markazlanishi, rangi, mexanik shikastlanishi, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi, xom ashyoning og‘irligi har bir toyda tekshiriladi.
Ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan toylar alohida ajratiladi.
Tamakining namligi guruhlar bo‘yicha aniqlanadi. Har bir toy diagonalining uch joyidan bir dastadan (18-25 ta) barg olinadi. Ular aralashtirilib, keyin ikki qismga ajratiladi.
Birinchi qism bargdan namlik, ikkinchisidan esa ifloslanish darajasi aniqlanadi.
Namlikni aniqlash uchun diametri 2-3 sm li o‘tkir burg‘u yordamida barglardan doirachalar o‘yib olinadi. Doirachalar tezda byuksga qo‘yilib yoki pergament qog‘ozdan tayyorlangan xaltachaga solinib topshiruvchining ism-familiyasi, tamakining navi, tovar sorti, partiyaning og‘irligi ko‘rsatilgan hujjat bilan birga laboratoriyaga jo‘natiladi. U yerda tamakining namligi 10 minutlik usul bilan aniqlanadi. Agar tamakining namligi yuqori bo‘lsa, 40 minutlik usul bilan aniqlanadi.
Tamaki namligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
,
bunda: W-tamaki namligining miqdori, %;
m1-tamaki namunasining quritishdan ilgarigi massasi, g;
m2-tamaki namunasining quritilgandan keyingi massasi, g.
Ikkita parallel aniqlash natijasining o‘rtachasi tamaki partiyasining namligi qilib qabul qilinadi. Bu natija 1% dan ko‘p farq qilmasligi lozim. Aks holda tahlilni takrorlash kerak bo‘ladi.
Ifloslanganlik darajasi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

bunda: X-tamakining ifloslanganligi, %;
mn-qum va tuproq zarrachalarining og‘irligi, g;
mm-tamaki namunasining massasi, g;
Tamaki topshirish kvitansiyasiga yoziladigan og‘irligi, qabul punktlariga topshirishdagi namligi va ifloslanganligini hisobga olgan holda quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bunda: mp - hisoblanadigan og‘irlik, kg;
m - tamaki xom ashyosining haqiqiy namlikdagi og‘irligi, kg;
W - tamaki xom ashyosining haqiqiy namligi, %;
Wb - tamaki xom ashyosining bazis namligi, %.
Bizda o‘stiriladigan Dyubek nav tipining xom ashyosini topshirishda 19% dan kam namlikning har bir foizi uchun 1,2% qo‘shib hisoblanadi va shu og‘irlik qabul qilish kvitansiyasiga yoziladi. Agar barg namligi yo‘l qo‘yiladigan namlikdan (ya‘ni 19% dan) ortiq bo‘lsa, har bir foiz ortiqcha namlik uchun 1,2% og‘irlik ayirib tashlanadi. Bundan tashqari, quritishga ketadigan xarajatlarni qoplash uchun bahosidan ham 1% olib tashlanadi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling