Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Mag‘zni yanchishda fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar


Download 0.89 Mb.
bet60/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Mag‘zni yanchishda fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar. Mag‘izni yanchishda fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar ro‘y beradi. Mag‘iz yanchilishi natijasida uning yuzasi kattalashadi va strukturasi donadorlikdan yassi yaproqsimon bo‘ladi. Mag‘izning yanchilishi natijasida hujayra to‘qimalari buziladi, bu mag‘zni siqilishi, ishqalanishi va urilishi tufayli ro‘y beradi. Mag‘iz talqoni quyidagilardan iborat bo‘ladi: butun hamda yorilgan hujayralardan tashkil bo‘lgan yemirilgan to‘qimalar, hujayra ichida joylashgan moddalar, protoplazma bo‘laklari, aleyron donalari, murtak, qobiq bo‘laklari va hokazolar.
Mag‘iz yanchilishi natijasida yassilanib uning ichki sirti tashqariga chiqib, tashqi sirtni hosil qiladi. Mayda zarrachalardan tashkil topgan mag‘iz katta energiyaga ega bo‘lib, bu energiya miqdori zarrachalar qancha mayda va ularning sirti qancha katta bo‘lsa shuncha ko‘payib boradi.
Mag‘izni ezish vaqtida to‘qimalardan ajralgan moy, hosil bo‘lgan yangi yuza sirtiga adsorbtsiyalanadi. Mag‘iz yanchilmasi sirtidagi moyda oksidlanish va gidrolizlanish jarayoni tezlashadi, chunki hujayra to‘qimalarining buzilishi moyning havodagi kislorod va namlik bilan bug‘lanishiga qulay sharoitni yuzaga keltiradi. Maydalangan mag‘iz sirtida mikrofloralar tez rivojlanadi, shu sababdan ham mag‘izga nisbatan yanchilgan mag‘izning saqlashga chidamliligi kam bo‘ladi.
Mag‘iz yanchilishi vaqtida ishqalanish, siqilish va urilishi natijasida uning haroratni ko‘tarilib tarkibidagi fermentlar aktivlashadi va buning natijasida biokimyoviy jarayonlar ro‘y beradi. Valtsovkaning mag‘izga mexanik kuchi ta‘siri tufayli oqsil moddalarining bir qismi denaturatsiyalanadi.
Moyli urug‘larning mag‘zini yanchish uchun besh o‘qli VS-5 tipidagi valtsovka ishlatiladi. 43-rasmda 5 valikli valtsovkada mag‘zni yanchish jarayonining sxemasi va qurilmaning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Qurilmaning asosiy ishchi organi cho‘yan 4 valik bo‘lib, uning diametri 400 mm va uzunligi 1250 mm bo‘lib, birta valikning og‘irligi 1 tonnaga teng. Beshta valik gorizantal holda bir-birining ustiga quyilib 1 tayanchga o‘rnatilgan.Yanchiladigan mag‘iz bunkerdan 2 taminlovchi valik yordamida ishchi sirti bo‘ylab tekis taksimlanadi va 3 yo‘naltiruvchi to‘siqlar yordamida mag‘iz valiklar orasiga yo‘naltirilib turadi. Ustki qismdagi 2 ta valikning sirti taram-taram novali bo‘lib, u mag‘izni yaxshi ushlanishini va uni birlamchi maydalanishini ta‘minlaydi. 5 elektrodvigatel va uzatmalar yordamida valiklar aylanma harakatga keltiriladi.
Valtsovkada maydalanadigan 1-3 navdagi paxta chigitining namligi 8,5-9,5%, 4-navniki 9,5-10,5% va tarkibidagi qoldiq sheluxa miqdori 10% gacha 1-3 navli urug‘larda, 15% gacha 4-navli urug‘larda bo‘ladi. Yanchilgan mag‘iz bir xil o‘lchamda bo‘lishi va diametri 1 mm li elakda elanganda elanma miqdori 60 % dan kam bo‘lmasligi kerak 1-3 navlar uchun, 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. 4-navli urug‘lar uchun.
Mag‘izni valtsovkada yanchgandan keyin uning tarkibidagi sheluxa miqdorini 1-3 navli urug‘lar uchun 15% gacha va 4-navli urug‘lar uchun 17%gacha yetkazguncha qo‘shimcha ravishda sheluxa qo‘shiladi.
Moy ishlab chiqarishda faqatgina mag‘iz yanchilmasdan oraliq mahsulot kunjara ham ekstraktsiyalashdan oldin va ikki marta presslash usulida birinchi presslashdan keyin maydalaniladi. Kunjarani maydalashdan maqsad keyingi texnologik jarayonlarni normal borishini ta‘minlash uchun unga optimal o‘lchamlar berish, hujayra to‘qimalarini qo‘shimcha maydalash va presslash vaqtida hosil bo‘lgan ikkilamchi strukturalarni buzish. Kunjara to‘qmoqli, diskli maydalagichlarda va bir juft valikli valtsovkada maydalanadi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling