Yanchilmani namlash jarayoni
Qovurish uchun ishlatiladigan xom-ashyolarga yanchilgan mag‘iz, maydalangan bir qism moy olingan kunjara va bir qism moyi olingan mezga kiradi.
Mag‘iz talqonini qovurish ishi ikki davrga bo‘linadi. Birinchi davri bug‘lash-namlash apparatida namlanib qizdiriladi. Namlanayotgan yanchilmaning haroratini 20°C dan 50-60°C gacha ko‘tarish, namligini 11-12% ga yetkazish kerak.
Yanchilma uch xil usulda namlanadi: issiq yoki iliq suv bilan, bug‘ aralash suv bilan, to‘yingan bug‘ bilan.
Suv bilan namlash qolgan ikki usulga qaraganda ancha noqulay, chunki suv yanchilmaga bir tekis singmaydi uning ba‘zi joyi tugun-tugun (ichi quruq, usti xul) holda bo‘lib qoladi. Bunda yanchilma qozonga tushganda yaxshi qovurilmaydi, demak tarkibidagi yog‘ ham qiyinlik bilan ajraladi.
Bug‘ aralash suv yoki to‘yingan bug‘ bilan namlanganda esa yanchilma bir tekis namlanadi va harorati tez ko‘tariladi. Lekin shuni ham esda tutish kerakki, agar yanchilmaning o‘z namini faqat 1,0% ga oshirish lozim bo‘lsa, o‘shandagina to‘yingan bug‘ bilan namlash mumkin.
Mag‘iz talqonini qovurish jarayoni ikki davrga bo‘linadi. Qovurishning birinchi davrida talqon kondensat va suv bug‘i bilan namlanib isitiladi bunda suv talqonning gel qismidagi moyni siqib chiqaradi. Talqon namlanganda uning mayda zarralari, ayniqsa aleyron donalari yiriklashadi.
Agar yanchilmaning namligi texnologik normadagicha teng bo‘lsa, bunda birinchi bosqichda yanchilma quruq bug‘ bilan tegishli haroratgacha qizdiriladi. Paxta chigiti yanchilmasini qovurishdan avval namlash va qizdirishdan maqsad tarkibidagi ozod gossipolning mag‘zida bo‘ladigan oqsil moddalar bilan yaxshi bog‘lanishini ta‘minlashdir.
Namlangandan keyin yanchilmaning namligi quyidagicha bo‘lishi kerak:
Kungaboqar urug‘ida ...........................8-9%
Paxta chigitida
1-3 nav..................................................11,5-13%
4-nav.....................................................13,5-17,5%
Yanchilmani namlab isitish uchun shnekli inaktivatorlar yoki namlab-isituvchi shnekli qurilmalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |