Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
Qovurish jarayonida suv, bug‘ va issiqlikning ta‘siri
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yanchilmani qovurishda ro‘y beradigan fizikaviy o‘zgarishlar.
Qovurish jarayonida suv, bug‘ va issiqlikning ta‘siri.
Namlik va issiqlik bilan ishlov berish jarayonini shunday olib borish kerakki, bunda presslab olingan moy va kunjara qolgan moyning tabiiy xususiyatlari kunjara va shrotning ozuqalik xususiyatlari saqlanib qolinsin. Hozirgi vaqtda sanoatda yanchilmaning qovurishni ikki turi: birinchi turi “nam” holda qovurish va ikkinchi turi “quruq” qovurish qo‘llanilmoqda. Birinchi turdagi “nam” holda qovurish ikki bosqichda, birinchi bosqichda yanchilma namlanib isitiladi, ikkinchi bosqichda qizdirish orqali moyli xom ashyoning namligi va harorati optimal darajaga yetkaziladi. Ikkinchi turdagi ya‘ni quruq qovurish bir bosqichdan iborat bo‘lib yanchilmani ma‘lum bir haroratgacha qizdirish va quritib uning namligini va haroratini optimal darajaga yetkazish. Mezga tayyorlashda boradigan fizik-kimyoviy jarayonlarning nazariyasini rus olimi A.M.Goldovskiy asoslab berdi. A.M.Goldovskiy o‘zining tajribalari orqali xom ashyoni moy olishda tayyorlashda mezga tayyorlashda yanchilmaga suvning ta‘siri eng muhim faktorlaridan biri bo‘lib, moyning bir qism va to‘liq olinishi shunga bog‘liq. Yanchilmani namlaganda uning butun massasida o‘zgarishlar ro‘y beradi: 1.Yanchilmaning moy bo‘lmagan qismi suvning o‘ziga yutishi natijasida bo‘kadi va uning plastikligi ortadi; 2.Yanchilmaning moy bo‘lmagan qismi bilan moyning o‘zaro bog‘liqligi o‘zgaradi; 3.Yanchilmaning zarrachalari o‘zaro bir-biri bilan biriktiriladi va tuppa hosil bo‘ladi; Yanchilma suv bug‘i va kondensat bilan namlanganda va bug‘langanda suv talqonining gel qismidan moyni siqib chiqaradi. Yanchilmaga moyning yutilish tezligi namlash sharoitiga, shuningdek suvning yuborish usuliga va bunda intensiv aralashtirishga bog‘liq. Bundan tashqari xulanayotgan xom ashyoning moy va moy bo‘lmagan qismlarining o‘zaro nisbatiga bog‘liq, xom ashyo tarkibida moy qancha ko‘p bo‘lsa unga suvning yutilishi shuncha sekin boradi. Yanchilmani qovurishda ro‘y beradigan fizikaviy o‘zgarishlar. Suv yutilib bo‘kkanda yanchilmaning fizik xususiyatlari ko‘prok o‘zgaradi, uning plastikligi va oquvchanligi ortadi, mexanik ta‘sir etganda qarshilik deformatsiyasi kamayadi. Yuqori moyli va namlangan yanchilmaga ozgina mexanik kuch ta‘sir etganda undan moy ajralib chiqadi. Yanchilmaning namlanishi va undan moy ajralishi natijasida yanchilma zarrachalari o‘zaro bir-biri bilan birikadi. O‘zaro bir-biri bilan birikishi ikki turli bo‘lib, birinchisi, yanchilma tarkibidagi gidrofil moddalarning o‘zaro yelimlanishi tarzida ro‘y beradi, bunga sabab zarrachani sirtini o‘rab olgan suv, sirtga katta molekulyar kuch bilan tortiladi va buning natijasida u o‘ziga atrofidagi xuddi shunday suv o‘rab olgan zarrachalarni tortadi va natijada to‘ppa hosil bo‘ladi. Ikkinchi turdagi birikish mag‘iz zarrachalarini va uning aloxida qismlarini sirtidagi moyga yopishib birikishi, bu birikishning tortilish kuchi birinchi turdagi tortilish kuchidan kam bo‘ladi. Zarrachalarning o‘zaro birikishi namlanish vaqtida aralashtirishning intensivligiga bog‘liq. Zarrachalarning bunday o‘zaro birikishi, zarrachalar tarkibidagi moyning, moy bo‘lmagan qismi bilan o‘zaro bog‘liqlik kuchini kamaytiradi. Yanchilmaga issiqlik ta‘sir etish, mezga tayyorlash jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, u yanchilmaning gel va moy qismida fizik va kimyoviy o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Bu o‘zgarishlar quyidagi faktorlarga bog‘liq: -issiqlikning ta‘sir etish usuliga; -issiqlikning ta‘sir etish vaqtiga; -jarayonning harorat rejimiga; -yanchilmaning va tayyor mezganing namligiga; -namligining bug‘lanish tezligiga. Harorat 120°C ga yetguncha asosan yanchilmaning fizik xususiyatlari o‘zgaradi. Yanchilma tarkibidagi moyning harorati ortishi bilan, uning molekulalarini o‘zaro tortishish kuchi susayadi, qovushqoqligi kamayadi, mag‘iz zarrachalari sirtiga yopishib turgan moyning sirtga tortuvchi molekulalarning tortishish kuchi kamayadi va buning natijasida moyni siqib olish osonlashadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling