Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet73/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Adabiyotlar: 1,2,3,5,6
Tayanch so‘z va iboralar: ekstraktsiya, erituvchi, mistsella, shrot, ekstraktor.


1.Ekstraktsiya jarayoni
Fan texnikaning rivojlanishi, insonlarning o‘simlik moylariga bo‘lgan extiyojlarini yildan yilga ortib borishi olimlar oldiga moyli xom ashyolar tarkibidan imkon qadar ko‘prok moyini ajratib olish, kunjarada moyning yuqolishini kamaytirish vazifalarini quydi. Turli konstruktsiyalardagi shnekli presslar, ikki marta presslash usullarini qullash ham moyli xom ashyo tarkibidagi moyni maksimal miqdorda olish imkoniyatlarini bermadi.
1.1.Ekstraktsiya jarayonining moxiyati. Mezga presslanayotgan vaqtda undagi moy oqib chiqadigan kanallar zichlashadi, kunjara zarralari sirtida juda yupqa moy pardasi 1000 kg/sm gacha bo‘lgan bosim ostida molekulyar tishlashi kuchi ta‘sirida ushlanib turadi, shu sababdan ham kunjaradagi moy miqdorini 4,5-5% dan kamaytirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari moyli xom ashyolarni presslash usulida moy olishga tayyorlashda, mag‘zni qobig‘dan tulaligicha ajratish talab etiladi va bunda qobig‘ tarkibiga magz zarrachalari utib qobig‘ning qoldiq moyliligi ko‘p bo‘ladi va buning natijasida moyning yuqolishi ko‘payadi.
G‘ovaksimon murakkab qattiq moddalar tarkibidan bir yoki bir necha komponetlarni erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni qattiq jism suyuqlik sistemasida ekstraktsiyalash deb ataladi. Odatda, ajratib olinishi lozim bo‘lgan komponent qattiq moddaning tarkibida qattiq yoki erigan xolda bo‘ladi. Jarayonni amalga oshirish uchun tegishli erituvchi tanlab olinadi.
Moyli xom ashyolar tarkibidan moyni ekstraktsiya usulida ajratib olish tugridan-tugri ekstraktsiya usulida yoki birin ketinlik bilan avval bir qism moy presslash usulida va qoldiq moy ekstraktsiya usulida ajratib olinadi, bu usul forpess-ekstraktsiya usuli deb aytiladi. Moyli xom ashyolardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraktsiya usulida moyni ajratib olish soyadan moy olishda ko‘p qllaniladi. Kungaboqar urug‘idan, paxta chigitidan, er yong‘oqdan va shunga uxshashlardan moy olishda forpress-ekstraktsiya usuli qullaniladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling