5.2.Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo namligining ta‘siri. Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoni namligi uning erituvchi bilan qo‘shilishiga va moyni zarrachadan diffuziyalanishiga ta‘sir etadi. Yuqori namlik zarrachani tashqi yuzasini erituvchi bilan yuvilishini yomonlashtiradi. Zarracha namligi yuqori bo‘lsa u bo‘kishi natijasida kapillyarlari yopiladi va natijada g‘ovakligi kamayadi. Bo‘larning hammasi erituvchini zarraga ichkarisiga kirib borishiga va uni erigan moy bilan qayta diffuziyalanishini yomonlashtiradi.
Namlikning normadan kichik bo‘lishi ham, kunjarani ekstraktsiyaga tayyorlashda uni maydalanib ketishiga va mistsellani cho‘kmasi ko‘payib filtrlanishini qiyinlashtiradi.
Ekstraktsiyalashda har bir turdagi xom ashyo uchun optimal namlik belgilangan, forpressdan chiqqan paxta chigiti kunjarasa uchun ND-1250 ekstraktorida kunjaraning optimal namligi I-III nav chigit uchun 6-7% , IV –nav chigit uchun 4-5,5 % bo‘lishi kerak.
5.3.Haroratning ta‘siri. Muhitning harorati ekstraktsiyalanishiga va uning tezligiga ta‘sir etadi. Haroratning oshishi bilan molekulalarning tartibsiz issiqlik harakati tezlashadi,erituvchi va moyning qovishqoqligi kamayadi, buning natijasida diffuziyalanish tezligi oshadi.
Erituvchini qaynash haroratigacha qizdirish vaqtida unda ko‘p miqdorda gaz pufakchalari hosil bo‘lib, bu pufakchalari hosil bo‘lib, bu pufakchalar moy hujayralari devorlarini parchalaydi va natijada molekulyar diffuziya tezligi ortadi.
Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo orasidan o‘tayotgan erituvchining tezligi molekulyar va konvektiv diffuziyalanish jarayoniga ta‘sir etadi. Erituvchini harakati tezlanishi natijasida, ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo ichidagi mistsellaning va unga qarayotgan mistsellaningkontsentratsiyalari orasidagi farq ortadi. Buning natijasida xom ashyoni moysizlantirish vaqti qisqaradi va ekstraktorning ish unumdorligi ortadi. Shu bilan birga erituvchi harakatining tezlanishi mistsellaning kontsentratsiyasiga teskari ta‘sir etib- mistsellani kontsentratsiyasi kichik bo‘ladi va teskarisi,xom ashyo orasidan o‘tayotgan erituvchini tezligining sekinlashishi eksraktsiyalanish jarayonini sekinlashtiradi, ammo lekin mistsellani kontsentratsiyasi ortadi. Qaysi ekstraktsiya usulini qo‘llanilishiga ko‘ra, ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo bilan erituvchini miqdorini o‘zaro nisbati - gidromoduli qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |