Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet80/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

4.2.Diffuziya jarayoning bosqichlari. Diffuziyalanish yo‘lining xarakteriga ko‘ra moyning ekstraktsiyalanish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
I-bosqich –molekulyar diffuziya, moy zarracha ichidan zarrachaning tashqi sirtiga o‘tadi;
II- chegara qavatdagi molekulyar diffuziya;
III –konvektiv diffuziya, chegara qavatdagi moy harakatlanayotgan mitsellaga o‘tadi.
Har bir bosqichdagi diffuziya yo‘li, diffuziya koeffitsienti bilan xaraterlanadi:
Chegara qavatdagi diffuziya koeffitsientining son qiymati moy va erituvchining fizik xossalariga, haroratga, mistsellaning tezligi va oqim turiga boqliq.
Konvektiv diffuziya koeffitsientining son qiymati muhitning gidrodinamik sharoitiga, ya‘ni mistsellani tezligi va oqim turiga, harorati va fizik xususiyatlariga bog‘liq.


5.Moyning ekstraktsiyalanishiga va tezligiga turli faktorlarining ta‘siri
5.1.Ichki strukturasi buzilish darajasining ta‘siri. Ekstraktsiyalash jarayonini ikki davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrda zarracha yuzasidagi va kapillyarlardagi erkin moy erituvchiga o‘tadi, ikkinchi davrda esa zarracha ichkarisidagi, buzilmagan va bir qism buzilgan to‘qimalaridagi va presslash vaqtida hosil bo‘lgan ikkilamchi strukturalarga deformatsiyalanish natijasida yutilgan bog‘langan moy erituvchiga o‘tadi.
Tajribalardan va ishlab-chiqarishdan shu narsa ma‘lumki to‘qimalar qancha buzilsa shuncha moy ko‘proq va oson erituvchiga o‘tadi. Shu bilan birga erituvchini zarrachalarga va ularning orasiga kirib borishi uchun qulay sharoitni ta‘minlash va shu bilan birgalikda erituvchiga erigan moyni tashqariga oson chiqishi uchun sharoit yaratish zarur.
Shu sababdan ham ekstraktsiyalanadigan materialni ma‘lum bir ichki va tashqi strukturasi vujudga keltirilib bu unga strukturaviy–mexanik xususiyatni hosil qiladi.
Zarrachani tashqi strukturasi uning o‘lchami va shaklini xarakterlaydi. Ekstraktsiyalanish jarayoni to‘liq va yaxshi borishi uchun zarrachaning tashqi strukturasi ma‘lum bir talablarga javob berishi kerak.
Tajribalardan shu narsa aniqlanganki, zarrachaning o‘lchami 0,5% mm dan kichik bo‘lsa, zarrachada erituvchini yutilishi kamayadi va shrotning qoldiq moyliligi ortadi. Kichik zarracha bo‘lsa u erituvchi oqimi bilan harakatlanib mistsella tarkibida qoldiq ko‘payadi va filtrlanish jarayoni qiyinlashadi. Bundan tashqari hamma zarrachalar erituvchi bilan bir tekis yuvilishi uchun zarrachalar orasida ma‘lum bir bo‘shliq bo‘lishi kerak. Bo‘larning hammasi xom ashyoni ekstraktsiyaga tayyorlashda uni ma‘lum bir o‘lchamda maydalashni talab etadi. Xom ashyoni ekstraktsiyaga tayyorlash turli xom ashyolar uchun tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Ekstratsiya jarayoni normal borishi uchun ekstraktsiyalanadigan xom ashyoning o‘lchamlari 0,5 dan 8-10 mm gacha bo‘lishi kerak.
Ekstraktsiyalanadigan zarrachaning ichki strukturasi ham ma‘lum bir talablarga javob berishi kerak. Xom ashyo hujayralarining to‘qimalari maydalangan bo‘lishi kerak, chunki maydalanmagan to‘qimalarga erituvchi kira olmaydi. Zarrachaning ichki strukturasiga erituvchi tezda yutilishi, ichki struktura g‘ovakdor bo‘lishi va uning ichida erituvchini kirib borishiga to‘sqinlik qiladigan devorlar bo‘lmasligi kerak. Bo‘lardan shu narsa ko‘rinib turibdiki ichki struktura ham tashqi strukturadek zarrachaning o‘lchamiga bog‘liq ekan.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling