Benzin bug‘i hosil qiluvchi apparatning ishlashi. Boshqa ventillarni bekitib qo‘yib, apparatga tegishli jo‘mrakdan benzin to‘latiladi. Benzin sathi sath ko‘rsatkich nayning 3/4 qismiga yetgach benzin jo‘mragi bekitilib, kondensat chiqadigan jo‘mrak ochiladi. Kondensat tuvakchasidagi havo jo‘mragini ochib qo‘yib, zmeevikka sekin-asta bug‘ yuboriladi. Zmeevik qizigandan keyin kondensat tuvakchasi avtomatik ravishda ishlaydigan qilib sozlanadi va bug‘ ko‘proq berila bosh-laydi; apparatdagi bosim 3 atmosferadan oshib ketmas-ligi uchun qarab turish kerak. Hosil bo‘layotgan benzin bug‘i kerak vaqtda filtrpressga yuboriladi. Apparat ishlab turganda uning ichidagi bosimni, armaturalarning tuzukligini (ventil va jo‘mraklarning tuzuk ishlayotganligini) kuzatib turish va ventil hamda jo‘mraklar-dan benzin bug‘i chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Filtrpresslar benzin bug‘i yuborib puflangandan keyin zmeevikka bug‘ o‘tishito‘xtatiladi, benzin bug‘i chiqadi-gan jo‘mrak bekitiladi va benzin keladigan jo‘mrakni ochib apparatga sovuq benzin to‘latiladi, apparatdagi benzinning sathi ko‘rsatilgandan ortib ketmasligi shart.
Mistsella yig‘uvchi. Filtrlangan toza mistsella gorizontal tsilindr shaklidagi po‘lat idishga oqib tusha-di, bu idishning g‘hajmi 9,9 m3, diametri 1700 mm va uzunligi 4400 mm, misqellosbornik deb shu idishga aytiladi. Mistsellosbornikning yuqorigi qismida ben-zin bug‘i ekstraktsiya tsexining havo yo‘liga chiqib ketadigan va moy keladigan patruboklar hamda lyuklaz bor. Apparatning devoridagi patruboklar moy olish va sath ko‘rsatuvchi shisha nay o‘rnatish uchun mo‘ljallangan; pastki qismidagi patrubokdan esa apparat ichidagilar bo‘shatib olinadi. Mistsellosbornik ishlab turganda moyning sathi doimo kuzatiladi va apparat tubiga cho‘kib qolgan suv bilan quyqa vaqt-vaqti bilan tushirib yuboriladi.
2.Shrotni qayta ishlash
Ekstraktordan chiqayotgan moysizlantirilgan shrot tarkibida 18-20% gacha erituvchi va ma‘lum miqdorda suv bo‘ladi. Shrot tarkibidagi oziqali moddalarni yuqori ozuqalik xususityalarini saqlab qolishi, uzoq muddatda sifatini buzmasdan saqlanishini ta‘minlash, tashishda va saqlashda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida shrot tarkibidagi erituvchi ajratilib shrot namlik va harorat bo‘yicha kondesatsiyalanadi. Bundan tashqari shrot tarkibidagi erituvchi ajratib olinmasa moyning tannarxi ortib ketadi, shrotni saqlash omborlarida erituvchi bug‘larini yig‘ilishi natijasida portlash xavfi tug‘iladi. Yuqoridagilarni inobatga olib shrot tarkibidagi erituvchi ajratib olinadi. Tarkibidagi erituvchi ajratib olingan shrot quyidagi sifat ko‘rsatkichlarga javob berishi kerak: saqlashga junatilayotgan shrotning harorati 35-400C dan yuqori bo‘lmasligi, namligi 7-10%, tarkibidagi qoldiq erituvchi miqdori 0,1 % bo‘ladi.
Shrot tarkibidagi erituvchi bug‘latish yo‘li bilan ajratiladi. Bunda ishlatiladigan bug‘latish qurilmalari bug‘latish usuliga ko‘ra uchta guruhga: to‘g‘ri ta‘sir etuvchi bug‘latgichlar, bunda isituvchi agent ishlov berilayotgan shrot bilan bevosita aralashadi; to‘g‘ri ta‘sir etmaydigan bug‘latgichlar, bunda isituvchi agent shrotga to‘siq orqali uzatiladi; aralash usulda ishlaydigan bug‘latgichlar, bunda shrot tarkibidagi erituvchini bug‘latishda issiqlik tashuvchi agentning bir qismi aralashtirilib, bir qismi to‘siq orqali uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |