Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.O‘simlik moylarini uzluksiz ekstarktsiyalashning yangi va istiqbolli usullari
MEZ-350 lentali ekstraktorning lentasini uzunligi 14,4 m, lenta ustidagi ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoni kengligi 2,.4 m, qalinligi ya‘ni lenta ustidagi balandligi 0.8 dan 1,2 m gacha. Xom ashyoni ekstraktsiyalanish vaqti 170-190 min, berilayotgan benzin miqdori 5-6 m3/soat, mistsellani kontsentratsiyasi 25-30 %, mistsella tarkibidagi quyuqa miqdori 0,03 %, ekstraktorning ish unumdorligi 380 ton sutkaga teng.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda ishlatilib kelinayotgan eng zamonaviy ekstraktor bu karuseli «Ekstexnik» ekstraktori bo‘lib, u tsilindrsimon korpus, rotor, g‘alvirsimon ostki qism,mistsella tarqatgich va mistsella yig‘gichdan tashkil topgan. Rotor 18 ta sektsiyaga bo‘lingach, sektsiyadagi ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoni balandligi 1,0-1,6 m, qurilmaning ish unumdorligi 1200 t/sutka. Mistsellaning kontsentratsiyasi 20 %, ekstarktsiyalash vaqti 0,5-2 soat. Shrotning qoldiq moyliligi 1 %. Aralash usulda ishlaydigan qurilmalarida xom ashyo erituvchiga botirish va ko‘p bosqichda sug‘orish usullarida ekstraktsiyalanadi. Bunda birinchi bosqichda xom ashyo maxsus qurilmada mistsellaga botirilib aralashtiriladi, xom ashyo tarkibidagi moyni mistsellaga o‘tishini tezlashtiradi. Xom ashyoni oxirigacha moysizlantirish ikkinchi bosqichda boshqa qurilmada toza erituvchini ko‘p bosqichda sug‘orish usulda yuvish orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichda mistsella o‘z-o‘zidan filtrlanadi. Bu usulda olingan mistsella yuqori kontsentartsiyali va toza bo‘ladi. 8.O‘simlik moylarini uzluksiz ekstarktsiyalashning yangi va istiqbolli usullari Keyingi yillarda o‘simlik moylaridan ekstraktsiya usulida moy olishda, xom ashyoni ko‘p bosqichda sug‘orish usulida ekstraktsiyalaydigan qurilmalar ishlab-chiqarishda keng tadbiq etilmoqda. Shu bilan bir qatorda ekstraktsiyalash uchun turli erituvchilarni ishlab-chiqarishga tadbiq etish ustida ishlar amalga oshirilmoqda. Ekstraktsiyalash uchun yangi erituvchilarniqo‘llash orqali olinadigan moy va shrotni sifatini yana ham yaxshilash yo‘nalishiga qaratilgan izlanishlar olib borilmoqda.Bunday erituvchilarga etil spirti, atseton va suyultirilgan gazlar bilan olib borilayotgan ishlarni aytib o‘tish mumkin. Etil spirtini erituvchi sifatida moy olishni yaponiyalik olimlar 1930 yillarda sanoatda qo‘lladilar. Bu yo‘nalishda amerika va rus olimlari ham bir qancha ishlar olib borishdi. Bu yo‘nalishda olib borilgan ishlarning yakuni sifatida quyidagilarni aytish mumkin: Etil spirti bilan ekstarktsiyalanib olingan soya moyini rafinatsiyalash talab etilmaydi, bunda rangi ochiq, o‘ziga xos yoqimli maza va hidga ega bo‘lgan moy olinadi. Bunda olingan shrot tarkibida proteinlar miqdori ayniqsaalmashinmaydigan aminokislotalarni saqlashi bilan ahamiyatlidir.Bunda yuqori sifatli fosfatid kontsentrantlari va vitaminlar olish imkoniyatlari vujudga keldi. Spirt yordamida paxta chigitidan ekstraktsiyalab moy olganda, yuqori sifatli tarkibida kam miqdorda gossipol bo‘lgan moy va shrot olindi. Ahamiyatli tomoni shundaki, paxta moyi past haroratda spirtda yaxshi erimaydi, spirtli mistsellani uy haroratigacha sovitganimizda, undan ekstraktsiyalangan moyni ko‘p qismi alohida ajralib qoladi va uni oson ajratib olish mumkin bo‘ladi. Bu moy tarkibida 6-7% erituvchi qoladi va uni kam issiqlik ta‘sir ettirib oson ajratib olish mumkin. Spirtli ekstraktsiyaning yana bir ahamiyatli tomoni uni ishlatganda boshqa erituvchilarga qaraganda kam zaharliligi va kam yonqin va portlashga xavfsizligidir. Ekstraktsiyalashda erituvchi sifatida atsetonni qo‘llash ustida ham bir qator izlanishlar olib borilmoqda, lekin bu hali sanoat miqyosida qo‘llanilgan emas. Atsetonni ahamiyatli tomoni u suv bilan har qanday nisbatda aralashishi va moyni yaxshi eritishidir. Rus olimlari o‘simlik moylarini ekstraktsiyalashda siqilgan gaz, propan, butan va ularning aralashmalarini qo‘llab ko‘plab tajribalar o‘tkazdilar. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki gazlarni ishlatganda ekstraktsiyalash vaqti ancha qisqardi, olingan moy tarkibida moy bo‘lmagan moddalarning miqdori keskin kamaydi, yuqori sifatli tarkibidagi oqsillar kam denaturatsiyalangan shrot olindi. Bunda ekstraktorlar 25-300C haroratda, 0.4-1.5 MPa bosimda ishlashi talab etiladi. Bunda mistsellani distillyatsiyalashda past harorat talab etiladi. Bunday erituvchilarni qo‘llash efir moylari va ba‘zi bir xushbo‘y moddalar olishda ishlatilmoqda. Olimlar ekstraktsiyalashda geksanni erituvchi sifatida ishlatishdi. Bunda ekstraktsiyalash mavhum qaynash usulida olib borildi. Bu tajriba kungaboqar urug‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraktsiyalash usulida moy olishda qo‘llanilganda olingan moy va shrot o‘zining yuqori sifatliligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. O‘zbekistonlik professor olim Z.Salimov paxta chigiti mag‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraktsiya qilishda jarayonni jadallashtirish uchun, xom mag‘zga o‘zgaruvchi elektromagnit maydoni ta‘sir ettirdi. Bundan tashqari erituvchi magnitlanib ham tajribalar o‘tkaziladi. Elektromagnit maydonini qo‘llabgeksan, atsetonni erituvchi sifatida qo‘llab o‘tkazilgan tajribalar vaqtida shrotning moyliligi Distillyatsiyalash vaqtida harorat ta‘sirida moyning fizik ko‘rsatkichlari kayishkokligi, zichligi va satx tarangligi kuvvati kamayadi. Lekin bo‘lar tayyor moyning sifatiga zarar yetkazmaydi chunki moy sovigach , uz xolatiga kaytadi. Distillyatsiyalash jarayonida moyning kislota sonini ( 0,3-0,4 mg KOH) oshishi kuzatilgan, bunga sabab namlik va haroratning ta‘sir etishidir. Bu ayniqsa haroratni (1300C) dan ortiq kutarilishida va distillyatsiyalash qurilmalarining sirti ifloslanganda yakol kurinadi. Distillyatsiyalash jarayoni vaqtida moy tarkibidan erkin moy kislotalarining uchishi natijasida moyning kislota sonini pasayishi kuzatilishi kerak. Amalda esa buni teskarisi kuzatiladi. Kungabokar, soya moylarini mistsellasi distillyatsiya kilinganda kislota soni sezilarsiz uzgaradi, ammo lekin distillyatsiyalash vaqtida paxta moyini kislota sonini oshishi ro‘y beradi, bunga sabab uning tarikbida oson gidrolizlanadigan palmitin kislotasining glitseridlarining ko‘pligidandir. Fosfatidlar ham yuqori haroratda va jarayon uzoq davom etganda moy tarkibidagi qand moddalari bilan qushilib ketib melanofosfatidlarni xosil qiladi, bo‘lar moyning rangini qoraytirib yuboradi va sifatini buzadi. Bunga yul quymaslik uchun mistsellani distillyatsiyalashdan oldin uni namakob bilan yuvish kerak. Bunda bir qism fosfatidlar va uglevodlar moydan ajraladi. Moyga rang beruvchi buyoq moddalar karotinoid moddalar, gossipol va boshqalardir. Mistsellani distillyatsiyalashda harorat 1000C va undan oshganda karotinoidlarning parchalanishi kuzatilgan. Buning natijasida moy tarkibida karotinoidlar miqdori kamayishi natijasida ekstraktsiyalangan moyning fiziologik xususiyatlari pasayadi. Karotinoidlar parchalanib yangi moddalar xosil qiladi va bu moddalar rangini oshiradi. Ayniqsa paxta moyidan olingan mistsella tarkibidagi gossipol buyoq moddalar bilan reaktsiyaga kirishib uzgargan gossipolni xosil qiladi, bu uzgargan gossipol rafinatsiya vaqtida ishqor bilan ham reaktsiyaga kirishmaydi. Oksidlangan va uzgargan shaklga utgan gossipol qora rangli bo‘ladi va shu sababdan ham ekstraktsiyalangan paxta moyining rangi kora kungir bo‘ladi. Ekstraktsiyalangan paxta moyining rangi oshishi bilan birga uni rafinatsiyalash ham juda kiyin kechadi va rafinatsiyada moyning chikitga chikishi ko‘payadi ishkor sarfi ortadi. Xozirgi vaqtda ba‘zi bir korxonalarda joriy etilgan moyni mistsella da rafinatsiyalash usuli yuqoridagi kamchiliklarni oldini oladi. Mistsellada rafinatsiyalash, moy tarkibidagi erkin moy kislotalari, fosfatidlar bilan birga gossipol moddasini ham ajratadi va bunda mistsella yuqori harorat ta‘sir etguncha bu moddalardan ozod bo‘ladi va sifatli moy olinadi. Yuqoridagi uzgartirishlarni kamaytirish uchun, distillyatsiyalangan moyni darxol sovutish, utkir bug‘ tarkibidagi havoni ajratish, distillyatsiyalash qurilmalarini sirtini ifloslanishiga yul quymaslik kerak. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling