Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet85/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Bu usulda ishlaydigan ekstraktsiyalash qurilmalari quyidagi afzalliklarga ega:
-ekstraktsiyalash qurilmasining tuzilish konstruktsiyasi oddiy va ukam ishlab-chiqarish maydonini egallaydi;
-qurilmaning geometrik hajmidan foydalanish koeffitsienti yuqori(95-98%) va qurilmada havo va erituvchi buqlarini portlovchi aralashmalar hosil qilish ehtimoli kamroq.
Bu usulda ishlaydigan qurilmalar yuqoridagi afzalliklari bilan bir qatorda quyidagi kamchiliklarga ham ega:
-olingan mistsellaning kontsentratsiyasi past (15-20%);
-qurilmada xom ashyoni aralashtirib harakat qilishi natijasida uning strukturasi o‘zgaradi va olinayotgan mistsella loyqa bo‘lib uni filtrlash qiyinlashadi;
-qurilmaning balandligini o‘lchamlari katta;
-ba‘zi hollarda mistsella bilan birgalikda, ekstraktsiyalanayotgan mahsulot bo‘laklari ham aralashib chiqish ehtimoli bor, qachonki xom ashyoni zichligi mistsella zichligidan kichik bo‘lsa.
Xom ashyoni erituvchiga botirib ekstraktsiya qilish usulida ishlaydigan ekstraktorlarga asosan ikki turdagi vertikal shnekli (ND-1000, ND-1250, ND-1250M) va minorali («Ole») tipidagi estraktorlar kiradi.
Shnekli vertikal ekstraktorlarning uch tipi: ND-1000, ND-1250 va takomillashtirilgan ND-1250M tiplari ishlab chiqarishda ishlatilib kelinmoqda. Bu uchala ekstraktorning ishchi organlarining konstruktsiyasi bir xil tuzilgan bo‘lib, ularning korpusining ichki diametri 1000 va 1250mm. Bu ekstraktorlar ekstraktsiyalanadigan xom ashyo solinadigan yuklash kollonasi, birlashtiruvchi gorizontal shnek va ekstraktsiyalash kollonasidan tashkil topgan. Ekstraktor korpusining ichiga parraklari teshik-teshik bo‘lgan ishchi shneklar joylashtirilgan bo‘lib ular elektrodvigatel va uzatma orqali aylantiriladi. Parraklardagi teshiklarning diametr: ekstraktsiyalash kollonasida va gorizontal shnekda 10 mm, yuklash kollonasida 8 mm ga teng. Erituvchi ekstraktsiyalash kolonasining ustki qismidan sachratkichlar orqali yuboriladi. ND-1250 M ekstraktorining yuklash kollonasida dekantator o‘rnatilgan bo‘lib, unda mistsella ekstraktsiyalanayotgan material orasidan filtrlanadi va tiniydi. Ekstraktsiyalash kollonasining ostki qismida avariya holatlarida mistsellani bo‘shatadigan filtr o‘rnatilgan.
Shnekli vertikal ekstraktorning yuklash kollonasining shnekini bir marotiba aylanishiga 42-240 sek vaqt sarf bo‘ladi., aylanish vaqti variator orqali boshqariladi. Gorizontal shnekning bir marta aylanishiga 61 sek, ekstraktsiyalash kollonasini shnekini aylanishiga 72 sek vaqt sarf bo‘ladi. Ekstraktorda kunjaraning ekstraktsiyalanish vaqti 45-60 min, bunda shrot tarkibidagi qoldiq moy 1 % ga teng.
ND-1250 tipidagi ekstraktorda paxta chigiti kunjarasini ekstraktsiya qilishda, yuklash kolonasining shnekini bir marta aylanishiga 130 sek, gorizontal shnekni bir marta aylanishiga 61 sek va ekstraktsiyalash kolonasining shnekini bir marta aylanishiga 72 sek vaqt sarf bo‘ladi. Bunda benzin sarfi 7 mg‘soat, shrot tarkibidagi benzin miqdori 27-28 %, shrotni qoldiq moyliligi 1%, mistsellani kontsentratsiyasi 14-15 %; filtrlanmagan mistsella tarkibidagi qoldiq miqdori 0,15 % ni tashkil etadi. Ekstraktorning ish unumdorligi 360-400 tonna sutkaga teng.
Minorali ekstraktorlardan Frantsiyada ishlab chiqarilgan Ole-75- va Ole-200 tipidagi ekstraktorlar ishlatilib kelinmoqda.
Qo‘zg‘almas qatlamdagi materialdan erituvchini ko‘p bosqichda sug‘orib o‘tkazish usulida, donasimon qattiq material qatlamidan erituvchi o‘tadi. Bunda filtrlanish jarayoni ro‘y beradi. Ekstraktsiyalash jarayonadi qattiq material qatlamining balandligi o‘zgarmas qatlamli jarayonlar nostantsionar hisoblanadi. Bu usulda moy nisbiy qarama-qarshi harakatda ajratiladi, bunday deyishimizga sabab bu usulda faqat erituvchi harakatlanadi, ekstraktsiyalanayotgan moyli xom ashyo qo‘zg‘almas holda (lenta ustiga, qovishda,korzinadi) turadi.
Bu usulda ishlaydigan ekstraktsiyalash qurilmalari quyidagi afzalliklarga ega:
-olinayotgan mistsellaning kontsentratsiyasi yuqlri (25-35 %) shu sababdan ham uni distilatsiyalashda kam bug‘ sarf bo‘ladi;
-ekstraktsiyalash jarayoni filtrlanish orqali olib borilgani sababli mistsella ancha toza olinadi;
-qurilmaning tuzilishi oddiy unchalik baland emas.
Bu usulda ishlaydigan ekstraktsiyalash qurilmalarini quyidagi kamchiliklari mavjud:
-ekstraktsiyalash qurilmasining geometrik hajmidan foydalanish kichik (45 %);
-qurilma ichida erituvchi bug‘lari va havo portlovchi aralashma hosil qilish ehtimoli ko‘proq;-
-erituvchi va mistsellani harakatlanish yo‘llari murakkab va ko‘p nasos talab etiladi;
-qo‘zg‘almas qatlam katta gidrovlik qarshilikka ega, ushbu jarayonni amalga oshirish uchun qattiq material bir xil kattalikdagi mayda bo‘laklardan iborat bo‘lishi kerak.
Ko‘p bosqichli sug‘orish usulida moyli xom ashyolarni ekstraktsiyalashda lentali (De-Smet, MEZ, T1-MEM), gorizontal qovishli (Djanatstsa, Lurgi), vertikal qovishli (Bolman), gorizontal korzinali (Okrim), rotorli karuselli (Ekstexnik) tipdagi ekstraktorlar qo‘llanilib kelinmoqda.
Ko‘p bosqichli sug‘orish usulida ishlaydigan lentali MEZ - ekstraktori to‘rt burchakli quti shaklida bo‘lib, uning devorlari yaxlit po‘latdan tayyorlangan bo‘lib uning ichida metaldan tayyorlangan plastinkali transpartyor o‘rnatilgan, bu transpoortyor ekstraktorning asosiy ishchi qismi hisoblanadi. Transportyor ramalardan tashkil topgan bo‘lib, bu ramalarga g‘alvirsimon po‘latda tayyorlangan listlar o‘rnatilgan.
Ekstraktorning ikkita zonasi bor: birida kunjara 8 ta bosqichdan o‘tib, mistsella bilan yuvilib turadi, ikkinchisida material toza erituvchi bilan yuviladi. Mistsella bilan xom ashyoning qarama-qarshi harakati natijasida yanchilma moysizlantiriladi, har qaysi bosqich tagidagi yig‘uvchi bakdan mistsella haydaladi.
Transportyorning ostki qismi bo‘sh bo‘lib, uning setkalari kunjara bo‘laklaridan shetka yordamida tozalanib mistsella bilan yuviladi.
Lenta ustidagi kunjara qalinligi 0.8-1.4m ni tashkil etadi, lenta ustidagi kunjara maxsus aralashtirgich bilan qo‘zg‘ab turiladi, bu erituvchini kunjara orasidan kanal hosil qilib o‘tishini oldini oladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling