Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Xom ashyoni ekstraktsiyalashga tayyorlash va xom ashyoda ekstraktsiyalash vaqtida ro‘y beradigan kimyoviy o‘zgarishlar


Download 0.89 Mb.
bet83/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

6.Xom ashyoni ekstraktsiyalashga tayyorlash va xom ashyoda ekstraktsiyalash vaqtida ro‘y beradigan kimyoviy o‘zgarishlar
Hozirgi vaqtda sanoatda kam moyli xom ashyo soya urug‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraktsiyalash usulida, boshqa xom ashyolardan esa forpress-ekstraktsiya usulida moy olinadi.
Moyli xom ashyolardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraktsiyalash usulida moy olish kelajakda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bo‘ldib, bu usul yordamida xom ashyo tarkibidan moy va unga yo‘ldosh bo‘lgan moddalar presslash usuliga qaraganda kam issiqlik ishlovi berib olinadi. Shu sababdan ham ekstraktsiyalash usulida olingan va rafinatsiya qilingan moyning sifati presslash usulida olingan moynikidan bir qancha yuqori. Olingan shrotning oziqaligi ham bir muncha yuqori bo‘ladi.
Soya shroti oziq-ovqat sanoatiga ishlatiladigan bo‘lsa bu holda, u ekstraktsiyaga quyidagicha tayyorlanadi, tozalangan soya bug‘lash namlash shnegida o‘tkir to‘yingan bug‘ yordamida namligi 14% va harorati 60-700C bo‘lguncha ishlov beriladi. Shundan keyin urug‘ issiq havo yordamida quritiladi va po‘stidan tozalanadi. Tozalangan soya bir juft taram-taram novali valikli maydalash qurilmasida maydalanadi. Maydalangan soya separatorga yuboriladi va u yerda mag‘zi, urug‘,mo‘rtak va po‘stidan ajratiladi. Maydalanmagan urug‘ qayta maydalashga,po‘sti va mo‘rtagi chorva mollariga ishlatiladigan shrotga qo‘shish uchun yuboriladi. Maydalangan mag‘z shnekli inaktivatorga yuboriladi va u yerda o‘tkir bug‘ yordamida 80-900C haroratgacha qizdirilib 15% namlikkacha namlanib, kondisatsiyalash uchun qosqonli jarovnyaga yuboriladi. Jarovnyada mag‘z harorat va namlik bo‘yicha kondisatsiyalanadi. Jarovnyada chiqayotgan mag‘zning harorati 60-700C va namliligi 8,0-9,5 % bo‘ladi va u magnit separatordan o‘tib yaproq hosil qiluvchi ikki juft valikli valtsovoy stanokiga yuboriladi. Bu yerda qalinligi 0,3mm yaproqlar olinib, bu yaproqlar ekstraktsiyalash qurilmasiga yuboriladi.
Ekstraktsiyalash vaqtida ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoda bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlar uning tarkibidagi moy, fosfatidlar,karotinoidlar,erkin va bog‘langan gossipol (paxta chigitida) va boshqa moddalarning mistsellaga o‘tishi natijasida kamayishida namoyon bo‘ladi.
Tekshrishilar shu narsani ko‘rsatdiki, presslash usulida olingan moyga nisbatan, ekstraktsiyalash usulida olingan moy tarkibida yo‘ldosh moddalar ko‘p bo‘ladi.
Paxta chigiti mag‘zi tarkibidagi gossipolni kunjara va shrotga o‘tishini quyidagi ma‘lumotlardan ham bilish mumkin: mag‘z tarkibida gossipol 1,06-1,46: kunjara tarkibidagi gossipol 0,76-1,11 % va shrot tarkibidagi gossipol 0,73-1,09 %.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling