Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
MEZ ekstraktsiyalash qurimasining
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
MEZ ekstraktsiyalash qurimasining distillyatori uchta alohida qurilmadan iborat bo‘lib, bunda jarayon uch bosqichda boradi. Birinchi bosqich disstillyator quyidagi asosiy elementlardan: ekonomayzer 5, (trubali qizdirgich) separator 2, moyni aylanma harakatlantiruvchi nasos 6, moyni sathini boshqarish avtomati 3, miqdor o‘lchagich 1 dan tashkil topgan. Bu distillyatorda boshqa tipdagilarga qaraganda bug‘ kam sarflanadi, chunki bunda tosterdan chiqayotgan bug‘dan foydalaniladi.
Ekonomayzerda moy tosterdan chiqayotgan bug‘ yordamida qizdiriladi va qizigan moy separatorda benzin bug‘laridan ajratilib moyning kontsentrati 35-45 % ga yetkaziladi. Separator po‘latdan yasalgan bo‘lib, u sistemada aylanib yuruvchi moydan paydo bo‘lgan aralashmani bug‘dag ajratib turish uchun xizmat qiladi. Separator 5 korpus, ajraladigan 9 qopqoq va konussimon 2 tubdan tashkil topgan. Qopqoq 9 va korpus 5 oralig‘iga 14 g‘ildirak va 8 tayanch bo‘lib, unga diskali 11 qaytargich ya‘ni benzin bug‘lari tarkibidagi moy tomchilarini ushlagich, 7 bo‘shatish trubasi o‘rnatilgan. Diskali qaytargich bir nechta diskalardan tashkil topgan bo‘lib, ular 12 boltga maxkamlangan. Separatorga quyidagi patrubkalar o‘rnatilgan: boshlang‘ich moy beriladigan 4 patrubka; moyni aylantiruvchi nasosga beruvchi 1 patrubka; ekonomayzerdan kelayotgan moy kiradigan 6 patrubka; benzin bug‘lari chiqadigan 10 patrubka; sathni boshqaradigan avtomatga moyni yuboradigan 17 patrubka. Qurilmka ishini kuzatish uchun 16 kuzatish oynasi o‘rnatilgan. Qachonki qizldirilgan moyni separator ichidagi satxi belgilanganidan ko‘tarilsa, moy avtomatik ravishda 17 patrubka orqali ikkinchi bosqich distillyatorga uzatiladi. Ikkinchi bosqich distillyator ikki qismdan:isituvchi kamera 4 va bug‘ ajratuvchi separator 15 dan tuzilgan bo‘lib, ular truboprovodlar bilan tutashtirilgan. Qurilma vakuumli kuchsiz bug‘ yordamida qizdirilib ishlatiladi. Qizdirish kamerasi 4 quyidagilardan tashkil topgan: yuqorigi 8 va pastki 2 elipssimon qopqoq, korpus 6, separatorga tutashtiruvchi 9 paturbka moy harakatlanadigan trubalar 11, moy kiradigan 13 patrubka, aylanma moy kiradigan 12 patrubka, moy chiqariladigan 1 patrubka, kuchsiz bug‘ yuboriladigan 10 patrubka, suv bug‘i kondensati chiqadigan 3 parubka va havo chiqadigan 4 parubka. Separator 15 bug‘ fazadan suyuq fazani ajratish uchun xizmat qiladi. Separator 14 patrubka orqali qizdirgichni yuqorigi qismi bilan tutashtirilgan, aylanish trubasi 17 orqali qizdirgichning ostki qismi bilan 12 patrubka orqali tutashtirilgan. Kontsentrlangan moy 16 patrubka orqapli uchinchi bosqich distillyatorga uzatiladi. Ikkinchi bosqich distillyatorga harorati 60-650C, kontsentratsiyasi 35-45 % bo‘lgan moy kirib, undan harorati 95-1000C, klntsentratsiyasi 95-98 % bo‘lgan moy chiqadi. Uchinchi bosqich distillyatordan moy tarkibidagi benzin vakuumda qizdirish va o‘tkir suv bug‘i yordamida ajratiladi, bu jarayon avval vertikal trubali qizdirish qurilmasida keyin kolonnali plastinkali distilltor qurilmasida amalga oshiriladi. Vertikal plyonkali qizdirish qurilmasi oxirgi bosqich distillyatoriga yuborishdan oldin moyni qizdirish va bir qism kontsentrlash uchun ishlatiladi. Bu qurilmaga moy yuqori qismidan beriladi, trubalar sirtidan patsga plyonka holida oqib kelayotgan moygi qarama-qarshi yo‘nalishda o‘tkir bug‘ yuboriladi. O‘tkir bug‘ning bosimi 0,15-0,2 MPa, harorati 180-2000C. Qurilma 5 korpus, qizdirish trubalari 6, ajraladigan ustki 12 va ostki 3 qopqoqlardan tuzilgan. Qurilmaning ostki qismiga ta‘minlovchi 11 truba bo‘lib undan moy yuboriladi va u 15 tarqatish tarelkasi orqali 6 qizdirish trubalarining sirtiga tarqatiladi. Qaytish diskasi 12 benzin bug‘laridan moy tomchilarini qaytaradi, qaytgan moy 9 truba orqali tarqatish diskasiga quyiladi. Qizdirish kamerasi 3 va 2 trubali panjaralar oralig‘ida bo‘lib, bu oralig‘ga bug‘ 14 patrubka orqali beriladi va kondensat 4 patrubka orqali chiqariladi. Ostki qismiga 1 patrubka kontsentrlangan moyni chiqarish uchun va 16 patrubka o‘tkir suv bug‘i yuborish uchun xizmat qiladi. Benzin bug‘lari qurilmadan 16 patrubka orqali so‘rib olinadi. Uchinchi (oxirgi) bosqich distillyator plastinkali plyonka tipidagi kolonna shaklidagi qurilma bo‘lib u 7 korpus, ajraladigan ustki 14 va ostki 2 qopqoqlardan tashkil topgan bo‘lib, ustki qismiga 13 truba o‘rnatilgan bo‘lib uning oxiriga 10 sachratgich o‘rnatilgan, mana shu truba orqali moy qurilmaga beriladi. Patrubka 12 dan benzin va suv bug‘lari chiqariladi, 15 qaytargich bug‘ fazadan suyuqlik tomchilarini qaytaradi. Korpus ichiga 80 dona vertikal bir qism teshik teshikli 8 plastinkalar 11 va 4 tutqichlar yordamida 17 va 3 flanetslarga o‘rnatilgan. Qurilma korpusini qizdirish uchun uning tashqi sirtiga 20 zmeevik bo‘lib u zmeevikga 19 patrubkadan bug‘ yuboriladi va 20 patrubkadan kondensat chiqariladi. Qurilmaning o‘rtasiga 6 truba o‘rnatilgan bo‘lib bu trubaga 26 patrubka orqali o‘tkir bug‘ yuboriladi. Yuborilayotgan o‘tkir bug‘ chiqish uchun trubaga 5 tuynuqlar qilingan. Moy tarkibidagi benzinni to‘liq bug‘latish va moyni bir qism dezodoratsiyalash uchun qurilmaning ostki qismida moyning bir xil balandlikdagi (250 ml) satxi ushlanadi va bu qavatdan 1 barbatyor orqali o‘tkir bug‘ yuboriladi. Tayyor moy qurilmadan 23 patrubka orqali chiqariladi va shu patrubka orqali bir xil moy satxi ushlanadi. Qurilmaga moy nasos orqali 10 sachratgich orqali yuboriladi. Tomchi holdagi moy plastinkalar sirti bo‘ylab pastga tomon harakatlanadi va pastdan unga qarama-qarshi yo‘nalishda o‘tkir bug‘ yuboriladi. Bug‘langan benzin va suv bug‘lari 12 patrubkadan chiqariladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling