Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Tamaki bargini terish va uni quritishga tayyorlash


Download 0.89 Mb.
bet99/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Tamaki bargini terish va uni quritishga tayyorlash. O‘zbekistonda rayonlashtirilgan Dyubek-2898 nav tamaki barglarini yaruslarga bo‘lib, mavsumda 6-7 marta terib olinadi. Bir tup o‘simlikdan birinchi terimda 3-4 tagacha, ikkinchisida 4-5 ta, uchinchi va to‘rtinchisida 6-8 ta, beshinchi terimda 5-6 ta, so‘nggi terimda esa 4-5 tagacha barg terib olish tavsiya etiladi.
Tamaki bargini mavsumda 6-7 marta emas, balki 4 marta terib olish bilan kifoyalanish mumkin. Buning uchun birinchi va ikkinchi terim alohida o‘tkazilib, uchinchi va to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi terim barglari birlashtirilib, texnik jihatdan to‘liq yetilgan davrlarda terib olinadi.
Kam bargli tamaki navlarini, shuningdek ob-havo umuman quruq kelgan yillarda barglarni mavsumda uch marta, serbarg navlarni va namgarchilik ko‘p bo‘lgan yillar barglarni mavsumda to‘rt marta terib olish tavsiya etiladi.
Tamaki bargini mavsumda 3-4 marta terib olish texnologiyasi uning hosiliga va xom ashyo sifatiga deyarli salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.
O‘zbekistonda tamaki bargi terish iyul oyidan boshlanib, oktabr oyida tugatiladi. Iyul oyida hosilning 10-15, avgustda 45-55, sentabrda 25-30% i, qolgani oktabrda terib olinadi.
Tamaki bargini uzish uni dastlabki (ko‘chat) barglaridan tozalashdan boshlanadi. Ayrim paytlarda bu tadbir birinchi marta barg uzish bilan birga qo‘shib o‘tkaziladi. Tamakini dastlabki barglaridan vaqtida tozalash hosildorlikni oshiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi.
Birinchi yarusdagi barglar texnik jihatdan yetilishi davrida uzib olingandan so‘ng keyingi yarusdagi barglar 4-7 kundan so‘ng pishadi. Shuning uchun ham bir barg uzish bilan ikkinchisining orasida 8-10 kun vaqt o‘tadi. Barglarni iloji boricha ertalab yoki kechki paytlarda, bulutli kunlarda esa kun bo‘yi uzish mumkin. Agar tamakining o‘sishi va rivojlanishi bir tekisda bo‘lmasa, bunday hollarda barglarni saralab terish tavsiya qilinadi, bunda bargning sifati 25-30% oshadi. Kasallangan, shikastlangan o‘simliklarning dastlabki barglari tezda terib olinib, alohida quritiladi.
Tamaki bargi quyidagi tartibda terib olinadi: paykalning har ikki qatoridagi o‘simlik barglari bir yo‘la teriladi. Ishchi ikkala qo‘liga taxminan 8-10 tadan barg to‘plaganidan keyin ularni ehtiyotkorlik bilan qator orasiga qo‘yib ketadi va bir yo‘la barg bandlarini ham to‘g‘rilab ketadi. Bu jarayon qator oxirigacha shunday davom ettiriladi. Qator tugagandan so‘ng barg dastalari ehtiyotlik bilan yig‘iladi va belgilangan joyga tashib chiqariladi.
Tamaki barglarini tizish (kanop, simga tizish) maydonchasiga sig‘imi 30-40 kg li maxsus savat yoki yashiklarda tashilsa, ular shikastlanmaydi va yaxshi saqlanadi.
Barglar qanday idishga solinishidan qatg‘i nazar, ularning bandi tashqariga qaratib joylanishi kerak, aks holda barglar shikastlanib quritish paytida qorayadi. Barglar idishlarga yaxshisi prujinasimon qilib joylangani mag‘qul. Shunday taxlanganda ustki qatorga terilgan barglarning bandi ostki qatordagi barglarni shikastlamaydi hamda ularni tizishda ishchilarga ancha qulaylik tug‘diradi. Bu tizuvchining mehnat unumdorligini ancha oshiradi.
Barglar mashinaga yoki boshqa transport vositalariga yuklanganda ularning usti o‘t yoki mato bilan yopilishi lozim.
Hozirgi vaqtda Moldaviyaning ayrim xo‘jaliklarida tamaki bargini maxsus konteynerlarda tashishdek progressiv usul qo‘llanilmoqda. Bu tadbir uni yuklash va tushirish kabi ishlarni mexanizatsiyalash imkonini beradi.
Tamaki barglari tiziladigan joyga keltirilganidan so‘ng, shu kunning o‘zida tiziladigan bo‘lsa, dastasini buzmagan holda barg bandini yuqoriga qaratib bir qavat qilib, eni 1,5 m li taxtaga taxlanadi. Pishib o‘tgan barglarni esa teskari tomoni, ya‘ni bandini yerga qaratib joylanadi. Bu bargni birdan so‘lib qolishidan saqlaydi. Agar bugun terilgan bargni tizish ertaga qoldiriladigan bo‘lsa, bunday hollarda hamma barglarning bandi yerga qaratib taxlanadi.
Bargni ipga (kanop ipga) tizish tamaki yetishtirishda eng sermehnat ishlardan hisoblanadi. Tamaki yetishtirish uchun sarflanadigan umumiy xarajatning 20-30% i bargni tizishga ketadi. Tamaki bargi qo‘lda yoki mashinalar yordamida ipga tiziladi. Qo‘lda ipga tizishda uzunligi 60-70 sm bo‘lgan juvoldizlar ishlatiladi. Barg bandlaridan juvoldizga o‘tkazilib, u to‘lgach uzunligi 5-6 m keladigan ipga sidirib tushiriladi. Juvoldizga tizilgan barglarni ipga sidirib tushirish uchun bitta ishchi 8-9 tizuvchiga xizmat qilishi mumkin. Bunda har bir tizuvchida 5-6 ta juvoldiz bo‘lishi kerak. Ish shunday tashkil qilinsa, mehnat unumdorligi 15-20% oshadi hamda ishning sifatini nazorat qilish osonlashadi.
Bir metr ipda 160-180 tagacha barg tizish mumkin.
Tamaki sung‘iy issiqlik yordamida quritilganda barglar biroz zich tiziladi. Sentabr-oktabr oylarida havo harorati pasayishi va quritish sharoiti yomonlashuvi sababli barglarni siyrakroq tizish lozim. 1 gektar maydondagi mayda bargli tamaki bargini qo‘lda ipga tizish uchun 30-35 kg ip sarflanadi.
Jumhuriyatimizning tamakichilik xo‘jaliklarida tamaki tizish mashinalaridan TPM-69M va “Apsheron” tipidagi mashinalar ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Tamaki tizish uchun kapron ip yoki oddiy iplardan foydalaniladi. Mashinada 1 t tamaki tizish uchun 25 kg kapron yoki 35 kg oddiy ip sarflanadi. Tamaki barglari tizishdan oldin stolda saralanib taxlanadi va 1-2 tadan qilib mashinaning uzatuvchi transportyoriga qo‘yiladi.
Tamaki barglarini mashinada tizishdan ilgari ular biroz so‘litilgan bo‘lishi kerak. Yomg‘irdan so‘ng uzilgan barglar keyingi kun tiziladi.
Tizilgan tamaki barglarini quritish uchun ular ma‘lum tartibda joylashtiriladi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling