Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Tamakining chekuvchanlik xossalariga


Download 0.89 Mb.
bet96/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Tamakining chekuvchanlik xossalariga uning fiziologik o‘tkirligi, tag‘mi, yoqimliligi, xushbo‘yligi va boshqalar kiradi.
Tamakining fiziologik o‘tkirligi tarkibidagi alkaloidlarni chekuvchining nerv sistemasiga ta‘siri orqali bilinadi Tamakining fiziologlk o‘tkirligini asosan nikotin aniqlaydi. Boshqa alkaloidlar (anabazin, nornikotin) esa tarkibida juda ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Tamaki fermentatsiyalanganidan so‘ng tarkibida 1 % gacha nikotin saqlasa u kam nikotinli, 2% gacha bo‘lsa o‘rtacha nikotinli, 2% dan ortiq bo‘lsa kuchli nikotinli hisoblanadi: Yuqori sifatli tamaki mahsulotida 1,2-1,5%, sigara tamakilarida esa 3% dan 4,5% gacha nikotin bo‘ladi.
Tamaki tutuni xushbo‘yligiga ko‘ra kuchsiz, o‘rta va kuchli bo‘lishi, sifatiga ko‘ra esa yoqimli va yoqimsiz bo‘lishi mumkin.
Tamakining tag‘mi asosiy va murakkab ko‘rsatkich bo‘lib, tashqi ko‘rinishi, texnologik xususiyatlari va ximiyaviy tarkibining yig‘indisi uning sifat belgilari hisoblanadi. Lekin xom ashyoning ximiyaviy tarkibidagi ayrim moddalar o‘rtasida ma‘lum darajada bog‘liqlik bor. Bu esa tamakining ta‘mini aniqlashda aniq va to‘liq ma‘lumot beradi.
Tamaki tarkibidagi eruvchan uglevodlarning oqsilga bo‘lgan nisbati Shmuk soni deyiladi.
Shmuk soni — sifati past tamakilarda 1 dan kichik, yuqori sifatli tamakilarda esa 3 gacha va undan yuqori bo‘lishi mumkin. O‘rta sifatli tamakining Shmuk soni 1 ga teng bo‘ladi.
Tamaki mahsulotining chekuvchanlik xususiyatini belgilaydigan ko‘rsatkichlardan uning xushbo‘yligi, tag‘mi o‘tkirligi va yonuvchanligi muhim hisoblanadi. Ellik balli shkalada yigirma besh ball xushbo‘yligiga, yigirma besh ball tag‘miga qarab degustatsiya bahosi beriladi. Tamaki xom ashyosi yoki chekish mahsuloti 44 balldan yuqori baholansa, u ag‘lo sifatli, 44 dan 39 ballgacha yaxshi, 39 dan 35 gacha o‘rta sifatli, 35 dan 30 gacha past va 30 balldan past bo‘lganlari esa juda past sifatli hisoblanadi.
Tamaki xom ashyosi xushbo‘yligiga va tag‘miga ko‘ra skelet va xushbo‘y guruhlarga bo‘linadi. Xom ashyoning bu guruhlarga bo‘linishi quritish usuliga, nav tipiga, naviga, shu bilan birga ob-havo, tuproq va boshqa sharoitlarga chambarchas bog‘liq.
Skelet xom ashyolar papiros yoki sigaretaning asosini tashkil qilib, ularning hajmini to‘ldiruvchi hisoblanadi.
Tamaki xom ashyosining tutuni o‘ziga xos yoqimli hidga ega bo‘lib, mahsulotga xushbo‘y hid beradi. Xushbo‘y tamaki xom ashyosi skelet xom ashyoga aralashtirilib, chekish mahsuloti tayyorlanadi.
Sobiq ittifoq mamlakatlarida ekiladigan tamaki nav tiplaridan Trapezoid, Ostrolist, Peremojey, Immuniy, Sobolchskiy kabilar skelet tipidagi, Samsun va Dyubek tipidagi navlar esa xushbo‘y xom ashyo beradi. Amerikan tipidagi navlar esa sharoitiga va ekiladigan zonasiga qarab skelet yoki xushbo‘y xom ashyo berishi mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling