Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
3.2.Distillyatsiya qurilmalari. Moyni distillyatsiyalash turli kontsentratsiyadagi qurilmalarda ikki, uch va undan ortiq bosqichlarda amalga oshiriladi.
ND-1250 ekstraktsiyalash qurilmasi o‘rnatilgan liniyalarda moyni distillyatsiyalash uch yoki to‘rt bosqichli sxemalarda amalga oshiriladi, bunda jarayon ikkita alohida qurilmada olib boriladi. Birinchi qurilma dastlabki bosqich distillyator atmosfera bosimida, ikkinchi qurilma oxirgi bosqich distillyator vakuumda ishlaydi. Dastlabki bosqich distillyator Kestnar konstruktsiyasidagi plyonkali bug‘latish qurilmasi bo‘lib, bunday qurilmalar issiqlikka chidamsiz eritmalarni bug‘latishda ishlatiladi. Bu qurilmada moy isitish trubalarining yuzasi bo‘ylab yupqa plyonka holida harakat qiladi. Moy harakatlanayotgan trubalar diametri 900 mm va balandligi 5000 mm bo‘lgan g‘ilof ichida joylashtirilgan bo‘lib, ularning soni 212 dona isitish yuzasi 100 m2. Kuchsiz bug‘ trubalar orasidan tashqaridan moy trubalar ichidan harakatlanadi. Ko‘tariluvchi plyonkali distillyatorning isitish kamerasi 1 g‘ilof ichiga o‘rnatilgan trubalar to‘plamidan 5 va ajratuvchi separator 2 dan iborat bo‘lib, separator diametri 1450 mm va balandligi 1950 mm bo‘lgan tsilindrdan iborat. Separatorning ustki qismiga benzin bug‘lari chiqadigan 6 patrubka va ostki qismiga quyuqlashtirilgan moy chiqadigan 7 patrubka o‘rnatilgan. Benzin bug‘lariga aralashgan moy tomchilarini bug‘ bilan birga chiqib ketmasligi uchun separator bug‘siga tomchi tutgich 3 o‘rnatilgan, separatorning ostiga 4 diska o‘rnatilgan bo‘lib u bug‘ bilan moyni ajratadi. Dastlabki bosqich distillyator quyidagi tartibda ishlaydi: Misetsella nasos yordamida uzluksiz ravishda isitish kamerasining ostki qismidagi 8 patrubka orqali berilib, trubalarning 1/4 qismini to‘ldiradi. Harorati 180-2000C, bosimi 0,3MPa kuchsiz bug‘ 9 patrubkalardan trubalar orasiga beriladi. Bug‘ ta‘sirida moy qaynaganda, trubalarning qolgan qismlari bug‘ moy aralashmasi bilan to‘ladi. Bu aralashma isistish trubalarining devori atrofida moy plyonkasi bug‘ oqimiga ishqalanishi sababli yuqoriga qarab trubalarning ichki yuzasi bo‘ylab katta tezlikda harakat qiladi va bug‘lanadi. Isitish trubalarining yuqorigi qismida bug‘ning miqdori ko‘payib boradi va natijada moyning kontsentratsiyasi ham oshib boradi. Isitish trubalaridan chiqayotgan benzin bug‘iga aralashgan moy tomchilari separatordagi 4 diskaga urilib pastga isitish trubalariga tushadi. Benzin bug‘lari separatorda tangentsial yo‘nalishda aylanma harakat qiladi. Tomchi ushlagichda benzin bug‘i tarkibida qolgan moy tomchilari markazdan qochma kuch ta‘sirida uning devorlariga urilib pastga oqib tushadi, benzin bug‘lari esa qurilmaning yuqorigi qismidan chiqib ketadi. Quyuqlashtirilgan moy separatorning pastki qismidagi patrubkadan chiqariladi. Dastlabki bosqich distillyatorda kirayotgan moyning kontsentratsiyasi 15%, qurilmadan chiqayotgan moyni kontsentratsiyasi 55-60 %, harorati 60-850C. Oxirgi bosqich distillyator, bu qurilma vakuumda ishlaydi va unda distillyatsiyalashning uchta usuli: sachratish, plyonkada va qatlamda amalga oshiriladi. Distillyator asosiy to‘rtta qismdan: tomchi ushlachig 4 va uchta kamera sachratuvchi 5, plyonkali 10 va dezodoratsiya 12 hamda 1,2 va 3 bug‘ qatlamlaridan tashkil topgan. Qurilma tsilindr shaklida bo‘lib uning diametri 1180 mm va balandligi 4580 mm ga teng. Sachratuvchi qismi 5 ni balandligi 1600 mm bo‘lib unda 6 bo‘g‘iz bo‘lib undan benzin, suv bug‘lari chiqariladi, 7 zont bug‘larini yo‘nulishini o‘zgartirishi uchun xizmat qiladi, 8 barbatyordan o‘tkir bug‘ va 9 sachratgichdan moy yuboriladi. Bo‘larning hammasi benzin bug‘lanadigan sachratish qismini tashkil etadi. Distillyatorning o‘rta qismida plyonka zonasi 10 joylashgan bo‘lib uni ichiga tarqatuvchi 11 plastinkalar joylashgan bo‘lib mana shu plastinkalardan moy plyonka holatida pastga tomon harakatlanadi. Moy plyonka holatida harakatlanadigan plastinkalar juft holatida tutashtirilgan metall plastinkalardan iborat bo‘lib uning ustki qismi uchburchak shaklida bo‘lib bu plastinkalar orasidan yuborilgan o‘tkir bug‘ uning ustki qismidagi uyiqlardan chiqadi. Qurilmaning plyonka qismi ko‘rsatilgan. Qurilmaning dezodoratsiya qismi 12 yoki qatlamda distillyatsiyalanish 14 g‘alversimon diskadan, o‘tkir bug‘ yuboradigan 13 truba va 15 moy chiqadigan patrubkalardan tashkil topgan. Oxirgi bosqich distillyatsiyalash qurilmasi quyidagi tartibda ishlaydi. Distillyatorga kirishidan oldin qizdirish qurilmasida moy 105-1100C gacha qizdiriladi, moyni kontsentratsiyasi 80-85 % ga teng bo‘lib, u 0,3 MPa bosimda 9 sachratgichga beriladi. Tomchi holdagi moyning yuzasi katta bo‘lganligi sababli sachratish kamerasida benzin bug‘lari ko‘p miqdorda bug‘lanadi. Tomchi holdagi kontsentrlangan moy plyonka kamerasidagi plastinkalar ustiga tushib plastinkalar orasidan berilayotgan o‘tkir bug‘ va kamera devoriga berilayotgan kuchsiz bug‘ ta‘sirida benzinning qo‘shimcha bug‘lanishi ro‘y beradi. Kontsentrlangan moy dezodoratsiya kamerasiga to‘planadi va bu yerda 400-450 mm qatlamda harorati 180-2000C bo‘lgan o‘tkir bug‘ bilan qizdiriladi, o‘tkir bug‘ o‘zi bilan birga benzin bug‘larini ham bug‘latib tepaga olib chiqadi. Bu kamera bug‘ qavatidan nasos yordamida chiqarib turiladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling