Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Moyli xom ashyolardan ekstraktsiyalash usullari va qurilmalari


Download 0.89 Mb.
bet84/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

7. Moyli xom ashyolardan ekstraktsiyalash usullari va qurilmalari
Materialni erituvchiga solib qo‘yish usulining mohiyati shuki, bunda moyi olinadigan material apparatga solinib ustiga eritgich quyiladi. Bir oz vaqt o‘tgandan keyin diffuziya jarayoni ro‘y berishi natijasida kontsentralangan eritma, ya‘ni mistsella hosil bo‘ladi. Materialdagi moyning bir qismi erib mistsellaga o‘tgan bo‘ladi, bu mistsella bo‘shatib olingandan so‘ng qolgan materialga yana eritgich quyiladi. Materialning moyi qisman erib yana mistsellaga o‘tadi, keyin mistsella yana bo‘shatib olinadi, to qoldiq materialdagi moy eritib olunguncha jarayon davom ettiriladi.
Materialda (shrotda) 0.5-2.0% moy qolganidan keyin ekstraktsiya qilish to‘xtatiladi. Bu usul hozirgi vaqtda sanoatda qo‘llanilmaydi. Ammo laboratoriyada moyi olinadigan material shuusulda ekstraktsiya qilinadi.
Materialni ketma-ket moysizlantirish usuli qo‘llanilganda materialdagi moy uzluksiz eritib olinaveradi, bunda qarshi oqim qo‘llaniladi, ya‘ni toza eritgich ancha moysizlantirilgan materialga to‘xtovsiz qo‘yib turiladi, apparatga endigina berilgan material esa kontsentrlangan mistsella bilan ishlanadi. Materialni ketma-ket moysizlantirish usulida ishlansa, ekstraktsiya qilish uchun oz vaqt ketadi va jarayon osonlashadi. O‘simlik moylari ishlab-chiqarish sanoatida hozirgi vaqtda mana shu usul keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bu usulda ishlaydigan ekstraktsiyalash qurilmalari uzlukli va uzluksiz ishlaydi.
Materialni uzluksiz usulda ketma-ket moysizlantirish quyidagi afzalliklarga ega:
-jarayonni qarama-qarshi yo‘nalishda olib borish printsipi saqlanadi va xom ashyoni ketma-ket moysizlantirish bitta qurilmada amalga oshiriladi.
-ekstraktsiya bo‘limidagi mashina,qurilmava elektrodvigatellarning ishi, avtomatik boshqarish natijasida ishlashda xavfsizlik ta‘minlanadi.
-bo‘limda hamma ishlar mexanizatsiyalashtiriladiva ayrimlari avtomatlashtiriladi.
Ishlab chiqarishda erituvchini qayta ishlatish bir necha marotiba kamayadi.
Sanoatda qo‘llanilayotgan uzluksiz usulda ishlaydigan ekstraktorlash qurilmalarining hammasi xom ashyoni kektma-ket moysizlantirish usulida ishlatiladi.
Ekstraktsiyalash qurilmalarida xom ashyoni harakatlantirish uchun turli ishchi mexanizmlar vertikal va gorizontal shneklar, kovishlar,lentali transpartyorlar, rtatsion kamera, korzina va shunga o‘xshashalar qo‘llaniladi.
Erituvchi va moysizlantirilayotgan materialning o‘zaro ta‘sir etishiga ko‘ra ekstraktsiyalash qurilmalari quyidagicha bo‘ladi:
ekstraktsiyalanayotgan material,erituvchiga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan xom ashyoga, eritgichni bir necha marotiba purkab turib ko‘p bosqichli suqorish usulida ishlaydigan ekstraktorlar.
Quzg‘almas qatlamda erituvchiga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotganxom ashyoga, erituvchini bir necha marotiba purkab turib ko‘p bosqichli sug‘orish usulida ishlaydigan ekstraktorlar.
Aralash usulda ishlaydigan ekstraktorlar, bunda ekstraktsiyalashning birinchi bosqichida moysizlantiriladigan xom ashyo kontsentrlangan mistsellaga botirib olinib ekstraktsiya qilinadi va ikkinchi bosqichda mistsella va toza erituvchi yordamida ko‘p bosqichli sug‘orish usuli bilan oxirigacha moysizlantiriladi.
Erituvchiga botib turadigan usulda ishlaydigan qurilmalarda qattiq material va erituvchi bir-biriga qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Bu usulda ekstraktsiyalanish yo‘lining uzunligi va ekstraktsiyalanayotgan materialva erituvchining o‘zaro miqdoriy nisbati muhim ahamiyatga ega. Bu qurilmalarning ekstraktsiyalangan xom ashyo chiqadigan qismidan toza erituvchi beriladi, bu yerda tarkibida ajratib olinayotgan komponent kam qolgan qattiq material toza erituvchi bilan o‘zaro ta‘sir ettiriladi. +urilmaning xom ashyo kiradigan qismidan esa dastlabki qattiq material kontsentratsiyasi yuqori bo‘lgan mistsella bilan aralashadi. Natijada qurilma bir tekis ishlaydi. Mistsellaning kontsentratsiyasi ortadi, erituvchining sarfi kamayadi va qurilmaning ish unumdorligi ortadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling