Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
4.1.Diffuziya jarayoni. Qattiq g‘ovaksimon material tarkibidan ekstraktsiya usulida moy olish diffuziyalash jarayoni bo‘lib, bunda molekulyar va konvektiv diffuziyalar ro‘y beradi.
Moysizlantiriladigan modda tarkibidagi moyni uning tashqi sathiga olib chiqish jarayoni molekulyar diffuziyava sathidagi moyni chegara qavatdan harakatdagi mistsella tomon olib o‘tish konvektiv diffuziya. Moddaning alohida molekulyar holda o‘tishiga molekulyar diffuziya deyiladi. Bu molekulalar tartibsiz issiqlik harakatida bo‘lganligi sababli ularning molekulalarini kuchi bir-biriga yaqin. Shu sababdan ham bu ikkalasi bir muhitda uchrashganda ularni ajratuvchi chegara uzoq vaqt saqlana olmasdan ular tezda aralashib ketadilar. Bunda moy molekulalari erituvchiga va erituvchi molekulalari moyga o‘tadi. Muhitning harorati qancha yuqori bo‘lsa, erituvchi va moy molekulalari shuncha katta kinetik energiyaga ega bo‘ladilar. Molekulalarning o‘tishi, molekulalarning kontsentratsiyasi katta bo‘lganidan, molekulalarning kontsentratsiyasi kichik bo‘lganligiga tomon davom etib, molekulalar kontsen6tratsiyasi tenglashganda to‘xtaydi. Molekulyar diffuziya vaqtida massa o‘tkazish jarayoni Fik qonuniga buysunadi. Bu qonunga muvofiq qattiq faza ichiga moddaning modda o‘tkazuvchanligi ta‘sirida o‘tgan miqdori kontsentratsiya gradientiga, diffuziya yunalishiga perpendikulyar bo‘lgan yuzaga va vaqtga to‘g‘ri proportsionaldir: M q = -D F (dc / dx ), bu erda M- diffuziyada o‘tayotgan moddaning miqdori; F-diffuziyalanayotgan jismning ko‘ndalang kesmi; D- diffuziya koeffitsienti; - diffuziya vaqti; dc g‘ dx - kontsentratsiya gradienti Ifodadagi manfiy ishora, moddaning o‘tishi kontsentratsiyaning kamayishi tomonga borishini ko‘rsatadi. Duffuziya koeffitsienti diffuziyalanuvchi moddaning kontsentratsiyasi birlik miqdorga kamayganda birlik vaqt ichida, birlik yuzasidan o‘tayotgan moddaning miqdorini ifodalaydi. Duffuziya koeffitsientini son qiymati haroratga, erituvchini qovushqoqligiga va diffuziyalanayotgan modda molekulalarini o‘lchamlariga bog‘liq. Issiqlik oshirilsa, molekulalarning kinetik energiyasi ortib, molekulalar harakati tezlashadi, natijada diffuziya ham tez boradi. Haroratning ko‘tarilishi qayishqoqlikni kamaytiradi, buning natijasida duffuziya tezlashadi. Konvektiv diffuziya deb qattiq modda sathidan erituvchiga moddaning ma‘lum bir hajmda o‘tishiga aytiladi. Konvektiv diffuziya quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: dS = - dF • d • dc, bu yerda -konvektiv diffuziya koeffitsienti; F-diffuziyaga uchrayotgan moddaning hajmi. Konvektiv diffuziya koeffitsienti, bir birlik yuzadan, kontsentratsiyalar farqi bir birlik bo‘lganda, bir birlik vaqt ichida o‘tgan moy miqdorini ko‘rsatadi. Konvektiv diffuziyaning tezligi gidrodinamik faktorlarga bog‘liq. Qattiq yuzadan iborat zarrachalarning alohida bo‘laklarida ekstraktsiyalash jarayonini mexanizmini quyidagicha izohlash mumkin. Mayda zarrachalar orasidagi havoni chiqarib, erituvchi zarrachaning tashqi sirtini ho‘llab yuvadi va bundan tashqi sirtdagi moy erib erituvchiga o‘tadi. Shundan so‘ng erituvchi zarracha g‘ovaklarga kiradi va u yerdagi moyni erituvchiga o‘tkazadi. Ichki va sirtdagi mistsellaning qo‘shilishi natijasida bir xil sistema hosil bo‘ladi. Mistsella oqimiga erituvchiga erigan moy zarracha g‘ovaklaridan, kapellyarlardan, buzilmagan to‘qimalar devorlaridan va ikkilamchi struktura devorlaridan oqib o‘tadi. Tashqi chegara yuzaga o‘tgan moy mistsellaning umumiy oqimiga qo‘shilib ekstraktsiyalash qurilmasida harakatlanadi. Qattiq zarrachada moyning ekstraktsiyalash jarayoni 51-rasmda ko‘rsatilgan. Bu rasmda strelka bilan duffuziya vaqtida erituvchiga erigan moy molekulalarining harakati ko‘rsatilgan. Strelkaning kattaligi molekulaning harakatlanish tezligining miqdoriga proportsionaldir. Sxemada erituvchi molekulalarining harakati ko‘rsatilmagan. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling