Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
2. O‘simlik moylari erituvchilari
Ekstraktsiya usulida o‘simlik moylari olishda ishlatiladigan erituvchilar, ekstraktsiya jarayonining texnika va texnologiyasi talablariga javob berishi kerak. Bu talablarga xom ashyodagi moyni maksimal miqdorda ajratish, olingan moy va shrotni sifati talabga javob berishi, erituvchi inson organizmiga zaxarli ta‘sir etmasligi va ishlatilganda xavfsiz bo‘lishi singari umumiy talablar quyiladi. Bulardan tashqari sanoatda ishlatiladigan erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1.Moyni yaxshi va tez eritish va unga yuldosh bo‘lgan moddalarni eritmasligi, ekstraktsiyalanayotgan material tarkibidagi boshqa moddalarni eritmasligi; 2.Kimyoviy jixatdan bir xil, doimiy va yuqori haroratda qaynamaydigan moddadan tashkil topgan bo‘lishi va bu moddaning issiqlik sig‘imi va bug‘lanish issiqligi kichik bo‘lishi; 3.Ekstraktsiya jarayonida va saqlashda uzining tarkibini uzgartirmasligi; 4.Suv bilan aralashmasligi va suv bilan bir xil haroratda qaynaydigan azeotrop aralashma xosil qilmasligi; 5.Past haroratda moydan va shrotdan tuliq ajralishi, ularga begona xid va mazza hosil qilmasligi; 6.Sof xolda, suv bilan aralashgan xolda, suv bug‘ bilan aralashgan xolda qurilmalarga yemiruvchi ta‘sir etmasligi; 7.Xizmat kursatuvchi ishchilarga sof xolda, suvga, suv bug‘i bilan aralashgan xolda zaxarli ta‘sir etmasligi; 8.Yong‘inga va portlashga xavfsiz bo‘lishi; 9.Sanoat miqyosida ishlatishga yetarli, arzon va kamyob bo‘lmasligi kerak. Yuqoridagi xususiyatlarga va talablarga javob beradigan erituvchi bu ideal erituvchidir. Shu sababdan ham sanoatda xozirda ishlatilayotgan erituvchilar yuqoridagi talablarning ba‘zilariga javob beradi. Shu sababdan ham sanoatda ishlatiladigan erituvchi tanlashda uning xususiyatlari ideal erituvchi xususiyatlari bilan solishtirib, xususiyatlari yaqin bo‘lganlari tanlab olinadi. Suyuqlik molekulalarining o‘zaro ta‘sir kuchi bir biriga qancha yaqin bo‘lsa, bu suyuqliklar o‘zaro bir biri bilan yaxshi aralashadi va eriydi. Suyuqliklarning molekulalarini o‘zaro ta‘siri kuchini xarakterlovchi ko‘rsatkich bu ularning dielektrik utkazuvchanligi hisoblanadi. Ko‘pgina o‘simlik moylari uchun o‘rtacha haroratda dielektrik utkazuvchanlik 3,0-3,2 oralig‘ida. Ko‘pgina organik erituvchilarning dielektrik utkazuvchanligi ham moylarnikiga yaqin shu sababdan ham ularda moylar yaxshi eriydi. Ular o‘rtasidagi dielektrik utkazuvchanlikning farqi ortib borishi bilan eruvchanligi ham kamayib boradi. O‘simlik moylari spirtlarda odatdagi haroratda erimaydi, haroratning ortishi bilan esa yaxshi eriydi. Moylarning spirtda erishi, spirtning gidroksil guruhsi va moy kislotasining karboksil guruhsini o‘zaro vodorod bog‘i bilan bog‘lanishi natijasida ro‘y beradi. Suvning organik erituvchilarda erishi muxim ahamiyatga ega, chunki texnologik jarayonlar vaqtda erituvchi bir necha marotiba suv bilan ta‘sirda bo‘ladi. O‘simlik moylari tarkibida xar doim ma‘lum miqdorda erkin moy kislotalari bo‘ladi, moy tarkibida erkin moy kislotalarining oshishi, moylarni erituvchilarda erishini ko‘paytiradi. Organik erituvchilardagi erigan moy (triglitseridlar) molekulyar eritma hisoblanadi. Lekin ishlab chiqarishda erituvchida faqatgina moy eritmasdan, balki yuldosh moddalar ham utib kolloid eritmani xosil qiladi. Erituvchilar eng muxim fizik va kimyoviy xususiyatlari; polyarligi, qovushoqligi, qaynash haroratiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Polyarligiga ko‘ra erituvchilar kichik polyarli (E=9-12), o‘rtacha polyarli (E=12-50) va yuqori polyarli (E=50). 2..Qovushqoqligi miqdoriga ko‘ra kichik qovushqoqli (210 Pas), o‘rtacha qovushqoqli (= (2-10) 10 Pas) va yuqori qovushoqli (10 Pas) erituvchilar. 3.Qaynash haroratiga ko‘ra (0,1 MPa dan) past haroratda qaynaydigan (1000C), o‘rtacha haroratda (100-1500C) va yuqori haroratda (1500C) qaynaydigan erituvchilar. Sanoatda o‘simlik moylarini ekstraktsiyalashda ishlatiladigan erituvchilar kichik qovushoqli, past haroratda qaynaydigan, kichik va o‘rtacha polyarli xususiyatlarga ega. Erituvchilar ikki turga, texnik toza erituvchilarga va texnik toza erituvchilarning o‘zaro va suv bilan aralashmasiga bo‘linadi. Eng ko‘p tarqalgan birinchi turga kiruvchi erituvchilar bo‘lib, bu turga quyidagi kimyoviy birikmalar kiradi: -alifatik uglevodorodlar; -alifatik uglevodorodlarning xlorli birikmalari; -aromatik uglevodorodlar; -alifatik ketonlar. Bu tipga kiruvchi alifatik uglevodorodlar va alifatik uglevodorodlarning xlorli birikmalari eng ko‘p ishlatiladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling