Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
Ekstraktsiyalashda ishlatiladigan benzinga quyiladigan
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
3.Ekstraktsiyalashda ishlatiladigan benzinga quyiladigan
talablar va uni saqlash Respublikamizda o‘simlik moylarini ekstraktsiyalashda alifatik uglevodorod – benzin ishlatiladi. Benzin boshqa erituvchilarga nisbatan arzon,qurilmalar yasalgan materiallarga nisbatan neytral, moyni yaxshi eritish xususiyatiga ega. Benzin tarkibi quyidagi uglevodorodlardan tashkil topgan murakkab modda %: Butan 0,13 Izopentan 0.19 n-Pentan 0.23 2.3-metilbutan va 2-metilbutan 11.59 3-metilpentan 20.02 Metiltsiklopentan 9.0 n-Geksan 54.39 Benzol 0.50 Benzinga suvda eriydigan kislota va ishqorlar aralashmagan bo‘lishi lozim. Diametri 40-55 mm keladigan tsilindrga quyilgan benzin shaffof bo‘lishi, unga muallaq turadigan va tsilindr tubiga cho‘kadigan begona qo‘shimchalar, jumladan suv aralashmagan bo‘lishi kerak. Ekstraktsiyalash vaqtida benzin bir necha marotiba qayta ishlatiladi, shu sababdan ham uning tarkibi o‘zgaradi. Boshlanishida yengil uchuvchan moddalar ko‘p bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan u tenglashadi. Bunga sabab og‘ir fraktsiyalarni moyda va shrotda qolishidir. Benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlar va benzolning ko‘p bo‘lishi, kunjara tarkibidagi moyga rang beruvchi va mumsimon moddalarning ko‘proq miqdorda erib moyga o‘tishiga sabab bo‘ladi, bu esa moyning sifatini pasayishiga va rafinatsiyalashda ko‘p miqdorda chiqishiga olib keladi. To‘yinmagan uglevodorodlar esa polimerizatsiya va kondensatsiya mahsulotlarini hosil qiladilar bu moddalr shrot va moy tarkibidan qiyin ajraladi. Benzinning eng asosiy kamchiligi – uning oson alangalanishi va havo bilan aralashib (havoda 2.1-4.9 % benzin bug‘i bo‘lganda) portlovchi modda hosil qilishidir. Alangalanish 260-2700C haroratda uchqundan yoki shu haroratgacha qizigan yuzadan, misol uchun qoplanmagan bug‘ o‘tuvchi truboprvodlardan oson alangalanadi. Shu sababdan ham ekstraktsiyalash jarayonidan foydalaniladigan bug‘ning harorati cheklangan bo‘lib, u 2200C dan oshmasligi kerak. Havoda benzin buqg‘larining kontsentratsiyasi 47 dan 300 mg l bo‘lsa bu portlashga xavfli bo‘ladi. Benzin bug‘lari havodan 2.5 marotiba og‘ir bo‘lganligi uchun, u pastda bo‘ladi, chuqurliklarda yig‘iladi, trubalar o‘tgan kanallarda, noriyalarni novalarida, shneklarning novasida to‘planadi, shu sababdan ham ekstraktsiya tsexlarida o‘ralar, trubalar o‘rnatilgan kanallar, shrot shneklari va hokazolar uchun qilingan tonellrga alohida e‘tibor berish va xonalar har doim ventilyatsiyalanib turilishi kerak. Benzin inson organizmiga zaharli ta‘sir etadi, ayniqsa nerv sistemasini ishdan chiqaradi. Davomli benzin bug‘lari bilan nafas olish bosh aylanishiga, og‘rishiga va hushdan ketishiga olib keladi. Benzin bug‘lari tarkibida aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol) ni bo‘lishi uning zaharli ta‘sir etishini oshiradi. Benzin alangalanganda to‘yingan bug‘ va yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalaniladi. Yonayotgan benzinni o‘chirishda tuproqdan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarishda ekstraktsiya usulida moy olishda ishlatiladigan benzin shrot va moydan bug‘latish usuli bilan ajratib olinib, kondensatsiyalanib, suvdan ajratib qayta ishlatiladi. Mavjud bo‘lgan normativlarga asosan 1ta ND-1250 ekstraktorli ekstraktsiyalash linyasida sig‘imi 22 m3 dan bo‘lgan 3 dona yer ostida o‘rnatilgan gorizontal sig‘im bo‘lishi shart. Bu sig‘imlarni bittasi suv ajratgichdan kelayotgan benzinni qabul qilish, ikkinchisi benzinni tindirish va uchinchisi tindirilgan benzinni ishlab-chiqarishga uzatish uchun ishlatiladi Qayta ishlatilayotgan benzin tarkibida suvning bo‘lishi, ekstraktorni tiqilib qolishiga olib keladi. Qayta ishlatilayotgan benzin ekstraktorga yuborishdan oldin 50-600C gacha isitiladi.Ishlab-chiqarishda belgilangan normaga asosan korxonaga 40 kunlik zapas benzin saqlanadigan yer osti ombori bo‘lishi kerak. Korxonalarda benzin aosan temir yo‘l vagonlari orqali olib kelinadi. Shu sababdan ham benzinni vagondan bo‘shatish va uni saqlashni shunday tashkil etish kerakki, benzini alanga, portlovchi aralashma hosil qilishiga, ishchilarni zaharlanishiga yo‘l quymaslik kerak. Temir yo‘l tsisternalar va sig‘imlarni ochishda maxsus uchqun chiqarmaydigan ish qurollaridan foydalanish kerak. Benzinni tushirishda maxsus nasoslardan foydalaniladi. Benzinni temir yo‘l vagonidan omborga tushirish eng kamida ikki kishi ishtirokida amalga oshiriladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling