Mag‘iz talqonini qattiq usulda qovurish MP-21 tipidagi bir marta presslash usulida moy olishda mezga tayyorlashda qo‘llaniladi. Bu usulda paxta chigiti mag‘izi talkonidan mezga tayyorlash quyidagicha amalga oshiriladi. Mag‘iz valtsovkada yanchilib, namligi 7, 5-8,0% bo‘lganda 12-18% sheluxa ajratilib, teshiklari 1 mm li elakda elangandan 60% va past sifatli chigit elansa, 50% elanma o‘tadigan qilib maydalanadi, shundan keyin talqon namlovchi shnekda 11-12% gacha namlanib, 70-80°C gacha qizdiriladi va qovurish qasqoniga tushadi u yerda 35-50 minut davomida harorati 115-120°C va namligi 2,5-3,5% ga yetguncha qovuriladi.
Mag‘iz talqonini quruq usulda qovurish qasqoniga tushirishdan oldin namlanmaydi. Bunday usul qachonki talqoning namligi, qovurish qasqoniga tushish namligidan katta bo‘lsa qo‘llaniladi. Bunda qovurishning ikkinchi bosqichi ya‘ni talqon tarkibida bo‘lgan namlikni bug‘latish amalga oshiriladi. Quruq usulda qovurish talqoning haroratini kerakli miqdorgacha ko‘tarish asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Paxta chigitidan moy olishda qovurishning bu usuli qo‘llanilmaydi.
Mag‘iz talqonini bosim ostida qovurish, talqonga bosim ostida namlik va issiqlik ta‘sir ettiriladi. Bunda qurilmada ortiqcha bosim hosil qilinadi, buning uchun qurilmalar germetik yopiq bo‘lishi talab etiladi. Bosim ostida qovurish (0,05-0,1 MPa) bosimda 10-15 min. davomida amalga oshiriladi. Bu usulning afzallik tomoni shundaki mag‘iz tarkibiga namlik va issiqlik tez va chuqur kirib borib, qisqa vaqt ichida mezga namlik va harorat bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichga erishib qovurish vaqti qisqaradi, lekin buning uchun qovurish qurilmalari germetik va bosimga chidamli bo‘lishi talab etiladi.
Vakuumda mag‘iz talqonini qovurish usuli, talqonni atrof muhitdagi atmosfera bosimidan past bosimda maxsus qurilmada qovurish bo‘lib, bunda mezga tarkibidagi namlik qisqa vaqt ichida ajralishi ta‘minlanadi, haroratning past bo‘lishi natijasida talqon tarkibidagi oqsil moddalarining denaturatsiyalanishi keskin kamayadi va kunjaraning ozuqaligi ortadi.
Qovurilgan mezganing presslashga tayyorligi uning qasqondan chiqishdagi namligi va harorati bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |