Qovurish jarayoninig gossipolga ta‘siri. Paxta chigiti mag‘izi talqonni qovurishda gossipolning hususiyatlarini nazarga olish juda muhim: o‘zgarmagan gossipol – zaxarli moddalardir; ishlab chiqarish jarayonida gossipol yog‘ga, kunjaraga va shrotga o‘tib, oziq-ovqat mahsuloti va molga beradigan yem tariqasida foydalaniladigan bu mahsulotlarning sifatini belgilaydi. Bundan tashqari gossipol-buyoq moddadir; mag‘izni qovurganda u o‘zgarib, tozalanmagan yog‘ning rangini va uning tozalash vaqtidagi hatti-harakatini belgilab beradi. Gossipol ishtirokida juda zich soapstok hosil bo‘ladi va oson cho‘kadi.
Mag‘z talkonni qovurish jarayonida fiziologik aktiv bo‘lgan o‘zgarmagan (zaxarli) gossipol namlik va issiqlik ta‘sirida mag‘iz talqon oqsili bilan birikib, fiziologik aktivmas bog‘langan (zaxarsiz) gossipol aylanadi. Bu narsa chigit kunjarasining ozuqalik sifatini oshirish uchun ko‘rashda muhim rol uynaydi. Mag‘iz talqon namlik darajasining yuqori (11-13%), haroratning baland (90-100°C) bo‘lishi va issiqlik ta‘sirida qancha vaqt (60-80 minut) turganligi gossipolning bog‘liq holga o‘tishiga yordam beradi. Bog‘langan gossipol yog‘da, benzinda va etil efirda erimaydi, u bog‘lanmagan (o‘zgarmagan) gossipoldan shunisi bilan farq qiladi.
Mag‘iz talqon issiqlik va havo ta‘sirida qovurilganda gossipolning bog‘liq holga o‘tishdan tashqari, gossipol molekulalarning bir qismi zichlashib, yog‘da va benzinda eriydigan tuk jigar rang mahsulot hosil bo‘ladi. Oqsil bilan bog‘lanmagan va zichlashmagan gossipol mag‘iz talqonni qovurgan vaqtda yog‘da erib, unda qisman o‘zgarmagan holda va qisman o‘zgarib o‘zining kislotalik xossasini yo‘qotgan holda, qisman esa yog‘da erigan fosfatidlar bilan birikkan holda qoladi. Tayyor tovarda o‘zgarmagan, bog‘langan gossipolning va uning hosil bo‘lgan mahsulotlarning ko‘p-kam bo‘lishi haroratga, mag‘iz talqonining namlik darajasiga va jarayonda qancha vaqt qovurilganligiga bog‘liq.
Yuqorida ko‘rib o‘tilganlar shuni ko‘rsatadiki yanchilmani qovurish jarayoni murakkab kompleks jarayoni bo‘lib, unda fizikaviy, biokimyoviy va kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |