Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Download 0.89 Mb.
bet69/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Yanchilmani qovurish jarayoni
Qovurishning ikkinchi davrida namlangan talqonni 105°C gacha qizdirish va quritish jarayoni amalga oshiriladi. Bunda qovurilgan tayyor mezganing namligi va harorati undan presslash orqali moy olishda zarur bo‘lgan fizik-mexanik hususiyatga yetish darajasiga yetkaziladi. Bu davrda:
a) talqon zarralari moyni yaxshi siqib chiqarish uchun zarur bo‘lgan holatgacha maydalanadi, bunda pressdan juda kam tovar to‘kiladi;
b) jarovniyaning ustki qatlamidagi zarralar ostki qatlam zarralarining qurishi natijasida hosil bo‘lgan bug‘ bilan namlanib, qisman bo‘kadi.
Mag‘iz talqoni ma‘lum bir qalinlikda (300 mm va undan ortiq) qovuriladi, bunda uning strukturasi o‘zgarishi bilan birga, fizik-kimyoviy jarayonlar ro‘y beradi, ya‘ni moyning qovushqoqligi kamayadi,uning oquvchanligi ortadi. Mag‘izdagi harakatchan oqsillar o‘zgaradi. Oqsil moddasi zarrachalarining sirtida moyni ushlab turuvchi sirti molekulyar kuchlarning kamayishi natijasida, mezgani presslagan vaqtda moyning ajralib chiqishi osonlashadi. Qovurilgan tayyor mezgani (tovarni) namligi va harorati quyidagicha bo‘ladi:
Qovurish qozonidan pressga tushayotgan mezga nam bo‘lsa, pressda ezilmasdan chiqib ketaveradi, moy chiqishi qiyin bo‘ladi. Agar u juda qurib qolsa kunjaraning sifati yomonlashadi va unda moy ko‘p qolib ketadi. Shu sababdan ham mezganing namligi yuqorida ko‘rsatilgandek bo‘lishi kerak.
Qovurish usullari. Korxonalarda moy olishda talqonni qovurishning 5 usuli:
1.Yumshoq usulda;
2.Qattiq usulda qovurish;
3.Quruq usulda qovurish;
4.Bosim ostida qovurish;
5.Vakuumda qovurish mavjud bo‘lib ulardan asosan yumshoq, qattiq usullarda qovurish sanoatda qo‘llaniladi.
Talkonni yumshoq usulda qovurish ikki bosqichda bo‘linadi: birinchi bosqichda talqon optimal namlikgacha namlanadi, ikkinchi bosqichda namlangan talqonni harorati sekin-asta oshirib qovurish va uni quritishdan iborat. Buni paxta chigiti talqonidan mezga tayyorlashda ko‘rib chiqamiz. Namligi 7,5-9,0% va tarkibidagi 9-10% sheluxasi bo‘lgan yanchilgan mag‘iz teshiklari 1 mm li elakda elanganda, elanma miqdori 70% dan kam bo‘lmaganda namlovchi shnekda namligi 11-12% bo‘lguncha bug‘ bilan namlanadi. Agar mag‘iz past navli chigitdan olingan bo‘lsa, 13-14% gacha namlanadi. Bu namlovchi shnekda harorat 85-90°C gacha tez ko‘tarilishi kerak. Bunga erishish uchun temir naychalar orqali namlovchi shnekka issiq suv va bug‘ yuboriladi. Namlangan talqon ko‘p (5-7) qasqonli qovurish qozonining yuqorigi (birinchi) qasqoniga tushadi. Qozoning qasqonlarida talqon harakatlanib sekin-asta qiziydi va quriydi. Mezga oxirgi qasqonga tushganda harorati 110°C bo‘lib, pressga kirishda namligi 3,5-4% bo‘ladi.
Mag‘zni yumshoq usulda qovurishda uni namlashda to u yetilguncha plastik holati o‘zgarib boradi, ya‘ni tarkibidagi oqsil moddalari denaturatsiyalanib, panja bilan ezganda moy oqib ketadigan, och qo‘ng‘ir sariq rangli bo‘lib qoladi. Qovurish vaqtida, mezga qatlamning ostki tomonidan ajralib chiqayotgan bug‘ mezga qatlami orasidan o‘tadi va buning natijasida mezga zarrachalarini o‘lchamlari, namligi va harorati bir xil bo‘ladi, moyli xom ashyoni hujayra to‘qimalari qo‘shimcha ravishda buzilib mezgadan olinadigan moyning miqdori ko‘payadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling