Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
Ekinni parvarish qilish. Bahor va kech kuzda ekilgan ildiz mevalar yomg‘irdan keyin hosil bo‘lgan qatqaloqdan qattiq qiynaladi. qatqaloqning oldini olish uchun mulchalash, ya‘ni ekilganidan keyin ustiga 1-1,5 sm qalinlikda chirindi sochib chiqish yaxshi samara beradi. Qatqaloq rotatsion motiga yoki yengil boronalar yordamida yumshatiladi, bunda traktor, ekin qatorlari nisbatan ko‘ndalang qaratib yurgiziladi. Biroq barona ekinga ancha zarar etkazishi mumkin. Shuning uchun undan juda zarur bo‘lgan hollarda va urug‘ qalin sepilgan joylardagina foydalanish mumkin.
Ekinlarga uzoq vaqt jildiratib suv qo‘yish ham qatqaloqqa qarshi kurashda muxim tadbirlardan hisoblanadi. Ildiz mevali ekinlarni parvarish qilishda begona o‘tlarni yo‘qotish nihoyatda murakkab va sermehnat ishdir. Qator oralaridagi begona o‘tlar kultivatsiya qilish, lentalar oralaridagisi esa o‘toq qilish yo‘li bilan yo‘qotiladi. Maysalar ko‘rinishi bilan o‘toq qilishga kirishiladi. Bu ish begona o‘tning qayta o‘sib chiqishiga qarab ikki-uch marta takrorlanadi. O‘toq qilish kechiktirib yuborilsa, keyin ko‘p mehnat sarflanishiga to‘g‘ri keladi, buning ustiga hosildorlik keskin kamayib ketadi. Begona o‘tlarni yo‘qotishda kimyoviy vositalar prometrin, propazin, linuron, teroran, trixloratsetat, eptam, betanol singari preparatlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Ular maysa paydo bo‘lguncha, bo‘lgandan keyin yoki ekish vaqtida purkaladi. Ekinlarin o‘z vaqtida yagonalash nihoyatda katta ahamiyatga ega. Urug‘ kamroq meg‘yorda ekilganda va maysalar tekis, ammo siyrak ko‘karib chiqqan yerlarda, o‘simlik 3-4 ta barg chiqargan paytda bir marta yagonalash bilan qanoatlanish mumkin. Biroq ekinlar ko‘pincha ikki va bag‘zan uch marta ham yagona qilinadi. Sabzi va boshqa soyabonguldoshlarga mansub ekinlar dastlab maysalar ko‘ringandan keyin 12-15 kun o‘tgach, ya‘ni 1-2 ta chinbarg chiqarganda yagona qilinadi. Lavlagi maysalari urug‘i unib chiqqanidan keyin 8-10 kun o‘tgach, birinchi chin barg paydo bo‘lganda yagona qilinadi. Sholg‘om va turp maysalari, odatda, 3-4 ta chin barg chiqargan paytda yagonalanadi. 2-4 haftadan keyin ildiz meva hosil bo‘layotgan (yo‘g‘onlasha boshlagan) paytda maysalar ikkinchi marta yagona qilinadi. Bunda ildizi bilan sug‘orilgan o‘simliklarni siyrak chiqqan joylariga va boshqa uchastkalarga o‘tkazish mumkin. 4-5 tadan chinbarg chiqargan maysalar yaxshi tutib ketadi. Ikkinchi, ya‘ni oxirgi yagonalashda tuplar belgilangan oraliqda qoldiriladi, bu oraliq ekinning turi, navi va tuproq unumdorligiga qarab belgilanadi. Yagona qilishda kuchli o‘sadigan, mevasi yirik, kechpishar navlarda tup oralari tezpishar kuchsizroq o‘sadigan navlarnikiga qaraganda kengroq qoldiriladi; unumdor, yaxshi o‘g‘itlangan uchastkalarda kam unumli erlardagina nisbatan ko‘chatlar birmuncha qalin bo‘lishi mumkin. Ikkinchi yagonalash vaqtida yulib olingan sabzi va lavlagidan tovar mahsuloti sifatida foydalansa bo‘ladi, ya‘ni ularni bog‘-bog‘ qilib realizatsiya qilish mumkin. Agar etishtiriladigan mahsulotning asosiy qismini bog‘lab sotish mo‘ljallansa, bunday hollarda urug‘ni qalinroq qilib sepib bir necha marta yagona qilish tavsiya etiladi. Odatda yagonalashtirish begona o‘tlarni o‘toq qilish bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Urug‘ yoppasiga unib chiqqanidan keyin qator oralari yumshatiladi va ish, odatda, 4-5 marta takrorlanadi. Qator oralariga ishlov berishda yassi kesuvchi panjalar yoki yumshatuvchi koralnik bilan jixozlangan traktor kultivatorlaridan foydalaniladi. Farg‘onalik dehqonlar Marg‘ilon turpi ta‘mini yaxshilash maqsadida ko‘pincha unga “yashil tus” berish usulini qo‘llab, ildiz mevani soyalaydigan pastki barglarini olib tashlaydilar. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling