Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari
Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar
Download 112 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haqiqiy investisiyalar
- : Ye=S+ I +G+Xp
Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko’p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investisiyalarning o’zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.
Haqiqiy investisiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investisiyalar miqdorini o’z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investisiyalarga tovar – moddiy zahiralariga (TMZ) investisiyalardagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investisiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va investisiyalar miqdorining o’zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi”. Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o’zgarishlar tovar moddiy zahirasiga rejalashtirilmagan investisiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi. Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi : Ye=S+ I +G+Xp ko’rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste’mol funksiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp miqdorda yuqoriga surilgan bo’ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo’lib, uning funksiyasi esa quyidagi ko’rinishga ega: Xp = g - mY Bu yerda :g – avtonom sof eksport; m - importga chegaralangan moyillik; Y– daromad. Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o’zgarish miqdorini bunga sabab bo’lgan daromadlardagi o’zgarish miqdoriga bo’lib topiladi. m = ΔM / ΔY Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning o’zgarishi; ΔY - daromadlarning o’zgarishi. Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste’molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo’lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo’lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o’zgarishi bilan sof eksport (Xp) o’rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko’rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o’zgarishiga bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to’lig’icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo’shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xp) yig’indiga teng deb olinadi. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling