Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari


Avtonom xarajatlar multiplikatori


Download 112 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi112 Kb.
#1528842
1   2   3   4   5
Avtonom xarajatlar multiplikatori. Avtonom xarajatlarning har qanday o’sishi, ya’ni ΔA =Δ (a+I+G+Xn) multiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko’proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori muvozanatli YaMM o’zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o’zgarishiga nisbatini ko’rsatadi:
m = ΔY /ΔA:
Bu yerda: m - avtonom xarajatlar multiplikatori;
ΔY – muvozanatli YaIMning o’zgarishi;
ΔA – avtonom xarajatlarning Y o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan o’zgarishi.
Multiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o’sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o’sganligini (kamayganligi) ko’rsatadi.
ΔY 1
m = ------- = -----------
ΔA 1- MPC
Demak iste’molga chegaralangan moyillik qancha katta bo’lsa multiplikator samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Avtonom xarajlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Davlat o’z xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko’rayotganda, bu xarajatlar jami talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur.
Resession va inflyasion uzilish. Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potensial (U*) hajmidan kam bo’lsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Ya’ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo’lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to’liq bandligi darajasini ta’minlamaydi. Yalpi talabning yetishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta’sir ko’rsatadi.

7.3-chizma.
Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o’rtasidagi reseyession uzilish
E Y=E
V E2 =E1 + ΔYe
E1=C+I+G+Xn
Resession uzilish
Ye
A
Uo Y* Y

YaMM (YaIM)ni to’liq bandlilikning noinflyasion darajasiga qadar o’stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko’paytirilishi zarur bo’lgan miqdor resession uzilish deyiladi (7.3-chizma).


Ishlab chiqarishda to’liq bandlikka erishish va resession uzilishni yo’qotish uchun jami talabni rag’batlantirish va muvozanatni «A’ nuqtadan «V’ nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o’sishi ΔU quyidagiga teng bo’ladi:

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling