Keynsning tovar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli


Download 26.74 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi26.74 Kb.
#1143100
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU

Xp = g - m’Y
Bu erda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o`zgarish miqdorini bunga sabab bo`lgang’ daromadlardagi o`zgarish miqdoriga bo`lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY;
Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning o`zgarishi;
ΔY - daromadlarning o`zgarishi.
YAlpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. CHunki, bunda iste`molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo`lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo`lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga bog’liq bo`ladi. SHuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko`rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga bog’liq emas deb olinadi. SHuning uchun sof eksport to`lig’icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xp) yig’indiga teng deb olinadi.
3-reja. . «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi
Y
Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo`lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o`tadi. Quyida keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo`lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo`ladi. SHuningdek, bu erda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o`zaro tengligiga erishiladi. YA`ni, makroiqtisodiy muvozanat ta`minlanadi. 
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko`p bo`lsa, iste`molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko`ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YAMM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o`sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste`mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o`zgarishi natijasida 

Download 26.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling