Keys : Deviant,autodestruktiv xulqli o'smirlar bilan muammoli vaziyat
Download 18.5 Kb.
|
201-SAYDILOVA F.MUSTAQIL T.KEYS
Keys : Deviant ,autodestruktiv xulqli. o'smirlar bilan muammoli vaziyat . 9-sinf o'quvchisi Sanjar ayrim sabablarga ko'ra doimiy agressiv kayfiyatda yuradi .Maktabga zo'ravonlik, mushtumzo'rlik ifodasi bo'lgan ta'qiqlangan xar xil temir kamarlar taqib keladi .Qo'llariga xar xil gayritabiiy zanjirlar taqib yuradi.U guruhda liderligi bilan ajralib turadi .Ishga kelganiga 2 oy bo'lgan yosh o'qituvchi Erkinning kimyo darsi . Sanjar bugun xam odatdagiday oxirgi partada semichka (pista ) chaqib ,atrofga gap sotib o'tirardi. O'qituvchi Sanjarning bu xatti-xarakatlari yuzasidan sinf raxbariga 2 xafta oldin axloq tuzatish bo'yicha bildirgi bergan edi. Sababi o'qituvchining kuzatuviga ko'ra Sanjarning mazkur xarakatlari kimyo darsida 2-3 marotaba kuzatilgan edi .Erkin uni ogohlantirib, darsda jim o'tirishini aytdi .Sanjar esa gaplarini eshitmaganday ,pinagini buzmasdan ustozga tik qarab pista chaqishda davom etaverdi .O'quvchilar orasida kinoyali kulgu eshitildi .Gaplari ta'sir qilmaganidan xunobi oshgan pedagogga bu o'lganning ustiga tepgandek bo'ldi. Erkin g'azab va alam bilan qo'lidagi bo'rni Sanjarga qaratib otdi . Bo'r zarb bilan Sanjarning peshona qismiga tegdi .Uyat va jaxldan qizarib ketgan Sanjar yugurib borib , ustozni bo'ynidan bo'g'ib oldi. O'qituvchi Sanjarning yuziga musht urdi .Qattiq zarbadan qalqib ketgan Sanjar o'qituvchiga 2 marotaba zarba berdi. Sinfda ur-yiqit ,shovqin -suron to'polon boshlanib ketdi .Sanjarni yonini olib 1 ta o'rtog'i janjalga qo'shildi .Xullas 30 nafar o'quvchining ko'z o'ngida 2 ta o'quvchi guruh bo'lib O'qituvchini rosa kaltaklashdi... Savol: Siz pedagog-psixolog sifatida muammoga qanday yechim topgan bo'lardingiz? Tayyorladi : 201-guruh talabasi Saydilova Farida Download 18.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling