Keys stadi №4 biosfera xaqida ta’limot 1-vaziyat
Download 35 Kb.
|
Кейс-4
Keys stadi № 4 BIOSFERA xAQIDA TA’LIMOT 1-vaziyat. V.I.Vernadskiy ta’rificha, biosfera insoniyat yashaydigan muxit bo‘lib, uning hayotiy jarayonlari shu muhitda kechadi va rivojlanadi. Inson hatti-harakatlari, ayniqsa, nafas olish orqali qaerda yashashidan baribir shahardami yoki olis qishloqdami, shu muhit-tabiat bilan doimiy bog‘langan bo‘ladi. Biosfera (grekcha bios-hayot, sphaira-shar, qobiq) Erning murakkab tashqi qobig‘i bo‘lib, unda barcha tirik organizmlarning yashashi uchun qulay sharoit mavjud. Muammo: Biosfera qobig‘i uch qatlamdan: atmosfera, gidrosfera, litosferadan iborat. Ularning bir-biridan farqi hamda tirik organizmlar hayotidagi o‘rni qanday tushuntirib bering? 1-variant Uning kislorod va azotdan iborat gaz qobig‘i bor. SHuningdek, kam miqdorda karbonat angidrid (0,03%), ozon va boshqa gazlar mavjud. Atmosferaning holati, Er yuzasidagi hamda suvli muhitdagi fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta’sir qiladi. Biologik jarayonlarning borishi, organizmlarning nafas olishi va o‘lik organik moddalarning minerallashishi uchun kislorod hamda karbonat angidrid zarur. Nafas olish va fotosintez jarayonlarida ozon qatlami Er yuzasini ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Azot, karbonat angidrid va suv bug‘i vulkanlarning harakati natijasi, kislorod fotosintez mahsulidir. Atmosfera 5 ta qatlamga ega. 1. Troposfera-eng pastki qatlam, Erga tutashgan qism (9-17 km.). Bu qatlam atmosferadagi 80foiz gaz va suv bug‘ini o‘zida saqlab turadi. 2. Stratosfera 3. Mezosfera 4. Termosfera (ionosfera ) 5. Ekzosfera-bu qatlamda «tirik narsa» mutlaqo yo‘q. 2-variant. Gidrosfera-Erning suv qobig‘idir. Suv tez harakatlanish hamda erga singish, hamma joyda o‘ziga hos holda bo‘lishi, o‘ziga chetdan boshqa molekulalarni biriktirib olish imkoniga ega. Eng toza hisoblangan atmosfera suvlarida ham eriydigan 10-50 mg/l moddalar bor. Suv-biosferaning eng muhim tarkibiy qismi, tirik organizmlar hayoti uchun eng zarur omillardan biri. Er sharining 70 foizi suv bilan qoplangan bo‘lib, 1 300 mln. km3ni tashkil qiladi. Suvning asosiy qismi Tinch okeanida joylashgan. Er usti suvlari (ko‘l va daryo) 0,182 mln.km3 bo‘lsa, shundan suv 0,001 mln. km3i tirik organizmlarda uchraydi. Muzliklarda hozircha 24 mln. km3 chuchuk suv zahirasi suvda ma’lum miqdorda kislorod va karbonat angidrid mavjud. Ularning miqdori, harorat va tirik organizmlar soniga ham bog‘liq. Karbonat angidrid atmosferaga qaraganda suvda 60 marta ko‘p. Gidrosfera litosferaning shakllanish davridan boshlab Er yuziga juda katta miqdorda suv bug‘i chiqargan. 3-variant. Litosfera-Erning tashqi qattiq qobig‘i bo‘lib, cho‘kma va magmatik jinslardan iborat. Er po‘sti deb, Erning ustki qattiq qatlamiga aytiladi. Litosferaning yuza qismi-tirik organizmlar yashashi uchun qulay sharoit mavjud qismiga tuproq deyiladi. Organizmlarning chirigan qismi gumusga yoki tuproqning unumdor qatlamiga aylanadi. Tuproqning tarkibiy qismini minerallar, organik moddalar, tirik organizmlar, suv va gazlar tashkil qiladi. Litosferada ko‘p uchraydigan kimyoviy elementlarga O, Al, Fe, Ca, Mg, Na, K lar kiradi. Tirik organizmlar Erning ustki qatlamida asosan 3-5 metr joylashadi, ayrim o‘simliklarning ildizlari 35-40 m chuqurlikkacha kirib boradi. Tuproq tarkibidagi mineral moddalar tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lsa, organik moddalar tirik organizmlarning hayot mahsulidir. 4-variant. V.I.Vernadskiyning noosfera yoki aql-idrok haqidagi tushunchasi biosfera nazariyasining gultoji bo‘lib qoldi. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling