Keys texnologiyasi va loyiha metodidan foydalanish mahorati
Pedagogik vaziyat va uni loyihalash
Download 133.94 Kb.
|
KEYS TEXNOLOGIYASI VA LOYIHA METODIDAN FOYDALANISH MAHORATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari.
Pedagogik vaziyat va uni loyihalash.
Har doim u yoki bu pedagogik jarayon doirasida mavjud bo'ladi, u orqali esa ma'lum pedagogik tizim doirasida pedagogik jarayon yaratiladi. Pedagogik vaziyat - bu pedagogik jarayonning tarkibiy qismi bo'lib, uning ma'lum vaqt va ma'lum makondagi holatini belgilaydi. Pedagogik vaziyat har doim konkret bo'lib, dars o'tkazish jarayonida, imtixon paytida, ekskursiya vaqtida va hokazolarda yaratiladi yoki kelib chiqadi, odatda u shu zahoti hal qilinishi mumkin. Pedagogik vaziyatni loyihalash jarayonning o'zini loyihalash tarkibiga kiradi. Pedagogik vaziyatni yarata olish va hal qilish pedagogik faoliyatda juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular orqaligina pedagogik jarayon namoyon bo'ladi. Bu kichik qismlar o'zida pedagogik jarayon va umuman pedagogik tizimning barcha yutuqlarini va kamchiliklarini o'zida mujassamlashtiradi. Tarbiyaviy munosabatlarning konkret ifodasi pedagogik vaziyatlarning imkoniyatlarini amalga oshiradi. Pedagogik vaziyat strukturasi tashqi ko'rinishidan juda sodda. Unga faoliyatning ikki sub'ekti - pedagog va talaba, va ularning o'zaro munosabatlari usullari kiradi. Lekin bu soddalik aldamchi va armonda qoldiruvchi bo'lishi mumkin (xushomadgo'ylik, tilyog’lamalik yoki qo'rs-qo'pollik har doim faoliyatda aynan bir natijani beravermasligi mumkin). Pedagogik vaziyat qatnashchilarining o'zaro ta'siri ularning murakkab ichki dunyosi, ularning tarbiyalanganlik darajasi va saviyasining qandayligiga bog’liq bo'ladi, hatto barcha komponentlarini bir yo'la qamrab olishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish ta'limi ustasi bir guruh talabalarining boshqa, alohida bir talabaga nisbatan zo'riqishini yumshatmoqchi bo'ladi. Bu talabaning ajoyib inson ekanligini, chiroyli va rostgo'y ekanligini nazarda tutib vaziyatni loyihalashtiradi. Buning uchun topshiriq berish, ota-onaning bolalar oldida chiqishlarini tashkil qilishni, ishonch va rag’batlantirish singarilardan foydalanishni maslahat beradi. Pedagogik vaziyat tasodifan yoki avvaldan loyihalanib kelib chiqishi mumkin. Lekin har ikki holatda ham uni hal qilish, o'ylab ish ko'rishni taqozo qiladi. Pedagogik vaziyatlarni loyihalash konkret odamlarni real holatning eng mayda zarralarigacha hisobga olib pedagogik jarayonni «moslashtirish» jarayoni singari amalga oshadi. Pedagogikada vaziyat pedagog va talabalar o'rtasidagi munosabatlar o'zgarmas deb qaraladi. Aslida pedagog va talaba o'rtasidagi suhbatga uchinchi bir odam qo'shilishi yoki mavzuga aloqador bo'lmagan biror hodisa aralashuvi vaziyatni tamomila o'zgartirib yuboradi. Har bir pedagog uch tipdagi ob'ektlarni loyihalashda qatnashadi: pedagogik tizimni, pedagogik jarayonni va pedagogik vaziyatlarni. Bularning barchasi o'zaro bog’langan, ularning butunligi va ichki bog’langanligini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi. Buni quyidagi rasm-sxemada ko'rishimiz mumkin: Pedagogik tizim tuzilishi pedagogik jarayonlar sifatiga, pedagogik jarayon, pedagogik vaziyat sifatiga bog’liq va nig’oyat pedagogik vaziyat tarbiyaviy munosabatlar sifatiga bog’liq. Demak pedagogik jarayon davomida biror noxush holatni avval pedagogik vaziyatdan, keyin jarayonning o'zidan va nihoyat pedagogik tizimdan qidirish kerak. Yoki umumiy holat uni loyihalashda ekanligini aniqlash ham mumkin. 5. Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari. Asosiy ma'lumotlar An'anaviy qog’ozli va elektron organayzerlardan tashqari, oddiy bo'lmagan variantlar, masalan, mazmun jihatidan chizilgan biron-bir masalalar stikerlar yordamida vatman qog’oziga mahkamlangan bo'lib u devorga yopishtirilgan bo'ladi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan kitob qo’shimcha funktsiyalarga ega cho'ntakli xususiy kompyuterlar, kompyuterli dasturlar va onlayn-organayzer bilan almashtira boshlandi: bo'lajak voqealar to’g’risida eslatish, axborotni himoyalash va sinxronlash. 21- asrda organayzer deganda ko’proq mobil qurilmalar uchun dasturiy ta'minotni tushuna boshlashdi.Ularning so'zsiz ustunligi bo'lib kiritilayotgan ma'lumotlar hajmining amalda cheksizligi, hamda avtomatik eslatishlarni o'rnatish bo'ldi. Organayzerlar shakli turli bo'lishi mumkin. Masalan, tor ixtisoslashgan organayzerlar: retseptlar organayzeri, moliya organayzeri, musiqa kollektsiyasi organayzeri. Organayzer vaqtni boshqarish vositasi ham bo'lishi mumkin. Ishlarni dastavval rejalashtirish istalgan hoh shaxsiy, hoh kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish mumkin. Shuning uchun vaqtni boshqarish samaradorligini oshirish sohasida tashkilotlarga va xususiy shaxslarga maslahat beruvchi odamni ham ba'zida “organayzer” deb atashadi. AQSH da hattoki Kasbiy Organayzerlar Milliy Assotsiatsiyasi (NAPO) mavjud. Download 133.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling