Keys: «yevropada dastlabki universitetlarning ochilishi va ulardagi ta’lim tizimi»1 Kirish


Download 21.84 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi21.84 Kb.
#165876
Bog'liq
4-mavzu (1)


KEYS: « YEVROPADA DASTLABKI UNIVERSITETLARNING OChILISHI VA ULARDAGI TA’LIM TIZIMI »1
Kirish
Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama-komil inson etib tarbiyalash masalalrini hal qilib bo‘lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot qilingan ilmiy haqiqatdir. Yevropada dastlabki universitetlarning ochilishi va ulardagi ta’lim tizimi o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir.

Keysdagi asosiy muammo: O‘rta asr universitetlarida ta’lim tizimidagi ziddiyatlar va ularning yechimi.

TOPSHIRIQ. Ta’lim tizimidagi ziddiyatlarni tahlil qilib, ularning yechimi toping.
Yevropada dastlabki universitetlarning ochilishi va ulardagi ta’lim tizimi

Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiya (Bolonya shahri), Angliya (Oksford shahri) va Fransiya (Parijda)da tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab nrofessor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporasiyasi)dan iborat edi. Keyinchalik XIII asrda bu korporasiyalar o‘z-o‘zini idora qilish huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov universitetlarni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o‘qituvchilik huquqini berishni, o‘z ixtiyoriga oldi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy o‘quv muassasasiga aylanib qoldi. XIV-XV asrlarga kelib, universitetlar Yevropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi. O‘rta asr universitetlari odatda to‘rtta fakultetdan tuzilgan bo‘lib, tayyorlov fakulteti, yurndik, medidina va teologiya (din) aqidalari fakultetlaridan iborat edi. Tayyorlov fakulteti studentlari trivium va kvadrivium tarkibiga kirgan fanlarni o‘qir edilar.

Tayyorlov fakultetida o‘qish muddati odatda 6-7 yilgacha, asosiy fakultetlarda esa 5-6 yilgacha cho‘zilar edi. O‘rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida sxolastika ruhidagi maktabga aylanib qolgai edilar. Bunda atrof-tevarakdagi real fakt hodisalarni o‘rganish bilan emas, balki cherkov ruhoniylar tomonidan ma’qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni quruq yodlab olish bilan shug‘ullanardilar. Shu sababdan bunda o‘qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo‘lib qoldi. Universitetlarda o‘qitish metodlari leksiya, cherkov tomonidan tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi.

Universitet ta’limi va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan qat’i nazar, o‘rta asr universitetlari Yevroia madaniyatining rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Ular ma’rifat tarqatish va o‘sha davrdagi ma’lumotli kishilarni yetishtirishda katta xizmat qildi. XI-XIII asrda bir qancha Gʻarbiy Yevroia mamlakatlarida oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari sifatida universitetlar paydo bo‘la boshlaydi. Universitetlarning vujudga kelishiga o‘sha vaqtlarda ko‘p yevropaliklarning arab madaniyati (xususan, medisina va falsafa) bilan tanishuvi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga Gʻarbiy Yevropa fsodallariping XI asr oxnrida Sharqdagi arab musulmon mamlakatlariga qarshi boshlagan harbiy harakatlari sabab bo‘ldi. Usha zamon arab «mamlakatlarida madaiiyat va ma’rnfat Fapbiy Yevropadagi madaniyatga nisbatan ko‘p jihatdan taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun ma’lum darajada namuna bo‘ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, medisina fanlari o‘qitilar edi. Yevropaningg turli mamlakatlaridan kelgan ko‘p talabalar Kordovada o‘qib, oliy ma’lumot olar edilar. Shuningdek, katolik cherkov aqidalariga xilof bo‘lgan turli diniy ta’limot va bid’at fikrlar ham Yevropada universitetlar tashkil qilinishiga ta’sir etdi, chunki mana shu bid’at fikrlarga qarshi kurash olib bora oladigan, oliy: ma’lumetli katolik ruhoniylarga ehtiyoj tug‘ildi. Mavjud cherkov maktablari esa, bunday xodimlar tayyorlash vazifasini bajara olmas edilar. Katolik cherkovga xilof diniy ta’limotlarning tarqalishi va rivojlanishi munosabati bilan; katolik cherkovi maorif ishini batamom o‘z qo‘liga olishga majbur bo‘ldi. Natijada katolizmga sodiq bo‘lgan oliy malakali o‘qituvchilarga ham ehtiyoj yuzaga keldi. Universitetlarning paydo bo‘lishiga yana bir sabab shu ediki, Yevropada katta davlatlar barpo qilinganligi va markazlashtirilgan monarxiya hokimiyatining kuchayganligi munosabati bilan ilmli va yuksak malakali huquqshunoslarga talab tug‘ildi. Mazkur sabablardan tashqary XII-XIII asrlarda Gʻarbiy Yevropa hayotbda yuz bergan iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ya’ni hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o‘sib borishi va shunga bog‘liq holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi yoshlar o‘rtasida oliy ma’lumot olish harakatini tug‘dirdi, bu hol o‘z navbatida universitetlarning paydo bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.




KEYSNI YECHISH UCHUN USLUBIY KOʻRSATMALAR

Keysni yakka tartibda yechish boʻyicha yoʻriqnoma



  1. Avvalo, Keys bilan tanishing. Keysni 2-marta oʻqing. Oʻqiganingizda quyidagi belgilarni hoshiyaga qoʻying:

  • “Т” – o‘rta asrlarda Yevropada universitetlarda ta’lim tizimi qanday shakllangan;

  • “Z” – ta’lim tizimidagi ziddiyatlarni aniqlang;

  • “Х” – univrsitetlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat edi.

  1. Muammoni tasdiqlovchi dalillarni koʻrsating.

  2. Maqoladagi eng asosiy ziddiyatlarni ajratib oling. Ularni sanab bering.

  3. O‘rta asrlarda ta’lim tizimi rivojiga to‘sqinlik qilgan ziddiyatlarni ajratib oling va muammoning kelib chiqish sabablarini koʻrsating.

5.Muammoni tahlil qilish va yechish jadvali


O‘rta asrlarda Yevropada universitetlarda ta’lim tizimi qanday shakllangan

Ta’lim tizimidagi ziddiyatlarni aniqlang

Univrsitetlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat edi

Yakuniy

xulosa


Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida Italiya (Bolonya shahri), Angliya (Oksford shahri) va Fransiya (Parijda)da tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning mustaqil idora qilinadigan uyushmasidan iborat edi. Keyinchalik XIII asrda bu korporasiyalar o‘z-o‘zini idora qilish huquqini saqlab qolgan holda davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov universitetlarni tamomlagan studentlarga ilmiy daraja va o‘qituvchilik huquqini berishni, o‘z ixtiyoriga oldi shu tariqa universitetlar rasmiy o‘quv muassasasiga aylanib qoldi.



Tayyorlov fakultetida o‘qish muddati odatda 6-7 yilgacha, asosiy fakultetlarda esa 5-6 yilgacha cho‘zilar edi. O‘rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida sxolastika ruhidagi maktabga aylanib qolgan edilar. Bunda atrof-tevarakdagi real fakt hodisalarni o‘rganish bilan emas, balki cherkov ruhoniylar tomonidan ma’qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni quruq yodlab olish bilan shug‘ullanardilar. Shu sababdan bunda o‘qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo‘lib qoldi. Universitetlarda o‘qitish metodlari leksiya, cherkov tomonidan tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi.


Ular ma’rifat tarqatish va o‘sha davrdagi ma’lumotli kishilarni yetishtirishda katta xizmat qildi.

XI asr oxirida arab «mamlakatlarida madaniyat va ma’rifat G’apbiy Yevropadagi madaniyatga nisbatan ko‘p jihatdan taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlari Yevropa universitetlari uchun ma’lum darajada namuna bo‘ldi. Ispaniyada arablar barpo qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shahrida tashkil qilingan arab oliy o‘quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari o‘qitilar edi. Yevropaningg turli mamlakatlaridan kelgan ko‘p talabalar Kordovada o‘qib, oliy ma’lumot olar edilar. Shuningdek, katolik cherkov aqidalariga xilof bo‘lgan turli diniy ta’limot va bid’at fikrlar ham Yevropada universitetlar tashkil qilinishiga ta’sir etdi, chunki mana shu bid’at fikrlarga qarshi kurash olib bora oladigan, oliy: ma’lumotli katolik ruhoniylarga ehtiyoj tug‘ildi. Mavjud cherkov maktablari esa, bunday xodimlar tayyorlash vazifasini bajara olmas edilar.



XII-XIII asrlarda Gʻarbiy Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ya’ni hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o‘sib borishi va shunga bog‘liq holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi yoshlar o‘rtasida oliy ma’lumot olish harakatini tug‘dirdi, bu hol o‘z navbatida universitetlarning paydo bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.





1 Ushbu keys Qoʻqon universiteti dotsenti M.Ganiyeva tomonidan ishlab chiqilgan

Download 21.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling