2.Bunday holat sinfdagi boshqa o`quvchilarga qanday ta`sir ko`rsatadi ?
3.Bunday holatda siz qanday yo`l tutardingiz?
Keyslar banki
2-‖a‖ sinf o‘quvchilari soni 38 ta. Bolalar orasida Bobur ismli xulqi yomon o‘quvchi
bor. U dars vaqtida ham, boshqa vaqtda ham umuman tinch o‘tirmaydi Sinf rahbari ham boshqa o‘qituvchilar ham uni tartibga solomaydi. Ota-onasi chet davlatga ketganligi sababli,bola bobosi va buvisi qo‘lida tarbiyalanadi. Bobosi va buvisi ham uni tartibga sololmayapti.
Savollar:
1. Vaziyatga baho bering
2. Siz o‟qituvchi o‟rnida bo‟lganingizda qanday yo‟l tutar edingiz?
Keyslar banki
3-sinf o‘quvchilariga matematika darsi boshlandi. O‘qituvchi uyga vazifalarni tekshirdi.
Yangi mavzuni o‘qituvchi o‘quvchilarga tushuntiridi va sinf o‘quvchilaridan navbatma navbat
doskaga misollarni bajarish uchun chiqardi. Qolgan o‘quvchilardan esa birinchilardan bo‘lib
bajarib kelgan 3 nafar o‘quvchini ―ofarin‖ kartochkasi bilan rag‘batlanishini aytdi. O‘quvchilar
misollarni tezroq bajarishga kirishdi. Sherzod misollarni birinchi bo‘lib bajardi va o‘qituvchiga
olib bordi. O‘qituvchi misollarni tekshirib ko‘rsa barcha misollar noto‘g‘ri bajarilgan. Buni
ko‘rib o‘qituvchi SHerzodga shoshmasdan misollarni to‘g‘ri bajarib kelsang bo‘lmaydimi deb
baqirib daftarni otib yubordi. Sherzod yig‘lab xonadan chiqib ketdi. O‘qituvchi bu holatga etibor
bermasdan darsni davom ettirdi.
Tahlil uchun savollar:
1.Vaziyatga qanday baho berasing.
2.O‟qutchining talabi o‟rinlimi?
3.Bunday holatda siz qanday yo‟l tutgan bo‟lardingiz?
Keyslar banki
4-―B‖ sinfda matematika darsi boshlandi. O‘qituvchi o‘quvchilardan uyga vazifani so‘rab
boshladi. Nargiza matematikani juda yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchi. Lekin u bugun uyga
vazifaga tayyorlanib kelmagan. Ustozi undan buning sababini so‘radi. U ustozidan tanbeh
eshitishdan qo‘rqib ― uyda dars tayyorlashga vaqtim bo‘lmadi. Oyim mendan uy ishlarida ularga
yordamlashishimni so‘radi‖-deb yolg‘on gapirdi. O‘qituvchi Nargizaning onasiga qo‘ng‘iroq
qilib Nargizani uy ishlaridan ozod qilishini so‘radi. Shunda Nargizaning oyisi uni uy ishlaridan
ozod qilib faqat darslarini qilayotganligini aytdi. O‘qituvchi Nargizaning yolg‘on gapirganini
sezib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |