Keyslar banki
Download 25.01 Kb.
|
KEYSLAR BANKI
4. Keys bayoni. Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida vebinar texnologiyalar tobora keng qo‘llanilmoqda. “Vebinar texnologiyalar” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“webinar” – web-based seminar) webtexnologiyalari va an’anaviy ta’limning o‘zaro birligi asosida tashkil etiladigan seminarni anglatadi. Biroq, keng ma’noda webtexnologiyalari yordamida tashkil etiladigan nafaqat seminarni, balki turli onlayn tadbirlar (seminar, konferensiya, bahs-munozara, uchrashuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening, turli hodisalar bo‘yicha tarmoq translyatsiyalari (kompyuter yoki Internet tarmog‘ida namoyish etiladigan lavhalar)ni yoritishga ham xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali pedagoglar interfaol o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar uchun esa bu texnologiyalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkoniyatini yaratadi.
Chunki ushbu interfaol ta’lim jarayoni bilan qulay vaqt va qulay joyda tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa pedagoglardan vebinar texnologiyalar asosidagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun muayyan ko‘nikmalarga ega bo‘lish, bir qator shart va qoidalarga rioya etish talab qilinadi. Keys savoli: ko‘pchilikning fikricha vebinar darslarning sifati web-texnologiyalarining ta’minotiga bog‘liq. Bu fikr qanchalik to‘g‘ri. O‘qituvchining javobi: vebinar darslarning sifati webtexnologiyalarining ta’minoti ham muhim ahamiyatga ega. Biroq, boshqa turdagi darslar kabi vebinar darslarning sifat hamda samaradorligi ularning metodik jihatan tashkil etilishiga bog‘liq. Tashkiliy-texnologik masalalar (vebinar darsining Internet tarmog‘igi orqali talaba, tinglovchilarga uzatib berilishi)ning hal qilinishi vebinar darslarning sifati web-texnologiyalarining ta’minoti bilan bog‘liq. Bordi-yu, vebinar darslarining translyatsiyasi juda sifatli bo‘lgani holda kutilgan ta’limiy natija qo‘lga kiritilmasa, u holda o‘quv mashg‘uloti pedagog tomonidan samarali, sifatli tashkil etilmagan bo‘ladi. Download 25.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling