16-keys: Korxona rahbari xodim Alievni ishdan keyin qolib, bir oz unga hujjatlar bilan ishlashda ko’maklashishini iltimos qildi. Aliev garchi mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan bo’lsa-da, rahbarning iltimosini rad eta olmay soat 22:00 ga qadar unga yordamlashdi.
Oradan bir qancha vaqt o’tgach, bu hol yana takrorlandi. Bu gal xodim rahbarga rad javobini berdi. Ammo rahbar uni shu ishni oxirigacha yakunlab bermasa, ishdan bo’shatish bilan tahdid qildi. Rahbar Alievga ertaga ishga kelmasligi va ishdan bo’shashi haqida ariza yozishi kerakligini aytdi. O’z navbatida xodim ham o’zini himoya qila olishini aytib xonadan chiqib ketdi.
Bu vaziyatda kim haq? Mehnat kodeksining hamda MJTQning qaysi bandlari buzilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |