Keyslar to’plami 1-keys


Download 40.55 Kb.
bet14/14
Sana05.01.2022
Hajmi40.55 Kb.
#228830
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishim

21-keys: 17 yoshli Akrom dushanba kuni ertadan ishdan bo’shashi haqida ariza yozib boshlig’iga berdi. Ertasiga o’zi bilan tengdosh Ikrom bilan dam olish uchun shahar tashqarisiga chiqib ketdi. Kechqurun spirtli ichimlik ichib mast holda mashina xaydab uyga ketdi. Yo’lda militsiya xodimlari ularni to’xtatib xushyorxonaga keltirishdi. Ertasi kuni mastligi tarqalgach, Akrom va Ikrom ma’muriy qamoqqa olinishi haqidagi xabarni eshtishdi.

Siz O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslanib ishtirokchilar xatti harakatlari bilan qaysi qonunlarni buzdi deb o’ylaysiz? Ularning har birini qonunga asosan qanday jazo kutmoqda?



22-keys: 17 yoshli M. bozordan bir qop kartoshka sotib olib, avtobusda uyga olib ketdi. Konduktor o’ziga va olib ketayotgan yukiga ham yo’l haqi to’lashni talab qildi. Biroq M. o’zi uchun yo’l haqi to’ladi xolos. Konduktor yuk uchun ham yo’l xaqi to’laysan deb turib olgach, M. konduktorni xaqorat qildi. Konduktor M.ni ustidan huquqni himoya qiluvchi organga murojaat qildi. Ma’lum bo’lishicha, M. ga avval ham qo’shnisini haqoratlagani uchun ma’muriy jazo berilgan ekan.

Ayting-chi M. ni qanday jazo kutmoqda?



23-keys: 17 yoshli N. xususiy ishlab chiqarish korxonasiga ishga kirdi. Korxona rahbarini ishonchini qozongan N. o’ziga ishonib topshirilgan mahsulotlardan oz-oz miqdorda yashirib olib keta boshladi. Mahsulotlar kamayib ketayotganidan shubhalangan korxona rahbari N ni kuzatish uchun odam qo’ydi. Kuzatuvchi N. ni jinoyat ustida ushlab oldi.

N. qanday jazoga loyiq?





Download 40.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling