Keyslarbanki


Download 40.07 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi40.07 Kb.
#1595526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
testlar-va-keyslar

Natijalar;
Javoblaringiz orasida «a» variantli javoblar qanchalik ko‘p bo‘lsa, Sizning oilangizda jiddiy muammolar yuzaga kelib qolganga o‘xshaydi. Ikkinchi yarmingiz bilan o‘z muammolaringizni aniqlab olish, sabablarini bilib olish fursati keldi. O‘ylab ko‘ring, balkim psixoterapevt eki nikoh va oila muammolari bilan shug‘ullanuvchi psixologga murojaat qilish lozimdir. Tezda chorasini ko‘ring, aks holda Sizning oila kemangiz g‘arq bo‘lishi mumkin.
Agar «b» variantli javoblar ko‘proq bo‘lsa. Sizni nikohda baxtli deyish mumkin va Sizning shaxsiy haetingiz muvaffaqiyatli tuzilgan. Sizlar bir-biringlar uchun mehribon, tushunadigan va sevuvchi erxotinlarsizlar. Sizlarning ittifoqingiz mehribonlik, o‘zaro tushunish va sevgiga asoslangan. Agar, xatto Sizlarning boshingizga biror-bir tashvish tushib qolgudek bo‘lsa ham, Sizlar ularni enga olasizlar va muammolarni hal qila olasizlar.
Agar Sizda «v» variantli javoblar miqdori ko‘p bo‘lsa, bu shaxsiy hayotingiz Sizni qoniqtirishi yoki qoniqtrmasligini ishonch bilan ayta olmasligingizni bildiradi. Balkim, Sizlarning oilangizda nimadir ko‘ngildagidek emas. Ehtimol Siz o‘zingizning oilaviy muammolaringizni anglay boshlagan bo‘lishingiz mumkin. Buni cho‘zib va etilib kelayotgan nizolarni chuqurlashtirib yuborishning hojati yo‘q. Balki sabab aynan Sizda bo‘lishi mumkin? Bu erda gap nimada ekanligini hal qilishga urinib ko‘ring, buni eringiz (xotiningiz) bilan muhokama qilib oling.


«Siz bir-biringizni tushunasizmi?» testi

Sevgio‘zyo‘liga, biroqturmushqurganlar, agarularhaqiqatanhamuzoqvabaxtliumrqurishmoqchibo‘lsalar, undayanabirnarsa, ya’niularningbir-birlarinitushunishlarihammuhimdir. SHuning uchun ushbu test orqali Siz o‘z oilangizda bir-birini tushunish uchun qanday holatlar mavjudligini aniqlab olishingiz mumkin. Buning uchun berilgan savolga javob namunasining o‘zingizga ma’qulini tez belgilashingiz kerak bo‘ladi.


1. Sizda orangizdagi munosabatni jiddiy hal qilib olish kerak, degan fikr mavjudmi?
a) ha — 1 ball;
b) yo‘q — 0 ball;
d) munosabatlarni hal qilib olish foydasiz — 2 ball.
2. Agar siz muhim bir savol bermoqchi bo‘lsangiz, buni to‘g‘ridan to‘g‘ri, ortiqcha urinishlarsiz amalga oshirishingiz mumkinmi?
a) ha — 0 ball;
b) ha, lekin buning uchun qulay vaziyat talab etiladi —1 ball;
d) bu haqda so‘z bo‘lishi mumkin emas — 2 ball.
3. Turmush o‘rtog‘ingiz ko‘pincha o‘zini qiynoqqa solayotgan muammolar haqida indamaydi deb hisoblaysizmi?
a) ha — 1 ball;
b) tasavvur qila olmayman — 2 ball;
d) uning barcha muammolarini bilaman — 0 ball.
4. Har qanday vaqtda ham turmush o‘rtog‘ingiz bilan muhim narsalar haqida gaplasha olasizmi?
a) ha — 0 ball;
b) har doim emas, imkoniyat bo‘lgan vaziyatni kutish kerak — 1 ball;
d) deyarli ko‘p vaqtda yo‘q, chunki uni bo‘sh vaqti yo‘q — 2 ball.
5. Siz bir-biringiz bilan suhbatlashganingizda gaplaringizni aniq o‘ylab gapirasizmi?
a) ha, har bir gapimni o‘ylab gapiraman — 1 ball;
b) yo‘q, bir-birimizga nimani o‘ylasak to‘g‘ri gapiraveramiz— 2 ball;
d) o‘z fikrimni aytaman, lekin boshqaga ham quloq solaman — 0 ball.
6. Siz o‘z muammolaringizni turmush o‘rtog‘ingiz bilan hal qilganingizda unga ham tashvish orttirayotgandek his qilasizmi?
a) ha, bunday tez-tez bo‘ladi — 2 ball;
b) u meni muammolarimga e’tibor bermaydi — 1 ball;
d) u muammolarni men bilan doim hal etadi — 0 ball.
7. Sizning biringiz boshqalar bilan maslahatlashmagan holda muhim muammoni hal eta olasizmi?
a) shunday ham bo‘ladi — 2 ball;
b) birgalikda hal qilamiz, lekin har birimiz o‘z fikrimizda qolamiz — 1 ball;
d) birgalikda muhokama qilamiz va hal etamiz — 0 ball.
8. Siz umr yo‘ldoshingizdan ko‘ra ko‘proq do‘stlaringiz bilan o‘z fikringizni bo‘lishasizmi?
a) ba’zan shunday bo‘lib turadi — 1 ball;
b) yo‘q, men o‘z muammolarimni turmush o‘rtog‘im bilan muhokama qilaman — 0 ball;
d) do‘stlarim meni yaxshiroq tushunadi — 2 ball.
9. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan gaplashganda siz boshqa narsalar haqida o‘ylaydigan holatlar bo‘lib turadimi?
a) shunday ham bo‘lib turadi — 2 ball;
b) yo‘q, men diqqat bilan eshitaman — 0 ball;
d) agar uni jahli chiqqanini sezsam diqqat-e’tiborimni qaratishga intilaman — 1 ball.
10. Suhbat jarayonida siz fikrlaringizni oldin aytib olishga harakat qilasizmi?
a) albatta — 2 ball;
b) turmush o‘rtog‘im o‘zini o‘ylantirgan muammoni aytishi uchun imkon beraman — 0 ball;
d) ikkalamiz birga muammolarni hal etishimiz zarur, deb hisoblayman. — 1 ball.

Download 40.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling