Khorezm regional administration of preschool and school education
Download 137.5 Kb.
|
9-may xati tumanlarga
- Bu sahifa navigatsiya:
- KHOREZM REGIONAL ADMINISTRATION OF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION
- Barcha tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari hamda viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktoriga
- Boshqarma boshlig ‘i o ‘rinbosari S.Abdullayev
2023-y. -may № 03/7-13- _____ Barcha tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari hamda viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktoriga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 4-maydagi 06-06/3-855-sonli xati hamda Xorazm viloyat hokimligining 2023-yil 5-maydagi 142-12-0-Q/23-sonli qarorga ko‘ra 9-may-Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha mehnat va urush faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish belgilanganligini ma’lum qilamiz Shu munosabat bilan Sizdan, quyidagi tadbirlarni amalga oshirishingiz so‘raladi: 2023-yil 7-9-may kunlari mahalliy hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumentlari hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xizmatchilar o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan byustlarning poyiga gul qo‘yish; 2023-o‘quv yili yakunga qadar umumta’lim maktablarida urush va mehnat faxriylari ishtirokida Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Jasorat - mangu barhayot” mavzusida jasorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish; Yosh avlodning ma’naviy olamini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini tashkil etish; Hududingizdagi “Motamsaro ona” monumenti yonida “Musaffo osmon” shiori ostida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a’zolari o‘rtasida rasmlar ko‘rik-tanlovini tashkillashtirish va o‘tkazish; Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan vaqtlarda hamda joriy yilning 30-may kuniga qadar boshqarmaning Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish sho‘basiga taqdim etishingiz so‘raladi. Boshqarma tomonidan tasdiqlangan 9-may-Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilova qilinadi. Ilova: ___ varaqda Boshqarma boshlig ‘i o ‘rinbosari S.Abdullayev Ijrochi:N.Nurmetov Tel: 974574779 Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling