Ki fakulteti ats-11-20 guruh talabasining


Vazifalar dispetcherini qayta yoqish


Download 53.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi53.9 Kb.
#1608995
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avazov A 11-labarotoriya ishi

Vazifalar dispetcherini qayta yoqish 
Xuddi shu qadamlarni bajarish, lekin «Ne zadana» qiymatini belgilash lozim. 
Agar administrator qayd yozuvi (uchetnaya zapis)ga parol o'rnatilgan bo'lsa, 
begona kimsa sozlamalarni o'zgartira olmaydi. 
Vazifalar dispetcheri yordamida protsessorning turi va 
xususiyatlarini aniqlash 
Bilamizki, kompyuterning ishlash samaradorligini ta'minlovchi «yuragi» – 
uning protsessori hisoblanadi. Ayni shu qismga ko'p narsa bog'liq. Xo'sh, siz o'z 
kompyuteringizda qanday protsessor o'rnatilganini bilasizmi? Buni aniqlashning 
quyidagi yo'llari mavjud: 
Birinchi usul: Vazifalar dispetcheri yordamida. Ekranning pastki qismiga – 
vazifalar panelining bo'sh joyiga sichqonchaning o'ng tugmachasi bilan chertamiz. 
Ochilgan menyuda «Vazifalar dispetcheri», ya'ni «Dispetcher zadach» bandini 
tanlaymiz. 
Ochilgan dispetcher oynasidagi ikkinchi – «Proizvoditelnost» varaqasiga 
o'tamiz, unda kompyuterning ishlash samaradorligi xususiyatlarini aks ettiradi. Eng 
yuqori qismida esa qurilmangizning markaziy protsessori haqida ma'lumotlar ham 
ko'rsatiladi. 


11.13-rasm. Vazifalar dispetcheri. 
Ikkinchi usul: Qurilmalar dispetcheri orqali 
Ishni boshlash uchun qo’llanadigan «Pusk» tugmachasini bosamiz va klaviaturada 
«Dispetcher ustroystv» yozuvini teramiz. Ochilgan menyudagi «Protsessori» 
bandini tanlaymiz. Shunda kompyuteringizning «yuragi» haqida ma'lumotlar bir 
nechta qatorda ko'rinadi. Bu esa protsessoringizning yadrolari soniga bog'liq: ikki 
yadroli chipda ikki qator, to'rt yadrolisida esa to'rt qatorda, har bir yadroning takt 
chastotasi bilan birga aks etadi. 
11.14-rasm. Qurilmalar dispetcheri. 


Uchinchi usul: Maxsus dastur bilan 
Kompyuterning qismlari qanday xususiyatlarga ega ekanini batafsil ko'rsatib 
beruvchi maxsus dasturlar mavjud. Masalan, yaxshilaridan biri sifatida CPU-Z 
utilitasini tavsiya etish mumkin. CPU-Z dasturini ishga tushirsangiz, barcha 
ma'lumotlarni ko'rsatadi. 
Protsessorning nomi, yadrolar soni, ishlash chastotasi, kesh, quvvat sarfi
tezkor xotira haqida, ona plata nomi va boshqa ko'plab qismlar haqida to'liq 
ma'lumotlarni shu dastur yordamida bilib olish mumkin. 
11.15-rasm. CPU-Z dasturi interfeysi. 


Gragik rejimda: МЕНЮ - СИСТЕМНЫЕ УТИЛИТЫ - СИСТЕМНЫЙ 
МОНИТОР. Konsol rejimda: gnome-system-monitor. 
11.16-rasm. Tizim monitori 


11.17-rasm. Stacer utilitasi orqali aniqlash. 

Download 53.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling