Promoted content mana prostatitning yagona yechimi! Erkaklar buni o'qishlari kerak


Download 31.51 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi31.51 Kb.
#1350520
Bog'liq
optik tahlil


PROMOTED CONTENT



Mana prostatitning yagona yechimi! Erkaklar buni o'qishlari kerak
Uropro



Bog'in og'rig'i? Mana oddiy yechim Uy vositasi! Kafolat!
Sustaflex



Топ-5 лучших любовников по знаку зодиака
RadarMedia


Suyuqlik tarkibini tahlil qilishning optik usuliOptik analizatorlarda tahlil 
qilinayotgan suyuqlik tarkibi bilan shu suyuqlik orqali yorugʻlikning tarqalish qonunlari 
oʻrtasidagi bogʻlanishdan foydalaniladi. Eritmalami tahlil qilishning optik usullari 
suyuqliklar optik xossalarining sindirish va qaytarish koeffitsiyenti, optik zichligi
qutblanish burchagi va boshqa ko‘rsatkichlarning tekshirilayotgan modda 
konsentratsiyasiga bogʻliqligiga asoslangan. Eng ko‘p tarqalgan optik analizatorlarga 
fotoelektrik refraktometrlar, fotoelektrik kalorimetrlar, fotoelektrik nefelometrlar va 
fotoelektrik polarimetrlar kiradi. 
Refraktometrlarda tahlil yorugʻlikning bir muhitdan ikkinchi bir muhitga 
oʻtishida (bu muhitlarning optik xossalari turlicha boʻlganligi sababli) o‘z yo‘nalishini 
o‘zgartirish xususiyatlaridan foydalaniladi. Agar muhitlardan birining optik xossasi 
o‘zgarmasdan qolsa (etalon muhit), ikkinchisining xossasi esa suyuqlikdagi 
komponentlarning o‘zgarishi bo‘yicha bu komponentning konsentratsiyasini oʻlchash 
mumkin. 
Yorug‘lik nurining chetga chiqishini (sinish ko‘rsatkichini) aniqlashning bir necha 
usuli mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari spektrometrik va to‘la ichki qaytarish 
usullaridir. 
Spektrometrik usul yorugʻlik oqimining nazorat qilinayotgan shisha 
prizmalarda eng kam chetga chiqish burchagi bo'yicha yorug‘likning sinish 
ko‘rsatkichini aniqlashga asoslangan. 
1-rasmda avtomatik refraktometrning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan bo‘lib, 
unda tahlil qilinayotgan eritma ikki kyuvet 4 va 6 dan iborat differensial kyuvet orqali 
o‘tkaziladi. Har ikki kyuvet umumiy devorcha 5 ga ega prizmadan iborat. Kyuvet 4 
orqali tahlil qilinayotgan eritma o'tkaziladi, kyuvet 6 da esa etalon suyuqlik turadi. 
Yorug‘lik manba 1 dan linza 2 va diafragma 3 yordamida yorug‘lik polosasi 𝑎 ga 
o‘zgaradi, u ikkala kyuvetdan o‘tib, qo‘shaloq fotorezistor 7 ga tushadi. Agar 4 va 6 
kyuvetlardagi suyuqliklarning optik xossalari bir xil boʻlsa, chiqayotgan yorug‘lik oqim 
1-rasm. Avtomatik refraktometr sxemasi. 

𝑏 ning yo‘nalishi yorug‘lik oqimi 𝑎 ning yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi. Bu holda har ikki 


fotorezistor bir xilda yoritilgan va ularning qarshiliklari teng bo‘ladi. 
Tahlil qilinayotgan suyuqlikning optik xossalari o‘zgarganida yorugʻlik oqimi o ‘z 
yo‘nalishini ikki marta o‘zgartiradi: etalon kyuvet 6 ga kirishda va undan chiqishda. 
Nurning 𝑣 yo‘nalishda siljishi natijasida pastki rezistorning yoritilganligi oshadi, 
yuqorigi fotorezistorniki esa kamayadi. Fotorezistorlar qarshiligining o‘zgarishi ko‘prik 
sxema yordamida oʻlchanadi. 
Yana bir keng tarqalgan turlaridan biri avtomatik refraktometrlar boʻlib, 
ularning ishlashi toʻla ichki qaytarish hodisasiga asoslangan. 
Refraktometrlar benzin, kerosin, xlorid va nitrat kislotalari, spirtlar va boshqa 
suyuqliklarni tahlil qilishda qoʻllaniladi. Ba’zi refraktometrlar kyuvetining tuzilishi 
ulardan agressiv, zaharli, polimerlanadigan va yuqori haroratli muhitlarni tahlil 
qilishda foydalanishga imkon beradi. Miqdor jihatdan tahlil qilishning kalorimetrik 
usuli rang qo‘shilgan eritmalaming ulardan o‘tadigan yorugiik oqimini bir xilda 
yutmasligiga asoslangan. Miqdoriy nisbatlar Lambert-Ber qonuniga muvofiq 
aniqlanadi. 

Download 206.14 Kb.



Do'stlaringiz bilan baham:


1 2 3 4


Sog'likka zarar etkazmasdan ozish: 21 kunda 15 kg ozish siri!
Fatality


Download 31.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling