Sana: “ ” 20 yil Guruh:: Fan: fizika dars mavzusi: 21-§. To'La ichki qaytish
Download 83.85 Kb.
|
21-§. TO'LA ICHKI QAYTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- 1. Tashkiliy qism
- 4 Yangi mavzuni mustahkamlash
- 5. O’quvchilarni baholash: 6. Uyga topshiriqlar
Sana: “___”____________ 20__yil Guruh:: _____ Fan: FIZIKA Dars mavzusi: 21-§. TO'LA ICHKI QAYTISH Dars maqsadi: Ta’limiy maqsadi: — yorug‘likning qaytish qonunini tushuntirish; — yorug‘likning sinish qonunlari bilan tanishtirish; — jismlarning nur sindirish ko‘rsatkichini jadval yordamida tanishtirish; — to‘la ichki qaytishni o‘rganish.
1. 9-sinf “Fizika” darsligi. 2. Asosiy materiallar: — yassi ko‘zgu, yorug‘lik manbai; — shisha buyum va suvli idishlar. 3. Doska, bo‘r. Dars bosqichlari
Tashkiliy qism O'tilgan materialni takrorlash Yangi mavzuni mazmunini tushuntirish Yangi mavzuni mustahkamlash O’quvchilarni baholash Uyga topshiriqlar 1. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish 2. O’tilgan mavzuni takrorlash: — yorug‘lik nuri deb nimaga aytiladi? — yorug‘likning qaytish qonunini ta'riflang. — yorug‘likning sinish qonunini ifodalang. — nisbiy sindirish ko‘rsatkichining ta'rifini tushuntirib bering. — absolyut nur sindirish ko‘rsatkichi deb nimaga aytiladi? — to‘la ichki qaytishning chegaraviy burchagi nimaga teng?
Vorug'lik optik zichligi katta bo'lgan muhitdan, optik zichligi kichik bo'lgan muhitga o'tganida qiziq hodisani kuzatish mumkin. 35-rasm.
36-rasm.
Suv solingan shisha idishga ingichka yorug'lik dastasini tushiraylik (36-a rasm). Bunda suvdan havoga chiqish nuqtasida singan va qaytgan nur hosil bo'lganini ko'ramiz. Tushish burchagi orttira borilsa, singan nur suv yuzasiga tomon burila borib havo va suv chegarasi bo'ylab yo'naladi va bundan keyingi tushish burchagining ortishida singan nur yo'qoladi. Bu hodisaga to'la ichki qaytish deyiladi. To'la ichki qaytishda singan nur bo'lmasdan, tushgan nur to'la qaytadi. Bu hodisa kuzatiladigan tushish burchagi a0—chegaraviy burchak (36-v rasm) deyiladi. Uni nur sindirish ko'rsatkichi formulasidan topish mumkin: . To'la ichki qaytishda sinb = sin90°=l bo'lgani uchun Jadvaldagi n ning qiymatidan foydalanib, a0 burchakni turli moddalar uchun hisoblab topish mumkin. Masalan, u suv uchun 49°, olmos uchun 24° va h.k. ga teng. Yorug'likning to'la ichki qaytishidan fan-texnikada, tibbiyotda va ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Ulardagi asosiy element — nur tolali kabel bo'lib, unga berilgan yorug'lik kabel ichida to'la ichki qaytishlarga uchraydi (37-rasm). Televideniyeda tasvir signallari havo orqali uzatilsa, atmosferada yutilishi tufayli qisqa masofaga tarqaladi. Nur tolali kabel orqali uzatilganda bunday yutilish deyarli yo'q. Bunda elektr tebranishli televizion signal yorug'lik signallariga aylantirilib nur tolali kabelga beriladi. Kabelning ikkinchi uchida yorug'lik signallari yana elektr signallariga aylantiriladi va televizorga beriladi. Tibbiyotda nur tolali kabel, inson ichki organlarini bevosita kuzatuvchi endoskoplarda ishlatiladi. Bunda nur tolali kabel oziqlanish yo'llari orqali oshqozonga tushiriladi. Bir kabeldan yorug'lik beriladi, ikkinchisidan oshqozon devorlaridan qaytgan yorug'lik qabul qilinadi. 37-rasm.
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 1.Qanday yuzalardan yorug'lik tarqoq (diffuz) qaytadi? 2.Yassi ko'zguda buyumning tasviri qanday chiziladi? 3.Yorug'likning qaytish va sinish qonuni uchun umumiy ta'rif yozib ko'ring. 4.Nima sababdan suvli shisha stakanga tushirilgan temir qoshiqcha singandek bo'lib ko'rinadi? 5.Nur havodan suvga tushmoqda. Bunda to'la ichki qaytish hodisasini kuzatish mumkinmi? 5. O’quvchilarni baholash: 6. Uyga topshiriqlar: 1. Paragraf savollariga javoblar tayyorlang. 2. Oxiriga yetkazilmagan masalalarni ishlab kelish. Ko’rildi _______________ sana “___ ”____________20__ yil Imzo O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Download 83.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling