Ki fakulteti ats-11-20 guruh talabasining
Vazifalar dispetcherini qayta yoqish
Download 53.9 Kb. Pdf ko'rish
|
Avazov A 11-labarotoriya ishi
Vazifalar dispetcherini qayta yoqish
Xuddi shu qadamlarni bajarish, lekin «Ne zadana» qiymatini belgilash lozim. Agar administrator qayd yozuvi (uchetnaya zapis)ga parol o'rnatilgan bo'lsa, begona kimsa sozlamalarni o'zgartira olmaydi. Vazifalar dispetcheri yordamida protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash Bilamizki, kompyuterning ishlash samaradorligini ta'minlovchi «yuragi» – uning protsessori hisoblanadi. Ayni shu qismga ko'p narsa bog'liq. Xo'sh, siz o'z kompyuteringizda qanday protsessor o'rnatilganini bilasizmi? Buni aniqlashning quyidagi yo'llari mavjud: Birinchi usul: Vazifalar dispetcheri yordamida. Ekranning pastki qismiga – vazifalar panelining bo'sh joyiga sichqonchaning o'ng tugmachasi bilan chertamiz. Ochilgan menyuda «Vazifalar dispetcheri», ya'ni «Dispetcher zadach» bandini tanlaymiz. Ochilgan dispetcher oynasidagi ikkinchi – «Proizvoditelnost» varaqasiga o'tamiz, unda kompyuterning ishlash samaradorligi xususiyatlarini aks ettiradi. Eng yuqori qismida esa qurilmangizning markaziy protsessori haqida ma'lumotlar ham ko'rsatiladi. 11.13-rasm. Vazifalar dispetcheri. Ikkinchi usul: Qurilmalar dispetcheri orqali Ishni boshlash uchun qo’llanadigan «Pusk» tugmachasini bosamiz va klaviaturada «Dispetcher ustroystv» yozuvini teramiz. Ochilgan menyudagi «Protsessori» bandini tanlaymiz. Shunda kompyuteringizning «yuragi» haqida ma'lumotlar bir nechta qatorda ko'rinadi. Bu esa protsessoringizning yadrolari soniga bog'liq: ikki yadroli chipda ikki qator, to'rt yadrolisida esa to'rt qatorda, har bir yadroning takt chastotasi bilan birga aks etadi. 11.14-rasm. Qurilmalar dispetcheri. Uchinchi usul: Maxsus dastur bilan Kompyuterning qismlari qanday xususiyatlarga ega ekanini batafsil ko'rsatib beruvchi maxsus dasturlar mavjud. Masalan, yaxshilaridan biri sifatida CPU-Z utilitasini tavsiya etish mumkin. CPU-Z dasturini ishga tushirsangiz, barcha ma'lumotlarni ko'rsatadi. Protsessorning nomi, yadrolar soni, ishlash chastotasi, kesh, quvvat sarfi, tezkor xotira haqida, ona plata nomi va boshqa ko'plab qismlar haqida to'liq ma'lumotlarni shu dastur yordamida bilib olish mumkin. 11.15-rasm. CPU-Z dasturi interfeysi. Gragik rejimda: МЕНЮ - СИСТЕМНЫЕ УТИЛИТЫ - СИСТЕМНЫЙ МОНИТОР. Konsol rejimda: gnome-system-monitor. 11.16-rasm. Tizim monitori |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling