Ki fakulteti ax 12 20 guruh talabasining


Download 247 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana08.03.2023
Hajmi247 Kb.
#1253230
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Mustaqil ish Shodmonov J



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH 
VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
QARSHI FILIALI 
KI FAKULTETI 
AX_12_20 GURUH TALABASINING 
 
Zamonaviy iqtisodiyot 
 
FANIDAN 
3 – Mustaqil ishi 
 
 
 
 
 
 
Bajardi: 

 
 
 
 
 
Shodmonov Javohirbek
Qabul qildi: 
 
 
 
 
 
Ubaydullayev G’ayrat 


Reja: 
1.  Jaxon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
2. Biznes va tavakkalchilik 
3. Raqobat va narxning shakllanishi 
4. Talab va taklif nazariyasi 


Jahon xoʻjaligi va iqtisodiy munosabatlar 
 
Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor 
munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini 
tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar majmui. J. x. bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning 
oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar 
milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki 
bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning 
borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni 
kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga 
aylantiradi. 
J. x.dagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; 
mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi
iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy 
xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit 
yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi. 
J. x. aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, 
kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi 
migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, 
axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega. 
J. x.da xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy 
aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi. 
J. x. aloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari 
oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. 
Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo 
tashkiloti va b. kiradi. 
J. x.ni tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi: 1) rivojlanish 
yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar
rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki 
iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi; 2) iqtisodiy 
rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YAMM) 
koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon 
boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 
dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999). 
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston 
daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning 
boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar 
hisoblanadi. J. x. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, 
Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-y.lar oʻrtalarida 


jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 
47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan. 
J. x.da kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. 
Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq 
mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ 
ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq 
boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-
da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi 
pastligicha qoladi. 
Hoz. davrda J. x.ning rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1) J. x.ga kiruvchi 
mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-y.larda sobiq sotsializm tizimidan 
ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli 
Oʻzbekiston ham J. x.ga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli 
ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok 
etib, 1996—2001 y.larda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrd. dollarni tashkil etdi; 
2) J. x.da i. ch.ning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va 
xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod 
boʻldi; 3) J. x.da iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining 
birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs 
olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz 
berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda. 
J. x. xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining rivojlanish omili 
hisoblanadi. J. x. doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika 
taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni 
oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini oshirishga yoʻl ochadi. 

Download 247 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling